Fabian Ruis Peña (1996-yil 3-aprelda tugʻilgan) – Fabian nomi bilan ham tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi hisoblangan Paris Saint-Germainda va Ispaniya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Hayoti Ruizning futbolga kirib kelishida onasining katta hissasi bor.

Klublardagi karyerasi Real Betis Dastlabki yillari Ruiz Andalusiyaning Sevilla provensiyasiga qarashli Los-Palasios y Villafranka shahrida tugʻilgan. U 2004-yilda EF La Union de Los Palaciosda ish boshlaganidan keyin sakkiz yoshida Real Betis jamoasining yoshlar tarkibiga qoʻshildi. U 2014-yil iyul oyida asosiy jamoaning zaxirasiga oʻtdi va 21-sentabrda debyut qildi hamda Segunda B divizionida Marbellaga qarshi oʻz uyida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda ikkinchi boʻlimda maydonga tushirildi.

Fabian professional karyerasidagi birinchi oʻyinini 16-dekabr kuni oʻtkazdi va Segunda divizionining „Lugo“ klubiga qarshi safardagi 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 51-daqiqasida Xavi Torresning oʻrniga maydonga tushdi.

Fabian Ispaniya futbolidagi asosiy debyutini 2015-yilning 23-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida "Vilyarreal" klubiga qarshi kechgan oʻyinda (1:1) Alfred NʼDiaye oʻrniga maydonga tushdi.

Elche (ijara) Keyingi yilning 23-dekabrida u shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va darhol Elche klubiga ijaraga berildi.

Yutuq Qaytib kelgach, Fabian yangi bosh murabbiy Quique Setien qoʻl ostida muntazam maydonga tushib turdi va 2017-yilning 25-sentyabrida „Levante“ klubiga qarshi 4:0 hisobida qozonilgan gʻalabali oʻyinda birinchi golini urdi. 31-yanvarda shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgandan soʻng, uning tovon puli 30 million yevro qilib belgiladi.

2018-yilning 30-aprelida Fabianning jamoasi oʻz uyida „Malaga“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 2018-19-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. „Betis“ klubiga gʻalaba keltirgan golni Fabian kiritdi.

Napoli 2018-yilning 5-iyulida Fabian "Napoli" klubi bilan 2023-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi. „Napoli“ esa Fabianning 30 million yevro tovon pulini toʻlagan. U 16-sentabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan „Srvena Zvezda“ jamoasi maydonida boʻlib oʻtgan va golsiz durang qayd etilgan oʻyinda debyut qildi. Oʻn kundan keyin u A Seriyadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi va jamoasi bilan San-Paolo stadionida „Parma“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Paris Saint-Germain 2022-yil 30-avgustda Fabian Liga 1 klubi Paris Saint-Germain (PSJ) bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U 2022-yil 10-sentyabrda Parc des Princes stadionida „Brest“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushirildi. 2023-yilning 1-fevralida u oʻzining PSJ jamoasidagi ilk golini „Monpelye“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. Mavsum oxirida Fabian PSJ bilan Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi, bu uning oliy ligalardagi birinchi chempionligi edi.

Oʻyin uslubi Chap oyoqda koʻproq harakat qiluvchi markaziy yarim himoyachi Fabian oʻzining koʻrish qobiliyati, uzatmalari, toʻpni nazorat qilish va dribling qilish qobiliyati, shuningdek, taktik jihatdan koʻp qirraliligi bilan tanilgan va 4–4–2, 4–3–3 va 4–2–3–1 kabi bir qator formatlarda yaxshi oʻynay oladi. U himoyaviy yarim himoyachi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi.

Statistikasi Klublardagi karyerasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaKubokXalqaroBoshqalarUmumiyDvizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarReal Betis B2014–15Segunda División B191———1912015–16Segunda División B42———42Umumiy233———233Real Betis2014–15Segunda División6000——602015–16La Liga12020——1402016–17La Liga4010——502017–18La Liga34310——353Umumiy56340——603Elche (ijara)2016–17Segunda División181———181Napoli2018–19Serie A27521111—4072019–20Serie A3335180—4642020–21Serie A3331081004242021–22Serie A3271050—387Umumiy12518923220016622Paris Saint-Germain2022–23Ligue 12733070—3732023–24Ligue 1211529000353Umumiy4848216000726Karyerasi davomida270292144820033935

Terma jamoadagi karyerasi

+ Terma jamoada yil boʻyicha oʻyinlari va gollariTerma jamoaYilOʻyinGolIspaniya201961202030202160202200202360202483Umumiy294

Roʻyxatda birinchi boʻlib Ispaniyaning gollari qayd etilgan. +Xalqaro Oʻyinlardagi gollari No. Sana Joy Kubok Raqib Goli Yakuniy natija Musobaqa 1 2019-yil 18-noyabr Wanda Metropolitano, Madrid, Ispaniya 6 1–0 5–0 UEFA Yevro 2020 saralashi 2 2024-yil 8-iyun Estadi Mallorca Son Moix, Palma, Ispaniya 23 4–1 5–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 2024-yil 15-iyun Olympiastadion, Berlin, Germaniya 24 2–0 3–0 UEFA Yevro 2024 4 2024-yil 30 iyun RheinEnergieStadion, Köln, Germaniya 26 2–1 4–1 UEFA Yevro 2024

Yutuqlari Real Betis

Segunda divizioni: 2014–15 

Napoli

Italiya kubogi: 2019–20

Paris Saint-Germain

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2019

UEFA Yevropa chempionati: 2024 UEFA Millatlar ligasi: 2022–23

Individual

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2019-yil 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019

Manbalar

Havolalar

Fabián Ruiz at the Paris Saint-Germain F. C. website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Betis Deportivo Balompié futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Elche CF futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari