iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max – Apple korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, iOS 17 operatsion tizimi va Apple A17 Pro protsessorida ishlovchi smartfonlar. Qurilmalar 2023-yil 12-sentabrda Kupertinodagi Apple Parkdagi Apple Wonderlust maxsus tadbirida taqdim etilgan. Oldindan buyurtmalar 2023-yil 15-sentabrda boshlangan. Smartfonlar 2023-yil 22-sentabrda sotuvga chiqarilgan.
Xususiyatlari Dizayni iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max qora, koʻk, oq va tabiiy titan ranglarida sotuvga chiqarilgan. RangNomTabiiy titanKoʻk titanOq titanQora titan
Quvvatlash va maʼlumotlarni uzatish tezligi iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max USB 3.2 maʼlumot uzatish tezligiga ega (oʻrtacha 20Gbps/10Gbps gacha) USB-C dan foydalanadi.
Chipset iPhone 15 Pro va Pro Max chiplari (SoC) Apple A17 Pro tizimiga ega. Ushbu chip TSMC N3B ishlab chiqarish jarayoni asosida oʻrnatilgan. Smartfon taqdimotida Apple Death Stranding, Resident Evil Village va Assassinʼs Creed Mirage kabi oʻyinlar kelajakda iOS ga kelishini eʼlon qildi.
Video chiqishi Barcha iPhone 15 modellari 4K HDR bilan USB-C video chiqishi orqali DisplayPort alternativ rejimini qoʻllab-quvvatlaydi.
Oldingi iPhone modellari (iPhone 5 dan iPhone 14 gacha) Lightning ulagichidan foydalanilgan boʻlsa, endilikda iPhone 15 modelidan boshlab USB ulagichlaridan foydalaniladi.
Harakat tugmasi iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max’da har bir iPhoneʼda mavjud boʻlgan ovozni oʻchirish tugmasi oʻrnini bosuvchi harakat tugmasi mavjud. Harakat tugmasi funksiyasi foydalanuvchi tomonidan sozlanishi mumkin. Standart rejimda harakat tugmasi orqali sukunat rejimiga oʻtish mumkin. Boshqa variantlar orasida kamerani ochish, ovozli eslatma yozish yoki fokus rejimini almashtirish va boshqalar kiradi. Batareya Ishlatish usuliVaqt, sVideo koʻrish23 (15 Pro) va 29 (15 Pro Max) soatgachaStriming rejimida video koʻrish20 (15 Pro) va 25 (15 Pro Max) soatgachaAudio tinglash75 (15 Pro) va 95 (15 Pro Max) soatgacha
Dasturiy taʼminot iPhone 15 va 15 Plus singari, iPhone 15 Pro va Pro Max’da iOS 17 oldindan oʻrnatilgan tizim boʻlib, u iPhoneʼning oldingi avlodlari uchun 2023-yil 18-sentabrda foydalanishga topshirilgan.
Smartfondagi muammolar Haddan tashqari qizib ketish Koʻplab foydalanuvchilar iPhone haddan tashqari qizib ketayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda aytib oʻtishgan. Aksariyat smartfonlarning harorati dan oshib ketgan. Kompaniya bunga sabab tariqasida dasturiy xatolik boʻlganini elon qilgan.
NFC iPhone bilan simsiz zaryadlash tizimidan foydalanadigan BMW avtomobillarining baʼzi egalari Apple Pay uchun NFC chipi va raqamli avtomobil kalitlari toʻgʻri ishlamay qolishini aniqladilar.
Chidamlilik Consumer Reports tomonidan oʻtkazilgan qoʻshimcha sinovlar iPhone 15 Pro Max ning chidamliligi aʼlo darajadaligini koʻrsatgan. Smartfonning orqa oynasi 50 ta CrushTest dan keyin ham sinmagan.
Tanqidlar GSMarena telefonga 5 balldan 4,5 ballga baholagan. Telefonning displeyi, kamerasi va dinamiklari maqtovga sazovor boʻlsa-da, uning yuqori narxi sotib oluvchilarga noqulaylik tugʻdiradi. NotebookCheck smartfonni 100 balldan 91 ballga baholadi va uning chidamliligini yuqori eʼtirof etgan.
Galereya
Yana qarang iPhone modellari roʻyxati Eng koʻp sotiladigan mobil telefonlar roʻyxati iPhone modellari xronologiyasi
Manbalar