Kiernan Frank Dewsbury-Hall (1998-yil 6-sentyabr) – Angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi yarim himoyachisi.

Karyerasi

Leicester City Dewsbury-Hall Nottinghamshire grafligidagi Nottingham shahrida tugʻilgan. Bolaligi Leicestershire shahrida oʻtgan. U sakkiz yoshida, yaʼni 2006-yildan boshlab Leicester City akademiyasining 8 va 9 yoshgacha boʻlgan jamoalari tarkibida toʻp suradi. 2017-yilda esa futbolchi klub bilan dastlabki professional shartnomasini imzolaydi.

Ijara va asosiy jamoa o‘yinlaridagi natijalar Dewsbury-Hall 2020-yil 25-yanvar kuni Brentford klubiga qarshi Angliya kubogi doirasidagi bahsning ikkinchi boʻlimida Kelechi Iheanachoning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda Leicester Citysafidagi debyut oʻyinin oʻtkazadi. Oradan ikki kun oʻtgach yarim himoyachi 2019-2020-yilgi mavsumning soʻngigacha Blackpool klubi safiga ijara asosida qoʻshiladi. U keyingi kuni Wycombe Wanderers jamoasiga qarshi bahsda Grant Ward oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushadi va debyut golini kiritadi.

Dewsbury-Hall 2020-yilning 16-oktyabr kuni Leicester bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi va Luton Town jamoasiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi. Mavsum soʻnggida u Luton klubining toʻrtta mukofotiga sazovir boʻldi, shu jumladan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisimaqomini ham qoʻlga kiritdi.

U 2021-yilning 28-avgustida Norwich City jamoasiga qarshi oʻyinda James Maddison oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda Angliya Premyer-ligasidagi debyutini oʻtkazdi. 10-dekabr kuni u UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi Napoliga qarshi bahsda Leicester City safidagi debyut golini kiritgan. 2022-yilning 10-aprel kunida esa Crystal Palace klubiga qarshi bahsda esa Premyer-ligadagi ilk golini hisobiga yozdirib qoʻygan. 2022-yilning 24-iyunida Leicester City bilan 2027-yilgacha moʻljallangan yangi uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.

2023-2024-yilgi mavsumning 1-turida Coventry City jamoasiga qarshi uchrasuvda dubl muallifiga aylangan. Shu orqali Dewsbury-Hall Enzo Mareska boshchiligadig jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi va jamoasining EFL Chempionship gʻolibi sifatida Premyer-ligaga qaytishida muhim oʻrin egalladi. U Leicester jamoasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Undan tashqari EFL Chempionshipning mavsum ramziy jamoasiga ham kiritildi. U mavsum davomida jami 12 gol va 14 golli uzatma muallifiga aylandi.

Chelsea 2024-yil 2-iyul kuni Dewsbury-Hall 30 million funt sterling evaziga Chelsea jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu transferning asosiy sababchilardan biri sifatida esa yozning boshida Londonliklar safiga murabbiy sifatida kelgan Enzo Mareska qaralmoqda.

Statistika

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLeicester City2019–20Premyer Liga00102020–21Premyer Liga00102021–22Premyer Liga2814432022–23Premyer Liga3123422023–24Chempionship44124912Umumiy1031512917Blackpool (ijara)2019–20League One104104Luton Town (ijara)2020–21Chempionship393403Chelsea2024–25Premyer Liga0000Umumiy1522219026

Sovrinlar Leicester City

EFL Chempionship: 2023-24 FA Community Shield: 2021

Shaxsiy

UEFA Yevropa Konferensiyalar ligasi mavsum jamoasi: 2021-22 EFL Chempionship mavsum jamoasi: 2023-24 Leicester City muxlislar talqiniga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi: 2023-24 Leicester City klubi mavsum futbolchisi: 2023-24

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Blackpool F.C. futbolchilari Turkum:Luton Town F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari