Jahongir Poziljonov Gʻayratovich (1978-yil 4-mart, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek xonandasi, aktyori, rejissyori, ssenariynavisi. „Bojalar“ guruhining solisti. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni sohibi.
Hayoti Jahongir Poziljonov 1978-yil 4-martda Toshkent shahrida oshpazlar oilasida tavallud topgan. Otasi G‘ayratjon oshpaz boʻlib, davlat tadbirlarida katta qozonlarda ham osh qilgan. Yoshligida u otasi bilan toʻylarga borib, unga yordamlashib yurgan. U shoʻxligi sababli oʻrta maktabda oʻqib yurganida 5-6 marta militsiyaga olib borishgan, maktabdan haydash haqida ogohlantirishgan. Bundan tashqari u 14 yoshidan mustaqil pul topishgan intilgan. 1992-yildga kelib otasining maslahati bilan oshpazlik kollejiga oʻqishga kirgan. Bu orada u „Quvnoqlar va zukkolar“ga qatnashib yurib, shu orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi Moʻmin Oripov bilan tanishib qolgan va u ham shu institutga oʻqishga kirgan. Ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda esa Moʻmin Oripov yordam bergan. Insititutda Shuhrat Abbosov qoʻlida rejissyorlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. Tohir Sodiqov bilan tanishishi uni hayotida katta burilish yasagan. Ilk qoʻshigʻi uchun akasi sarmoya kiritgan.
Bundan tashqari u Jahongir Ortiqxo‘jayevning „Akfa-media“ prodyuserlik kompaniyasi bilan 8 yil hamkorlikda ijod qilgan va unga kompaniya rahbari Toyota Prado avtomobilini sovgʻa qilgan.
Oilasi Jahongir Poziljonovning otasi G‘ayratjon, onasi Mapuraxon aya 2015-yilda vafot etgan. U „Boyvachcha“ filmini tasvirga olish jarayonida boʻlajak rafiqasi bilan tanishib qoladi. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Dildora dugonalari bilan filmda epizod rol oʻynash uchun kelgan boʻladi. Bu juftlik 2008-yilda oila qurishadi va ularning hozirda 5 farzandi, 2 oʻgʻil va 3 qizlari bor. Katta oʻgʻliga Gʻayratjon deb otasining ismini, yana bir oʻgʻliga esa Moʻmin Oripovning ismini qoʻygan. Toʻngʻich qiziga Rayhon deb ism qoʻygan.
Avtohalokat 2009-yilda „Bojalar“ guruhi Termizda konsert dasturini oʻtkazib, ortga qaytish paytida avtohalokatga uchragan. Shu joyning oʻzida Moʻmin Oripov vafot etgan, Jahongir Poziljonov esa oʻgʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan va bir necha kun koma holatida boʻlgan. Oʻziga kelganida ham sogʻligʻini tiklash qiyin kechgan va oyogʻi singanligi uchun ancha paytgacha oqsoqlanib yurgan.
Faoliyati
Xonandalik faoliyati 2014-yilda Botir Aliyev soʻzi va Eldor Qayumov musiqasi bilan kuylagan „Toʻylar muborak“ qoʻshigʻi „Yil qoʻshigʻi – 2014“ mukofotiga loyiq topilgan. U faoliyati davomida koʻplab xonandalar bilan deut kuylagan. Jumladan, Nilufar, Orolmirzo Safarov, Rayhon, Ulugʻbek Rahmatullayev, Shahzoda, Qilichbek Madaliyev va boshqalar.
Uning qoʻshiq va kliplarini ommabop boʻlsada, 2018-yilda Dilafroʻz Hayitmetova bilan ijro qilgan „Mehmonim“ qoʻshigʻi O‘zbekkonsert tomonidan televideniyeda koʻrsatilishiga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari u Shavkat Mirziyoyevga atab qoʻshiq ijro qilgan. Bir qancha vaqtdan soʻng bu qoʻshiq boʻyicha O‘zbekkonsert surishtiruv ishlarini boshlagan. „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov esa quyidagicha fikr bilgirgan:
Diskografiyasi +QoʻshiqlariYilNomiShoirBastakor/musiqiy sayqalchiIzoh2023Ey, sanam2021Yigʻlama muhabbatQilichbek Madaliyev bilan duet2020Sevaman deRayhon bilan duet2018#SelfiMeningPrezidentimMehmonimDilafroʻz Hayitmetova bilan duet2017SharmandaAldamaginRayhon bilan duetFaqat farzandlarim yigʻlatma hayotOrolmirzo Safarov bilan duet2016ChempionRio—2016 Olimpiadasida sovrindorlariga bagʻishlangan2015Lol boʻlamanMaqtanchoqShahzoda bilan duet2014Toʻylar muborakBotir AliyevEldor QayumovJamshidHech kim oʻxshamas sengaBobur UmarovBotir AliyevToʻrtta qizim sogʻinibYana tantanaEldor QayumovBotir AliyevNilufar bilan duetOnajonim yozdim xatJahongir PoziljonovRustam ToʻlashevYoronimeyNodir AzimovIqbol Muhammadjonov musiqasi, Jasur Badalboyev musiqiy sayqaliUlugʻbek Rahmatullayev bilan duetBaqaloqBobur Umarov
Filmlardagi faoliyati Jahongir Poziljonovning ilk roli rejissyor Rustam Saʼdiyevning 2004-yilgi „Muhabbat sinovlari 2“ filmida boʻlgan, lekin koʻpchilik uni „Sevinch“ filmidagi roli bilan tanigan. +FilmografiyasiYilNomiObrazIzoh2015QizalogʻimRejissyor, bosh rol2014Salom NatashaUmidSsenariynavis, bosh rol2013Ajab boʻlibdiJasurRejissyor, prodyuser, bosh rolQudamni koʻrmadingizmi?Xazina operatsiyasiBosh rolAchchiq hayotRejissyor, ssenariynavis, bosh rol2012Sevaman dedimmi sevamanRejissyorIltimos, menga qarang!AbbosBosh rolAldangan koʻngilJafarShu yetmay turuvdiJamshidBosh rol, prodyuserJanob qorovulXizmat doirasidan tashqaridaBotirBosh rol2011VasvasaEnagalarBosh rolYuzma-yuzAli, Vali, Gʻani yohud Nasiba qani?ValiRejissyor, prodyuser, bosh rol2010Shomurod va DurdonaShomurodRejissyor, bosh rolBekorchilar makoniRejissyor2009Qalbim oʻgʻrisiEpizodQalbaki dunyo2008Xavfli burilishBosh rol, ssenariynavisNortoyNortoyRejissyor, ssenariynavis, bosh rolBoyvachcha 2Rejissyor, ssenariynavis, bosh rol2007VijdonHolmatBosh rolPanohNotanishJamolBosh rolBoyvachchaRejissyor, ssenariynavis, bosh rol2004SevinchJahongirMuhabbat sinovlari 2Epizod
Manbalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Xonandalar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Ssenariychilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar