Fotimiya () – shia musulmonlari islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaning shahidligi uchun motam tutadigan kunlar„Fāṭimiyyah is ʿĀshūrāʾ“ islamicblessings.com Retrieved 10 May 2018The beginning and end date of Fatemiye in this year namnak.com Retrieved 10 May 2018. Fotimaning vafot etgan boʻlishi mumkin boʻlgan ikki sana, yaʼni 13-Jumodilvvaldan 3-Jumodissonigacha boʻlgan sanalar Fotimiya kunlari hisoblanadi. Fotimiya davri jami olti kundan iborat boʻlib, Jumodilaval oyidan uch kun va Jumodissoni oyidan uch kunni oʻz ichiga oladi. Birinchi Fotimiya 13–15-Jumodilavval, ikkinchi Fotimiya esa 3–5-Jumodissoni kunlariga toʻgʻri keladi. Baʼzi shia musulmonlari esa uch kun emas, oʻn kun davomida ham motam tutadilarTabrizi, Sire (Manner) of Mirza Javvad Atbrizi, P. 88-92.

Motam vaqti Fotimiyani kunlarini aynan qaysi sanada oʻtkazish borasida aniq konvensiya mavjud boʻlmasa-da, birinchi oʻn kunlik (10–20-Jumodilavval) yoki ikkinchi oʻn kunlik (1–10-Jumodissoni) soʻnggi yillarda tobora koʻproq nishonlanib kelinayotgan sanalar hisoblanadi. Shia musulmonlari Muharram oyining birinchi oʻn kunini juda yaxshi koʻradilar, bu esa anʼanaga koʻra Husayn ibn Alining shahidligi bilan bogʻliq hisoblanadi. Fotimaning islom paygʻambari Muhammadning qizi sifatida islomdagi muhim oʻrni, qisqa umr kechirganiga qaramay, boshidan kechirgan qiyinchiliklari va birinchi shia imomi Alini himoya qilish uchun oʻz jonini fido qilgani shia musulmonlarining uning xotirasi uchun haligacha motam tutib kelishlariga sabab boʻlganMazaheri, Andishehay Naab (pure thoughts), P. 103Tabrizi, Sire (Manner) of Mirza Javvad Atbrizi, P. 88-92.

Fotimiya boshqa mamlakatlarda Fotimiya kunlarida Eron va Iroqdan tashqari boshqa mamlakatlarda, jumladan, Hindiston, PokistonThe days of the martyrdom of Hadhrat Fatimah al-Zahra (peace be upon her) in Pakistan irna.ir Retrieved 10 May 2018, AvstraliyaThe mourning ceremony of the second Fatimiyya in Australia fa.abna24.com Retrieved 10 May 2018, Ozarbayjon va Tojikistonda ham motam tutiladiThe martyrdom of Hazrat Fatimah Zahra (a.s.) tajik.irib.ir Retrieved 10 May 2018. Germaniyadagi Gamburg Islom markaziFatimiyyah days www.shia-news.com Retrieved 10 May 2018, Angliya Islom markazi, shuningdek, Shvetsiya va Yevropaning boshqa bir qator davlatlarida ham ushbu kun munosabati bilan qator tadbirlar tashkil qilinadi.

Sanadagi farqlar Fotima qachon vafot etgani haqida aniq maʼlumotlarning mavjud emasligi bir nechta omillar bilan bogʻliq:

Ilk islom davrida tarixiy voqealar yozma ravishda emas, balki ogʻzaki tarzda saqlab qolingan, bu esa maʼlumotlarning aniq va toʻliq holda yetib kelmasligiga sabab boʻlgan. Musulmonlar urushlar haqidagi tarixiy yozuvlarni saqlab qolishga kamroq eʼtibor qaratishgan boʻlishi mumkinThe reason of being differences in the date of Hazrat Zahraʼs (a.s.) martyrdom kayhan.ir Retrieved 26 May 2018Fatimah al-Zahra (a.s.) tasnimnews.com Retrieved 26 May 2018. Arab yozuvida dastlab tinish belgilari va diakritik belgilar mavjud boʻlmagan va shuning uchun ham yetmish () va toʻqson () raqamlari bir xilda yozilgan. Natijada voqealarning aynan qaysi sanada sodir boʻlganligini aniqlashda qiyinchilikka duch kelgan olimlar uning oʻn sakkiz yosh-u yosh-u yetmish besh kunligida vafot etgan, degan xulosaga kelishgan. Tarixiy maʼlumotlar qisman shaxslar tomonidan notoʻgʻri ravishda yetkazilganShahidi, Seyyed jafar, The life of Fatima-Zahra (a.s.), Tehran, Publishing office of Islamic culture, P. 155.

Yana qarang

Fotima Fotimaning uyiga hujum Muhammadning farzandlari

Manbalar

Turkum:Islom atamalari Turkum:Shia Islom Turkum:Shialarni xotirlash kunlari Turkum:Fotima