Habibullo Ximoyatullo oʻgʻli Ergashev (6-may, 1999-yil; Fargʻona, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik gimnastika sportchisi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Bir necha marta Oʻzbekiston chempioni.
Faoliyati Habibullo Ergashevning sport yoʻlidagi ustozlari – Mirzayev Ravshanbek va Abdusamatov Xusniddin. 2012-yildan boshlab milliy terma jamoada oʻz debyutini amalga oshirgan Habibullo sport bilan shugʻullanishni 2004-yilda boshlagan. 2022-yili Konyada oʻtkazilgan Islom birdamligi oʻyinlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha 2-oʻrin, 2024-yilda Toshkentda oʻtkaziladigan Osiyo chempionatida jamoaviy sport turlari boʻyicha 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olmoqda.
Habibullo Ergashev Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan 2023-yilgi Jahon chempionati yakuniga koʻra eʼlon qilingan reyting orqali Parij-2024 Yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Oilasi Otasi – Qoʻldashev Ximoyatullo Ergashevich.
Onasi – Moʻminova Dildoraxon Nishonovna.
Akasi – Ergashev Raxmatullo Ximoyatullo oʻgʻli.
Akasi – Ergashev Iskandar Ximoyatullo oʻgʻli.
Xotini – Zulfiya, farzandlari: Otabek va Malika.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak sport gimnastikachilar Turkum:Parij-2024
Turkum:Oʻzbekistonlik yozgi olimpiada oʻyinlari ishtirokchilari