Aziz Alijonov (, 1984-yil 12-iyul, Fargʻonada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchilik davrida asosan yarim himoyachi va baʼzi vaqtlar hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Aziz Fargʻonadagi bolalar va oʻsmirlar sport internati tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Neftchi“ klubida boshlagan. Faoliyatini katta qismi „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston Superligasida 197 ta oʻyin oʻtkazib 18 ta gol muallifi boʻlgan. 2013-yilgi mavsum ikkinchi qismida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2014-yilda Neftchi jamoasiga qaytgan Aziz yarim mavsum davomida klub tarkibida oʻynagan ammo jaroxati sababli mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.
Neftchi klubi bilan 4 bor Oʻzbekiston Superligasi kumush medallariga,1 bor bronza medallariga erishga. 2005-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib borgan ammao final oʻyinida maydongga tushmagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha mavsum dam oldi va 2017-yilda Neftchi klubi yoshlar tizimida ish boshlagan. 2018-yilgi mavsumda Neftchi U-14 jamoasiga ustozlik qilgan. 2020-yildan Neftchi klubi U-19 jamoasiga ustozlik qila boshlagan 2021-yilgi mavsumda U-19 yoshlar chempionatida uning shogirdlari chempionlikka erishgan.
2022-yilgi mavsum oldidan Neftchi klubi tark etdi va „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Yarim mavsumdan soʻng „Bunyodkor“ klubi murabbiylar shtabidagi oʻzgarishlar sababli jamoani tark etgan va „Neftchi“ klubiga qaytgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2002, 2003, 2004, 2006 Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrin: 2008 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2005
Manbalar
Havolalar
Aziz Alijonov OʻzPFL saytida Aziz Alijonov Transfermarkt saytida
Aziz Alijonov Footballfactsru saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar