Billy Clifford Gilmour (2001-yil 11-iyun) – Shotlandiyalik professional futbolchi, Serie Aning „Napoli“ klubi va Shotlandiya terma jamaosi yarim himoyachisi.

Gilmour dastlab uch oy mobaynida „Celtic“ klubi akademiyasida toʻp surdi va keyinchalik „Rangers“ga borib qoʻshildi. Akademiyadagi bir necha yillik samarali harakatlaridan soʻng u klubning asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtkaza boshladi. 2017-yilda futbolchi „Rangers“ jamoasi taklif qilgan ilk professinal shartnomani rad etdi va Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi. Londonliklar safida barcha turnirlar doirasida jami 22 ta oʻyin oʻtkazdi va 2021-yilda UEFA Chempionlar ligasi gʻolibiga ham aylandi. Bir mavsumni Norwich City klubida ijara asosida oʻtkazgan Gilmour yakunda, 2022-yilning sentyabr oyida „Brighton & Hove Albion“ bilan shartnoma imzoladi.

Gilmour Shotlandiyaning deyarli barcha yoshlar terma jamoalarida toʻp surgan. Undan tashqari Shotlandiya kattalar terma jamoasi bilan UEFA Yevro 2020 va Yevro 2024 turnirlarida ham ishtirok etdi.

Yoshligi Gilmour 2001-yil 11-iyun kuni Irvine shahrida joylashgan Ayrshire Markaziy shifoxonasida tugʻilgan va yoshligi Shimoliy Ayrshiredagi Ardrossan shahrida oʻtgan. Otasi William Gilmour Royal Navy dengiz flotida xizmat qilgan, undan tashqari maʼlum muddat davomida „Ardrosson Winton Rovers“ havaskorlar jamoasida futbolchi ham boʻlgan. Gilmour Ardrossandagi Stanley Boshlangʻich Maktabi va Kilmarnockdagi Grange Academy maktablarida tahsil olganScotland players' old schools send good luck messages, Henry Hepburn, TES (magazine), 11 June 2021. Oʻqish davrida u Shotlandiya Futbol assotsiatsiyasi (SFA) tominidan tashkil etilgan turli dasturlarda ham ishtirok etganMalky Mackay on why 'four stone wet through and five feet high' Rangers kid was always destined to be a star, Stephen Halliday, The Scotsman, 28 May 2021. U Sesk Fàbregas, Luka Modrić va Andrés Iniesta kabi jahon yulduzlarining oʻyinlariga muhlislik qilgan va ularni faoliyati uchun asosiy naʼmuna deb olgan.

Klublardagi faoliyat

Rangers Gilmour dastlab uch oy mobaynida „Celtic“ klubi akademiyasida toʻp surdi va keyinchalik oilaviy sabablar tufayli „Rangers“ga borib qoʻshildi. U 2016-yilning dekabr oyida, yaʼni 15-yoshida klubning U-20 jamoasida debyut qildi. Asosiy jamoa murabbiyi Mark Warburton Gilmourni asosiy jamoa mashgʻulotlariga jalb etdi. Hattoki Gilmourga asosiy jamoa safida raqam ham taqdim etildi va Warburton klubdan ketgandan soʻng, „Rangers“ yangi murabbiyi Graeme Murty tomonidan bir necha oʻyin qaydnomalariga ham kiritildi.

„Rangers“ning navbatdagi bosh murabbiyi Pedro Caixinha Gilmourni „yorqin kelajakka ega“ futbolchi deb taʼrifladi va uni klubda qolishiga koʻndirish uchun futbolchining oilasi bilan muzokaralar olib bordi. Biroq 2017-yilning may oyida „Rangers“ futbolchining „Chelsea“ klubi bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. Londonliklar futbolchi uchun 500 ming funt sterling va koʻrsatgan natijalariga qarab qoʻshimcha bonuslar berishini maʼlum qildi.

Chelsea Gilmour 16 yoshga toʻlganidan bir necha kun oʻtib „Chelsea“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U klubning U-18 jamoasida toʻp sura boshladi va 2017-yil sentyabr oyida Arsenal jamoasiga qarshi Premyer-liga U-18 bahsida debyutini oʻtkazdi. 2018-yil iyul oyida Gilmour 17 yoshga toʻlganidan soʻng „Chelsea“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.

2019–2020-yilgi mavsum thumb|Gilmour Chelsea safida, 2019-yil 2019-yil 10-iyul oyida „Chelsea“ning yangi tayinlangan murabbiyi Frank Lampard qoʻl ostida Dublinda boʻlib oʻtgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvlarida „Bohemians“ klubiga qarshi uchrashuvda Gilmour asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Ilk bor UEFA Superkubogi finalidagi Liverpool jamoasiga qarshi bahsda ilk bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritiladi, ammo toʻliq oʻyin davomida zaxirada qoldiriladi.

U shu yilning 31-avgust kuni „Sheffield United“ jamoasiga qarshi oʻyinda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazdi. Futbolchi uchrashuvning 84-daqiqada Tammy Abrahamning oʻrniga oʻyinga qoʻshiladi. 25-sentyabr kuni „Grimsby Town“ klubiga qarshi 7-1 hisobida yakunlangan Liga Kubogi bahsida esa ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushilgan. Gilmour 2020-yil fevral oyidan boshlab toʻlaqonli asosiy jamoa futbolchisiga aylandi. Billy 8-mart kuni „Everton“ jamoasiga qarshi birinchi marta Premyer-liga oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining 4-0 hisobidagi yirik hisobdagi gʻalabasida sezilarli yordam berdi. Oʻyin yakunida esa futbolchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U COVID-19 pandemiyasi davrida tizzasidan olgan jarohati sabab koʻplab oʻyinlarni oʻtkazib yuboradi. Gilmour 2019-2020-yilgi mavsumda aristokratlar safida umumiy hisobda 11 oʻyin oʻtkazdi.

2020–2021-yilgi mavsum 2020-yil sentyabr oyida Michy Batshuayi „Crystal Palace“ klubidan ijaradan qaytgach Gilmour U-23 jamoasida faoliyatini davom ettiradi. 2020-yilning dekabr oyida esa yana asosiy jamoaga qaytgan holda „Krasnodar“ga qarshi oʻyinda Chempionlar Ligasidagi debyutini oʻtkazadi. Tomas Tuchel qoʻl ositda ham futbolchi kamroq boʼlsada oʻyin amaliyotiga ega boʻldi. Biroq „Manchester City“ jamoasi bilan kechgan final oʻyinida zahirada qoldiriladi.

2021-2022-yilgi mavsum: Norwich City (ijara) 2021-yil iyul oyida Gilmour „Norwich City“ jamoasi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzoladi. Ushbu transferda terma jamoadagi jamoadoshi Grant Hanleyning hissasi katta boʻldi. U 2021-2022-yilgi mavsum davomida yangi jamoasi uchun 28 oʻyinda maydonga tushdi, ammo jamoasi Premyer-ligada soʻnggi oʻrinni egallagan holda yana EFL Chempionshipga tushib ketti.

2022-yil iyun oyida „Chelsea“ Gilmourning shartnomasini 2023-2024-yilgi mavsumining oxiriga qadar uzaytirdi.

Brighton & Hove Albion 2022-yil 1-sentyabrda Gilmour boshqa bir Premyer-liga klubi „Brighton & Hove Albion“ bilan toʻrt mavsumlik shartnoma imzoladi. Uch kun soʻng „Leicester City“ga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida Moisés Caicedo oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda yangi jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 9-noyabr kuni esa Liga Kubogining uchinchi bosqich „Arsenal“ klubi bilan kechgan uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan va hatto Tariq Lamptey goliga asisstni ham amalga oshirgan. Olti Premyer-liga uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan Gilmour va nihoyat 31-dekabr kuni „Arsenal“ga qarshi bahsda oʻyinning dastlabki daqiqalaridan boshlab maydonga tushdi. Keyinchalik taxminan uch oy mobaynida maydonga tushmagan futbolchi Brighton jamoasining tarixida liga oʻyinlari doirasida eng yirik hisob qayd etilgan „Wolverhampton Wanderers“ klubiga qarshi oʻyinni asosiy tarkibda boshlaydi va jamoasining 6-0 hisobidagi gʻalabasida oʻz hissasini qoʻshadi. Gilmour 18-may kuni „Seagulls“ safidagi ilk APLdagi foydali ishni qayd etadi. Jamoasi 4-1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda u Deniz Undavning goliga golli uzatmani beradi.

Terma jamoadgi faoliyati thumb|Gilmour 2019-yil Shotlandiya U-19 jamoasi safida Gilmour 2016-yilgi Victory Shield turnirida Shotlandiyaning 16 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida xalqaro maydondagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. U 2017-yil avgust oyida Italiyaga bilan kechgan bahsda U-17 jamoasi safida ham debyut qildi. Ikki kun oʻtgach Angliyaga qarshi oʻyinda ilk golini ham rasmiylashtirdi. 2018-yil Shotlandiya U-21 jamoasi bilan Toulon Tournamentda ishtirok etdi va shu tirnir doirasida Fransiyaga qarshi uchrashuvda bu yosh toifasidagi oʻz debyutini oʻtkazdi. Yakunda futbolchi Revelation of the Tournament sovriniga loyiq koʻrildi.

Gilmour Steve Clarke boshchiligidagi Shotlandiya terma jmaoasining UEFA Yevro 2020 qaydnomasiga ham kiritildi. U 2021-yilning 2-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi turniroldi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar terma jamoasi safida debyut qildi. Gilmour 18-iyun kuni Angliyaga qarshi nursiz durrang bilan yakunlagan uchrashuvda ilk bor terma jamoa safida asosiy tarkibida maydonga tushdi va hattoki oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi. Biroq keyingi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan oldirgan COVID-19 testi ijobiy natija berdi va Gilmour keyingi oʻyinlarni oʻtkazib yuboradigan boʻldi.

Gilmour sentyabr oyida boshlanga FIFA Jahon chempionati 2022 saralash oʻyinlarida ham terma jamoa safiga jalb qilindi. U saralash doirasidagi barcha 5 terma jamoaga qarshi oʻyinlarda jamoasi bilan birga ishtirok etdi. Daniya, Moldova, Avstriya, Isroil va Farer orollariga qarshi barcha uchrashuvlarda maydonga tushirildi. Uning terma jamoadagi oʻyinlari ekspert va muhlislar tomonidan ijobiy baholandi. Hampden stadionida Moldova ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi.

2023-yilning 17-oktyabr kuni Gilmour Lille shahrida kechgan Fransiyaga qarshi uchrashuvda Shotlandiya safidagi ilk golini kiritdi.

2024-yil 7-iyun Germaniyada boʻlib oʻtgan UEFA Yevro 2024 uchun terma jamoa qaydonmasiga kiritild. Bir hafta oʻtgach, u turnirning ochilish oʻyinida Callum McGregorning oʻrniga 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Mazkur bahsda Germaniya 5-1 hisobida gʻalaba qozondi. U Shveysariya va Vengriyaga qarshi bahslarda ham maydonga tushdi. Shotlandiya A guruhini soʻnggi oʻrinda yakunlagan holda turnirni tark etdi.

Shaxsiy hayoti 2023-yil may oyida TikTok modeli Orla Melissa Sloan Gilmour va uning „Chelsea“dagi sobiq jamoadoshlari Mason Mount hamda Ben Chilwell oritdan kuzatib yurishda ayblab chiqqan.

Statistika

Klub

+Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea2019–20Premyer-liga601102020–2150110Umumiy110220Norwich city (ijara)2021–22Premyer-liga240280Brighton & Hove Albion2022–23Premyer-liga1401702023–24300410Umumiy440580Umumiy7901160

Terma jamoadagi

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarShotlandiya2021100202260202371202470Umumiy301 +Terma jamoadagi gollari№SanaStadionOʻyiniRaqibGoldan keyingi hisobNatijaDaraja12023-yil 17-oktyabr Pierre-Mauroy stadioni, Fransiya221–01–4Oʻrtoqlik uchrashuvi

Sovrinlar

Angliya kubogi finalchisi: 2020-21 UEFA Chempionlar Ligasi: 2020-21

Manbalar

Havolalar

Profile at the SSC Napoli website

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Shotlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar