Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi () — Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari ijrosini nazorat etuvchi organlar tizimidir.
Maqomi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Prokurori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga boʻysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga aʼzolikni toʻxtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi taʼqiqlanadi.
Tuzilmasi https://m.kun.uz/news/2020/02/11/bosh-prokuraturada-yangi-tayinlovlar-amalga-oshirildi Bosh prokurorlar 1992-1998 — Boʻritosh Mustafoyev 1998-2000 — Usmon Xudoyqulov 2000-2015 — Rashid Qodirov 2015-2018 — Ixtiyor Abdullayev 2018-2019 — Otabek Murodov 2019-yildan — Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston prokuraturasi Turkum:Oʻzbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari