Qirolichaning yurishi () — amerikalik yozuvchi Walter Tevisning 1983-yilda yozilgan romani boʻlib, romanda shaxmatchi vunderkind qizning hayoti haqida hikoya qilinadi. Asar tarbiyaviy roman janrida yozilgan boʻlib, bola asrab olish, feminizm, shaxmat, giyohvandlik va alkogolizm kabi koʻplab mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan. Ushbu asar asosida 2020-yilda Netflix tomonidan xuddi shu nomdagi miniserial suratga olingan.

Roman epigrafi Romanning epigrafi W. B. Yeatsning „Ninachi“ sheʼridan olingan. Bu sheʼr romanning asosiy mavzularidan birini: ayoldagi daholikning ichki faoliyatini yoritgan. Tevis oʻlimidan bir yil oldin, 1983-yilda bergan intervyusida ushbu mavzuni muhokama qilgan.

Syujeti Romanda shaxmatchi vunderkind Bet Harmonning yetimxonadagi bolaligi, trankvilizatorlar va alkogolga qaramlikka qarshi kurashishidan to grossmeyster unvoniga erishgunigacha boʻlgan hayoti tasvirlangan.

Adabiy ahamiyati Romanni tasniflash qiyin boʻlib, asar triller, sport-oʻyin va tarbiyaviy romanlar orasidagi oraliq oʻrinni egallaydi.

Oʻzbekcha tarjimasi Asar tarjimon Maftuna Poʻlatova tomonidan ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. 2021-yilda asarning oʻzbek tilidagi tarjimasi Toshkentda „Zabarjad Media“ nashriyoti tomonidan oʻzbek tilining lotin va kirill yozuvlarida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrini tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Maʼmura Qutliyeva – direktor, Sayyora Meliqoʻziyeva – muharrir, Firdavs Doʻstmatov – badiiy muharrir, Hafiza Abdumalikova – musahhih, Nigara Umarqulova – sahifalovchi, Hamidulla Ibotov – texnik muharrir. Kitob adadi – 2 000 nusxa, ISBN 978-9943-7069-7-2.

Manbalar

Havolalar „Qirolichaning yurishi“ natlib.uz saytida Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar Turkum:1983-yil romanlari Turkum:AQSh romanlari Turkum:Inglizcha romanlar Turkum:Tarbiyaviy romanlar