Xushnudbek Avilov (1998-yil 4-avgust, Andijon — 2026-yil 11-aprel) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi va chap qanot himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Xushnudbek faoliyati davomida Oʻzbekistonning bir qator professional klublarida, jumladan, „Paxtakor“, „Navbahor“, „Andijon“, „Qoʻqon 1912“ va „Turon“ jamoalarida toʻp surgan. 2024-yildan boshlab Toshkentning „Doʻstlik“ futbol klubida faoliyat olib borgan. U asosan chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, shuningdek markaziy himoya va yarim himoyaning chap qanotida ham harakat qilgan. Faoliyati davomida turli musobaqalarda jami 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Avilov Oʻzbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalariga, xususan, U-19, U-21 va U-22 jamoalariga jalb etilgan hamda xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

Terma jamoa Xushnudbek Avilov oʻz vaqtida Oʻzbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan va xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

Vafoti Futbolchi 2026-yilning aprel oyida 27 yoshida vafot etdi.

Manbalar

Havolalar Xushnudbek Avilov OʻzPFL saytida Xushnudbek Avilov Transfermarkt saytida

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Andijon SGS futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari