Cole Jermaine Palmer (2002-yil 6-mayda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Angliya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi va qanot hujumchisi ampulalarida oʻynaydi.

Manchester City akademiyasini tamomlagan Palmer 2020-yilda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Keyinchalik 2023-yilda asosiy jamoasi bilan Premyer-liga, Angliya kubogi va UEFA chempionlar ligasida gʻalaba qozongan holda trebl qayd etgan. Futbolchi 2023-yil yozida 40 million funt sterling evaziga Chelsea jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumning oʻzida u londonliklar safida 22 gol va 17 ta golli uzatma qayd etgan holda Premyer-liganing eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi.

Palmer Angliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari tarkibida toʻp surgan. Shu jumladan mamlakat jamoasi safida 2023-yil UEFA U-21 Yevropa chempionatining ham gʻolibiga aylangan.

Shaxsiy hayoti Cole Jermaine Palmer 2002-yil 6-mayda Manchesterning Whytenshawe shahrida tugʻilgan. Otasi tish shifokorlari uchun buyumlar tayyorlovchi muhandis, onasi esa disleksiyani baholovchi mutaxassis boʻlgan. Palmerning otasi salkam yigirma yil davomida Sunday League Football turniridagi jamoalar safida faoliyat olib borgan. Oʻgʻli uning deyarli barcha oʻyinlarini tomosha qilishga borar edi. Palmer Manchester City klubi akademiyasi bilan hamkorlikdagi xususiy St Bedeʼs kollejida tahsil olgan.

Palmer otasi tomondan afro-kitts avlodiga mansub boʻlgan. Uning bobosi 1960-yilda migrant sifatida Angliyaga koʻchib kelgan. Shu sababli Palmer oʻynaydigan poyabzallarda Angliya va Sent Kitts va Nevis davlatlarining bayrogʻi tasvirlangan boʻladi.

Klublardagi karyerasi thumb|Palmer 2016-yilda Manchester United klubining muxlisi boʻlishiga qaramasdan Palmer Manchester City klubining sakkiz yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida faoliyatini boshlagan. 2019-2020-yilgi mavsumga kelib esa klubning U-18 jamoasi sardori etib tayinlangan. U 14 yoshidan boshlab jismoniy holati professional futbol uchun juda zaifligi bilan bogʻliq bir qator tanqidlarga duch kelgan va akademiya murabbiylari uni 16 yoshida jamoani tark etishi boʻyicha taklif berishgan. Ammo akademiya direktori Jason Wilcox ularning qarorini rad etgan.

Manchester City 2020-yil 30-sentyabrda Palmer Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Burnley jamoasi ustidan mehmonda 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Manchester City safida debyut qildi. U professional futboldagi birinchi golini esa 2021-yil 21-sentyabrda Liga kubogi doirasida League One jamoasi Wycombe Wonderers klubiga qarshi kechgan oʻyinda kiritgan. 16-oktyabr kuni Palmer Premyer-ligada Burnley jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Aynan oʻsha kechada u klubning U-23 jamoasi safida ham maydonga tushdi va hat-trick muallifiga aylandi. Futbolchi UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi debyutini esa Club Brugge klubiga qarshi 5-1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi.

2023-yilning 6-avgustida Palmer Erling Haaland oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushganidan soʻng Arsenal jamoasiga qarshi FA Community Shield oʻyini finalidagi dastlabki gol muallifiga aylandi. Oʻn kundan soʻng, Palmer Manchester City safidagi soʻnggi golini urdi. 2023-yilgi UEFA Superkubogi oʻyinida Sevilla jamoasiga qarshi bahsda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻlidi. Oʻyin 1:1 hisobida yakunlanganidan soʻng shaharliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida gʻalaba qozongan holda chempionlikni qoʻlga kiritishgan.

Chelsea 2023-yilning 1-sentyabr kuni Palmer Premyer-liganing boshqa bir klubi Chelsea bilan yetti yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 40 million funt sterling va qoʻshimcha 2,5 million funtlik bonuslarni tashkil etadi. Ertasi kuni futbolchi Nottingem Forest klubiga qarshi oʻyinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. 7-oktabr kuni u Chelsea safidagi ilk golini penaltidan kiritdi. Jamoasi Burnley ustidan yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozongan Palmer Nikolas Jacksonning goliga golli uzatma ham bergan. 6-noyabr kuni London derbisida Tottenhamga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ham bir gol va golli uzatma muallifiga aylangan. Olti kundan soʻng Palmer sobiq klubi Manchester Cityga soʻnggi qoʻshib berilgan daqiqalarida penaltidan hisobni tenglashtirdi. Stamford Bridge stadionida kechgan oʻyin 4-4 hisobidagi jangovor durrang bilan yakunlandi.

2023-yilning yakunlovchi bahsida Palmer professional karyerasidagi ilk dubl muallifiga aylanadi va shuningdek Noni Maduekening goliga ham assistentlik qiladi. Dekabr oyida toʻrtta gol va ikkita golli uzatma qayd etgan Palmer Premyer-liganing oy oʻyinchisi boʻlishiga nomzod sifatida koʻrsatildi. Bundan tashqari Luton Town jamoasiga kiritgan ikkinchi goli ham oy goli nomzodlari qatoriga kirtildi. U 4-fevral kuni mavsumdagi oʻninchi golini urdi va 21 yoshdan kichik holda bu natijani qayd etgan Chelsea tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. 29-fevral kuni boʻlib oʻtgan 2024-yilgi London Football Awards taqdirlash marosimida Palmer London jamoalarining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. 2-mart kuni Axel Disasiga golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi Chelsea safida 21 yoshdan kichik futbolchilar orasida eng koʻp golda ishtirok etgan futbolchi boʻldi va 2004-2005-yilgi mavsumdagi Arjen Robbenning natijasini yangiladi.

4-aprel kuni mart oyi davomida uchta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirgan Palmer ikkinchi bor Premyer-liga oy oʻyinchisi boʻlish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi. Oʻsha kuni u karyerasidagi dastlabki hat-triki muallifiga ham aylandi. Premyer-liga doirasida Manchester Yunayted jamoasiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi uchrashuvdagi barcha gol Palmer tomonidan kiritildi. Bu orqali futbolchi Premyer-liga tarixida hat-trik qayd etgan 200-futbolchi boʻldi. Manchester Yunaytedga qarashi bu natijani qila olgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Ushbu uchrashuvdagi harakatlari uchun u mavsum yakunida „Premier League Game Changer of the Season“ mukofotiga ham loyiq koʻrildi. 15-aprel kuni Everton klubiga qarshi liga bahsida Palmer 4 ta gol muallifi boʻldi. Bu orqali Premyer-liganing bir oʻyinida 4 gol kirita olgan 31-futbolchiga aylandi. Bundan tashqari u debyut mavsumida 20 ta va undan ortiq gol kiritgan Jimmy Floyd Hasselbaink (2000-2001-yilgi mavsum) va Diego Costadan (2014-2015-yilgi mavsum) keyingi Chelsea jamoasining uchinchi oʻyinchisi boʻldi.

5-may kuni Palmer West Ham United klubiga qarshi 5-0 hisobida yakunlangan oʻyinda ham oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻygan holda Premyer-ligada bir mavsum davomida 30 va undan ortiq golda ishtirok etgan tarixdagi uchinchi futbolchi boʻldi. Keyinchalik mavsum muhlislar va klub futbolchilari talqiniga koʻra ham Chelsea klubida yil futbolchisi deb topildi. Undan tashqari 2024-yil aprel oyida Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi va oyning eng yaxshi goli nomitasiyalarida gʻalaba qozonga holda ikkala mukofotni ham bir oyning oʻzida qoʻlga kiritgan aristokratlarning tarixdagi birinchi futbolchisiga aylandi. 11-may kuni Palmer Premyer-ligadagi 50-uchrashuvini oʻtkazdi va Nottingem Forestga qarshi safarda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Palmer Premyer-liga tarixida bir mavsumda 20 yoki undan ortiq gol urgan va 10 yoki undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan 13-futbolchiga aylandi.

Palmer mavsumni barcha musobaqalarda jami 27 gol va 15 golli uzatma bilan yakunladi. U Preymer-liganing 2023-2024-yilgi mavsumida boshqa oʻyinchilarga qaraganda eng koʻp golda (33: 22 gol, 11 golli uzatma) ishtirok etgan futbolchi boʻldi. U Chelsea safidagi aqlbovar qilmas birinchi mavsumi uchun Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va PFA muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga nomzodlar safiga kiritildi. Uning aprel oyida Everton jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan gʻalaba goli Premyer-ligada mavsum goli uchun nomzodlar orasidan joy oldi.

Terma jamoadagi faoliyat Palmer Angliya yoshlar terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa U-17 turnirida ham ishtirok etgan.

2021-yilning 27-avgustida Palmer Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi. U 2023-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Kosovo ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyuitini oʻtkazdi va aynan shu uchrashuvda debyut golini ham kiritdi. Keyinchalik Palmer 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi Yevropa chempionatida inglizlar bilan birga ishtirok etdi va „Yosh sherlar“ turnirda zafar quchishdi.

2023-yil 13-noyabr kuni Palmer birinchi marta UEFA Yevro 2024 turniri saralashi doirasida Malta va Shimoliy Makedoniyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoadan ilk chaqiruvni oldi. U 17-noyabr kuni Wembley stadionida kechgan Malta terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 61 daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda terma jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan.

2024-yil may oyida u UEFA Yevro 2024 turniri uchun Angliya eʼlon qilgan dastlabki 33 kishilik tarkibga kiritildi. Palmer terma jamoadagi ilk golini 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan Bosniya va Gersogovinaga qarshi turniroldi oʻrtoqlik oʻyinida kiritadi. Uch kundan soʻng u Gareth Southgate eʼlon qilgan yakuniy tarkibdan ham oʻrin oldi. U Yevro turnirining C guruhi yakuniy oʻyinida zaxiradan maydonga tushirildi. Besh kundan soʻng turnirning nimchorak finalida Slovakiyaga qarshi bahsning 66-daqiqasida yana zaxiradan Kieran Trippier oʻrniga maydonga tushirildi.

Palmer chorak final doirasidagi Shveysariya terma jamoasiga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida maydonga tushirildi va penaltilar seriyasidagi birinchi zarbani aniq ravishda amalga oshirildi. 10-iyul kunida boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida Palmer 81-daqiqada Ollie Watkins bilan bir vaqtda maydonga tushdi aynan shu hujumchiga golli uzatma bergan holda jamoasi finalga chiqishini taʼminladi. Toʻrt kun oʻtgach 14-iyul kuni Palmer finalda Ispaniyaga qarshi 70-daqiqasida yana zaxiradan maydonga tushirilda va oʻyinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻldi. Biroq qizil furiya qoʻshib berilgan daqiqalarning yakuniga yaqin gol urgan holda gʻalabani ilib ketdi.

Statistika

Klub

+ Klub safidagi statistikasiKlubMavsumLigaAngliya kubogiEFL CupYevropa turnirlariBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarManchester City U-212019–20————20202021–22————1111Umumiy————3131Manchester City2020–2021Premyer-liga00001010—202021–2022Premyer-liga40112131101132022–2023Premyer-liga140413040002512023–2024Premyer-liga10———2232Umumiy19052618132416Chelsea2023–2024Premyer-liga33226162——45252024–2025Premyer-liga37151000806352182025–2026Premyer-liga00000000—00Umumiy7037716280639743Karyerasidagi umumiy893712312316112614150

Terma jamoa

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilIlovalarMaqsadlarIngliz202320202472Umumiy92

Sovrinlar Manchester City

Premyer-liga: 2022-23 Angliya kubogi: 2022-23 UEFA chempionlar ligasi: 2022-23 UEFA Superkubogi: 2023-yil

Chelsea

Liga kubogi finalchisi: 2023-24 UEFA Konferensiyalar ligasi: 2024-2025-yil Klublar oʻrtasida jahon chempionati: 2025-yil

Angliya U-21

UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2023

Angliya

UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2024

Shaxsiy

London Football Awards Menʼs Young Player of the Year: 2024 Chelsea klubining mavsum futbolchisi: 2023-2024 Chelsea futbolchilar talqiniga koʻra klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi: 2023-24 Premyer-liga oy oʻyinchisi: 2024-yil aprel Premyer-liga oyning eng yaxshi goli: 2024-yil aprel oyida Premyer-liga mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023-24 PFA muhlislar alqiniga koʻra mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2023-24 Premier League Game Changer of the Season: 2023-24

Manbalar

Havolalar

Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar