Kanada milliy galereyasi () – Ontario shtatining Ottava shahrida joylashgan Kanada milliy sanʼat muzeyi. Muzey binosi 46,621 m2 (521,820 fut2) maydonni egallagan, shundan 12,400 m2 (133,000 fut2) maydon sanʼat asarlarini namoyish qilish uchun ishlatiladi. Galereya koʻrgazma maydoni boʻyicha Shimoliy Amerikadagi eng yirik sanʼat muzeylaridan biri hisoblanadi.

Muassasa 1880-yilda Kanadaning ikkinchi Oliy sudi binosida tashkil etilgan va 1911-yilda Victoria memorial muzeyi binosiga koʻchirib oʻtkazilgan. 1913-yilda Kanada hukumati „Milliy galereya toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qildi va bu hujjat muassasaning milliy sanʼat muzeyi sifatidagi vakolatini rasman belgilab berdi. Muzey 1960-yilda Lorne binosiga koʻchirildi.

1988-yilda Kanada milliy galereyasi koʻrgazmalar oʻtkazish maqsadida qurilgan yangi binoga koʻchirildi. U Sussex Drivedagi shisha va granitdan yasalgan binoga joylashtirilgan boʻlib, muzeyga tashrif buyuruvchilar bu yerdagi Parlament tepaligidan Kanada parlamenti binolarining diqqatga sazovor koʻrinishidan bahramand boʻlishi mumkin boʻlgan. Galereya binosi isroillik arxitektor Moshe Safdie tomonidan loyihalashtirilgan va 1988-yilda ochilganNational Gallery of Canada – 1980 .

Muzeyning doimiy kolleksiyasida Yevropa, Amerika, Osiyo, Kanada va mahalliy rassomlarning 93,000 dan ortiq asarlari mavjud. Kanada milliy galereyasi oʻzining doimiy kolleksiyasidagi asarlarni namoyish qilishdan tashqari bir qator koʻchma koʻrgazmalarni ham tashkil qiladi va oʻtkazib keladi.

Tarixi thumb| 1911-yilda Victoria memorial muzeyi binosi. Kanada Milliy galereyasi 1911-yildan 1960-yilgacha shu binoda joylashgan. Kanada milliy galereyasi birinchi marta 1880-yilda Kanada general-gubernatori va 9-Argil gersogi John Campbell tomonidan Kanada Qirollik sanʼat akademiyasining tashkil etilishi bilan bir vaqtda barpo qilingan. 1882-yilda u Kanadaning Ikkinchi Oliy sudi binosida joylashgan Parlament tepaligidagi birinchi uyga koʻchirildi.

Eric Brown 1910-yilda muassasaning birinchi direktori etib tayinlangan. 1911-yilda galereya Victoria memorial muzeyi binosiga koʻchirildi va u yerda Tabiiy fanlar milliy muzeyi bilan birga koʻrgazmalarini davom ettirdi. 1913-yilda birinchi „Milliy galereya toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unda galereyaning vakolatlari va resurslari koʻrsatilgan. 1920-yillarda bino kengaytirildi. Sanʼat galereyasi toʻrt qavatli boʻlib, u uchun alohida kirish joyi yaratildi. Bundan tashqari, Tabiiy fanlar muzeyi va Milliy galereya oʻrtasida xavfsizlik devori qurildi. Biroq, galereya hali ham Victoria memorial muzeyi binosida vaqtinchalik saqlanayotgan va uni yangi, doimiy joyga koʻchirish uzoq muddatli rejalar qatoriga kiritilgan edi. thumb| Milliy galereya 1882-yildan 1911-yilgacha Kanadaning ikkinchi Oliy sudi binosida joylashgan. 1950-yillarga kelib, Victoria memorial muzeyi binosidagi maydon muzey kolleksiyalari uchun yetarli boʻlmay qolgan. 1952-yilda muzey galereya joylashadigan doimiy joyni loyihalashtirish uchun meʼmorlar dizayn tanlovini boshladi. Ammo muzey uchun mablagʻlar Louis St. Laurent hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi, natijada u tanlovda gʻolib chiqqan meʼmorchilik taklifidan voz kechishga majbur boʻldi.

Milliy galereya bilan samarali murosaga erishish uchun St. Laurent hukumati unga sakkiz qavatli Lorne ofis binosidan foydalanishni taklif qildi. Milliy galereya Elgin koʻchasidagi oddiy ofis binosiga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng bino buzib tashlandi va oʻrniga Federal moliya departamenti joylashadigan 17 qavatli ofis binosi qurildi.

1962-yilda Walter Chryslerning Yevropa asarlari koʻrgazmasida namoyish etilgan ishlarning yarmi amerikalik jurnalistlar tomonidan qalbakilashtirilganligi fosh qilinganidan keyin muzey direktori Charles Comfort tanqidga uchradi. Monreal tasviriy sanʼat muzeyi direktori tomonidan asarlar haqida ogohlantirilgan boʻlsa-da, Comfort galereyaga koʻrgazmani oʻtkazishga ruxsat bergan edi.

Kanada milliy muzeylari korporatsiyasi (NMC) 1968-yilda Kanada milliy galereyasini oʻzlashtirdi. 1970-yillarda NMC mintaqaviy galereyalarni shakllantirish uchun Milliy galereyadan ularga mablagʻ yoʻnaltirdi. Muzey 1976-yilda Lorne binosini taʼmirlashni yakunladi. 1980-yilga kelib, binoning yomon ahvoli, asbestni tarixiy usulda qoʻllanishi va kolleksiyasining faqatgina 2 foizini sigʻdira oladigan koʻrgazma maydonining yetarli emasligini hisobga olgan holda Milliy galereya boshqa joyga koʻchirilishi zarurligi maʼlum boʻldi.

1982-yilda Kanada konstitutsiyasi sabab yakunlangan patriatsiyadan soʻng, bosh vazir Pierre Trudeau Kanadaning oʻziga jalb etadigan jihatlarini oshirish maqsadida sanʼatga ustuvor ahamiyat berib, „millatni yaratish“ tomon siyosatning oʻzgarishini eʼlon qildi. Oʻsha yili aloqa vaziri Francis Fox hukumatning besh yil ichida milliy muzeylar, jumladan Milliy galereya va Man muzeyi uchun yangi doimiy binolar qurish majburiyatini olganligini eʼlon qildi. Milliy galereya direktori Jean Sutherland Boggs Trudeau tomonidan milliy galereya va muzeylar qurilishini nazorat qilish uchun tanlangan. 1985-yilda Sussex Driveda doimiy muzey binosini ochish uchun qurilish boshlangan va Milliy galereya 1988-yil may oyida ochilgan.

Mintaqaviy muzeylarni moliyalashtirishga yordam berish uchun NMC tomonidan mablagʻlarni yoʻnaltirish 1982-yilda tugatildi va Kanada milliy muzeylari 1987-yilda rasman tarqatib yuborildi. Mablagʻ yoʻnaltirishni tugatish natijasida Milliy galereya oʻzining institutsional mustaqilligini hamda 1968-yilgacha shakllantiruvchi qonun hujjatlarida belgilangan mandat va vakolatlarini qayta qoʻlga kiritdi.

Ilgari Kanada milliy film kengashining Fotosuratlar boʻlimi hisoblangan Kanada zamonaviy fotografiya muzeyi (CMCP) 1985-yilda tashkil etilgan Milliy galereyaning shoʻba muassasasi edi. 1988-yilda CMCP maʼmuriyati Milliy galereya bilan birlashtirildi. CMCP keyinchalik 1 Rideau kanalidagi yangi manziliga koʻchib oʻtdi va 2006-yilda yopilguniga qadar u yerda ishlashni davom ettirdi. Keyinchalik, 2009-yilda bu muassasa kolleksiyasi Milliy galereyaga kiritilgan.

2000-yil dekabr oyida Milliy galereya kolleksiyasidan 100 ga yaqin asar Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar tomonidan oʻgʻirlangan deb gumon qilayotganini eʼlon qildi. Galereya oʻgʻirlanganlikda gumon qilingan sanʼat asarlarining suratlarini internetga joylashtirdi, bu esa uning soʻnggi qonuniy egalariga asarilarni tekshirish va ehtimol bu ish boʻyicha daʼvo qilish imkonini berdi. 2006-yilda muzey 1942-yilda Alfred Lindondan natsistlar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan Édouard Vuillardning rasmi The Salon of Madame Aronni Lindonning merosxoʻrlariga qaytarib berdi.

2009-yil dekabr oyida Kanada milliy galereyasi va Alberta sanʼat galereyasi qoʻshma press-reliz oʻtkazib, uch yillik hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligini eʼlon qildi, unda Milliy galereya kolleksiyasidagi asarlarni namoyish qilish uchun Alberta sanʼat galereyasidan foydalanilgan. Ushbu dastur Kanada milliy galereyasi va boshqa muassasa oʻrtasidagi birinchi „sunʼiy yoʻldosh dasturi“ boʻlib, keyingi yillarda Kanadaning boshqa sanʼat galereyalarida ham xuddi shunday tashabbuslar oʻtkazila boshlangan.

Marc Mayer 2009-yil 19-yanvarda Pierre Thébergedan keyingi muzey direktori etib tayinlandi. 2019-yil 19-aprelda uning oʻrnini Kanada milliy galereyasining 11-direktori va bosh ijrochi direktori etib tayinlangan Alexandra Suda egalladi. Suda boshchiligida galereya yanada inklyuziv boʻlish yoʻlida Ankosé deb nomlangan katta rebrendingdan oʻtdi. Atigi uch yildan soʻng Suda isteʼfoga chiqdi. Muzeyga 2022-yil iyul oyida Angela Cassie muvaqqat direktor va bosh direktor etib tayinlandi.

Binosi thumb| Bino Ottava daryosi boʻyida qad rostlagan Muzeyning hozirgi binosi Moshe Safdie & Associates tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qurilishi 1985-yilda boshlangan va bino 1988-yilda ochilgan. Uning umumiy maydoni 46,621 m2 (501,820 fut2)ni tashkil etadi. 2000-yilda Kanada Qirollik arxitektura instituti Milliy galereyani soʻnggi ming yillikda Kanadada barpo qilingan eng yaxshi 500 ta binolardan biri sifatida tanladi. Kanada milliy galereyasi ByWard Market tumaniga tutashgan Sussex Drivedagi binoda joylashgan. Bu bino sanʼat muzeyi joylashgan toʻrtinchi inshootdir.

Kanada muzeylari qurilish korporatsiyasi muzeyni qurish uchun 185 million Kanada dollaridan iborat byudjet tashkil etgan. 1984-yilgi Kanada federal saylovlaridan soʻng bosh vazir Brian Mulroney korporatsiyani tarqatib yubordi. Biroq, binoning poydevori qurilishi allaqachon tugaganligi sababli, Mulroney muzey qurilishini moliyalashtirishni davom ettirishni tanladi, ammo umumiy byudjet 162 million Kanada dollariga kamaytirildi.

Tashqi koʻrinishi thumb| Binoning gʻarbiy jabhasining pushti-granit devorlari. Binoning shimoliy, sharqiy va gʻarbiy tashqi fasadi pushti-granit devorlar yoki shisha oynalardan iborat. Janub tomondan tashqi fasadi uzun shisha devorga ega boʻlib, toʻrtta guruhlangan beton ustunlar bilan mustahkamlangan. Janub tomondan tashqi fasadi soborga oʻxshatib qurilgan, beton ustunlar gotika soborlari qurilishida qoʻllaniladigan muallaq tayanchlarga oʻxshatib ishlangan. Binoning janubiy fasadining sharqiy qismidan muzeyning asosiy kirish eshigini ushlab turadigan, past darajadagi kristalldan ishlangan shisha gumbazga oʻtiladi va uning gʻarbiy qismi uch qavatli shisha gumbazdan iborat. thumb| Binoning janubiy fasadi beton ustunlar bilan mustahkamlangan shisha devor va janubi-gʻarbiy burchakda uch qavatli shisha gumbazdan iborat. Uch qavatli shisha gumbaz toʻrtburchak shisha va ingichka poʻlat tayanchlardan tashkil topgan. Gumbazning ikkinchi qavati toʻrtburchaklar va teng qirrali uchburchaklardan iborat boʻlib, ular sakkiz yoki oʻn ikkita kichikroq teng qirrali uchburchaklarga boʻlinadi. Bu shisha boʻlaklarning barchasi temir tirgaklar bilan birlashtirilgan. Gumbazning uchinchi qavati shunga oʻxshash dizayn bilan yaratilgan, ammo uchburchak shisha oynalar teng yonli uchburchaklardir. Teng yonli uchburchaklar yuqoriga, choʻqqilari markazga qaratilgan. Binoning uch qavatli gumbazi muzeyga sharqdan qaraganda gʻarbda Tinchlik minorasi va Parlament kutubxonasi bilan yonma-yon joylashgan boʻladi.

Ichki koʻrinishi thumb| Binoning katta zalga oʻtiladigan yoʻlagi Binoning kirish qismidagi ichki yoʻlagi pushti-granit bilan qoplangan va uzunlikka choʻzilgan. Safdie oʻz dizaynidagi rampaning muhimligini taʼkidlab: „Milliy galereya kabi muhim joyga yoʻl olish uchun qandaydir kortejdan oʻtish kerak“, – deydi va bu tashrif buyuruvchiga muhim marosimga tayyorlanayotgandek hisni berishini taʼkidlaydi. Kirish vestibyulining devorlari shisha devorli tashqi fasadning bir qismi boʻlgan janubiy devorni hisobga olmaganda, toʻrtburchaklar shaklida kesilgan pushti granit bilan qoplangan. Gotika sobori meʼmorchiligini eslatuvchi shisha va poʻlat shift rampaning butun yoʻlagini kengaytiradi. Biroq, koʻpchilik Gotika soborlaridan farqli oʻlaroq shiftda tomni suyash uchun bir nechta beton ustunlar mavjud. Rampaning yakuni uch qavatli shisha gumbazda joylashgan binoning katta zaliga olib boradi.

Binoning ichki hovlisida Taiga bogʻi ham joylashgan. Bogʻ dizaynini A. Y. Jackson tomonidan chizilgan va muzeyning doimiy kolleksiyasida saqlanovchi Terre Sauvage kartinasidan ilhomlanib Cornelia Oberlander ishlab chiqqan. Bogʻni rasmda tasvirlangan manzaradagidek koʻrinishga keltirishga harakat qilingan.

Kolleksiyasi