Bolqon chegarasi (; ) – 2019-yilda rus va serb kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan film boʻlib, unga Andrey Volgin rejissyorlik qilgan. Ushbu film quyidagi voqealarga asoslanib suratga olingan: Yunus-bek Yevkurov boshchiligida Yugoslaviya bombardimon qilinishi, Kosovadagi Slatina aeroporti hududdagi mahalliy harbiy guruhlar tomonidan egallanishi, aeroportni qaytarib olish maqsadida ruslar tomonidan maxsus guruhning yollanishi.
Yuqorida sanab oʻtilgan voqealar soʻnggida aynan shu maxsus guruh sardori Shatalov aeroportni egallash maqsadida maxfiy operatsiya amalga oshirib, aeroportni saqlab qoladi.
Film 2019-yil 21-martda (film asoslangan voqealarning 20 yilligiga 3 kun qolganda) rus kinoijodkorlari tomonidan 20th Century Fox CIS da nomoyish etildi. Keyinchalik bu kompaniya Disney kompaniyasi tomonidan sotib olindi.
Syujeti 1999-yildagi Yugoslaviyaning bombardimon qilinishi va Kosovo urushi voqealari bilan bir vaqtda Slatina aerodomi alban jangarisi Smuk bataliyoni UÇK tomonidan egallab olinadi. Keyinchalik aerodomni qoʻlga olish maqsadida GRU agentlari tomonidan ularga qarshi operatsiya amalga oshiriladi. Smuk boshchiligidagi bu mahalliy harbiy guruh anchayin ayanchli ishlarni amalga oshirishadi. Jumladan, odamlarning ichki organlarni olish, mahalliy aholini talan-taroj qilish, qotillik va etnik tozalash.
GRU zobiti Aslan-Bek Evkhoev va sobiq desantchi boʻlgan yollanma askar Andrey Shatalov kichik otryadni birgalikda boshqarishadi. Ularning zimmasiga bir kecha kunduz aerodomni ushlab turish topshirilgan edi. Buning uchun esa ular albanlardan aerodromni qaytarib olish va Bosniyada joylashgan Rossiya Havo-desant qoʻshinlarining qoʻshimcha kuchlari yetib kelguniga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu bilan bir qatorda ular Shatalovning sevgilisi Jasna Blagojević bilan bir qatorda ichki organlarini olish maqsadida asir olingan turli millatlarga oid Serbiya fuqorolarining ham hayotini saqlab qolishdi.
Rollarda
Andrey Shatalov (Shatay) rolida Gosha Kutsenko Aslan-Bek (Bek) Evkhoev rolida(hayotdagi protitipi Yunus-Bek Yevkurov) Miloš Biković Yugoslaviya politsiya xodimi Vuk Majevski rolida doktor Jasna Blagojević rolida Gojko Mitić Yugoslaviya bosh politsiya ofisseri Goran Milić rolida Sergey Marin Ilya Slashchev (Slush) rolida Nodari Janelidze Rustam Mamatgireyev (Girey) rolida Kirill Polukhin askar Oleg Barmin (Baria) rolida Ravshana Kurkova snayper Vera Kurbaeva rolida Dmitriy Frid Smukning Shvetsariyalik doktor sherigi Stern rolida Smuk rolida doktor Sternning yordamchisi Marta rolida Amir rolida Nikola Randelović Stevan rolida Roman Kurtsyn vzvod komandiri Senior Lieutenant Nikolay Poltoratskiy rolida Emir Kusturica haydovchi rolida Mikhail Khmurov general Dmitriy Ivanovich Somov rolida.
Tarixi
Yugoslaviyadagi voqealar asosida film yaratish gʻoyasi Gosha Kutsenkoga 2012-yilda doʻsti, slovakiyalik prodyuser Vasil Shevts bilan suhbat chogʻida paydo boʻlgan. Ssenariy yozish uchun yozuvchi Ivan Naumov taklif qilindi va u rossiyalik tinchlikparvar askar va serb qizining 600 sahifalik sevgi hikoyasini yaratdi. Keyinchalik Kutsenko prodyuser Vadim Byrkin va general Yunus-Bek Yevkurov bilan uchrashdi va bu ikki shaxs rejissyorga yordam berishga rozi boʻlishdi. Yevkurov (oʻsha paytda – GRU maxsus kuchlari mayori) ishtirok etgan operatsiyaning haqiqiy tafsilotlarining hali hanuz maxfiy saqlanishi natijasida ssenariy mualliflari syujetni oʻz xohishlariga koʻra oʻylab topdilar. Syujetning ishonarli chiqishi uchun oʻsha voqealarga guvoh boʻlgan generalning yordami katta boʻldi.
Kasting Miloš Bikovićga dastlab rus harbiyi rolini oʻynash vazifasi topshirilgan, lekin aktyor bu Rossiya va Serbiya tominidan olinayotgan qoʻshma film boʻlganligi uchun serb rolini oʻynash mantiqan toʻgʻriroq boʻlishini aytib rad etgan. Keyinchalik, filmning Serbiya hududida suratga olinishiga katta yordam berib ham aktyor ham prodyusserlik vazifasini bajargan.
Milena Radulović filmda qatnashish uchun rus tilini oʻrganishga majbur boʻlgan va film jarayonlarida rus tilida soʻzlashish darajasini mukammallashtirishga harakat qilgan. Hozirgi kunga kelib aktrisa rus tilida hech qanday aksentlarsiz soʻzlashadi.
Emir Kusturica belgradlik taksi haydovchisi sifatida kichik rol oʻynagan. Ijrochi prodyusser Anastasia Pelevinaning aytishicha aktyor filmning Serbiya hududida olinishi kerak boʻlgan qismi uchun rejissyor boʻlishi kerak edi. Ammo, aktyorning ish jadvali bunga toʻgʻri kelmaganligi sababli film rejissyori boʻlish nasib etmagan.
Suratga olish
Filmda rol oʻynash aktyorlardan yetarli harbiy mahorat talab etardi, shu sababli ular ikki oy mobaynida oʻq otish va jismoniy ogʻir mashgʻulotlar bilan shu’gʻullanishdi. Film bir necha davlatlarda suratga olindi. Masalan, Moskva, Moskva viloyati, Qrim, Rossiya va Serbiya.
Namoyishi Filmning premyerasi 2019-yil 21-martda bòlib òtgan va aynan shu kuni ushbu kinofilm Rossiya, Serbiya, Qirgʻiziston, Armaniston, Belarusiya va Qozogʻiston kabi davlatlarda namoyish etilgan.
Havolalar
Manbalar
Turkum:Rossiya filmlari Turkum:2019-yil filmlari