Mei Ting (xitoycha: 梅婷; 1975-yil 30-aprel) — xitoylik aktrisa. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini hamda „A Time to Remember“ filmidagi ijrosi uchun beshinchi Huabiao Awards mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti Mei Ting 1980-yilda, 7 yoshida oʻzi tugʻilgan Nan Jing shahridagi mashhur badiiy va ijro guruhi va iqtidorli bolalar maktabiga oʻqishga kirdi. 9 yoshida u „The Moon in Moon Festival“ filmida rol oʻynadi. 13 yoshida oʻz faoliyatini „Song & Dance Troupe of Frontier Line“ guruhida raqqosa sifatida davom ettirdi. 1994-yilda, 19 yoshida u „Red Cherry“ teleserialida bosh rolni oʻynashga taklif qilindi.

Karyerasi 1996-yilda Mei Ting Pekindagi nufuzli Markaziy Drama Akademiyasining aktyorlik yoʻnalishiga qabul qilindi. Uning sinfdoshlari orasida Chjan Ziyi, Qin Xaylu, Yuan Quan va Xu Jing bor edi. Ular „1996-yilgi sinfning beshta oltin guli“ deb nomlangan. Kollej yillarida u allaqachon bir qator teleseriallarda rol oʻynashga taklif qilingan. Oʻqishga kirganidan ikkinchi yil oʻtib, u oʻzini bir qator teleseriallarda belgilangan rollarga toʻliq bagʻishlash uchun kollejdagi oʻqishini toʻxtatish toʻgʻrisida qiyin qaror qabul qildi.

1997-yilda u „A Time to Remember“ filmida Qiu Qiu rolini oʻynadi. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival festivalida va Huabiao Awards mukofotlarida ushbu filmdagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Mehnatsevar va samarali aktrisa sifatida Mei Ting 1997-yildan 2001-yilgacha 10 dan ortiq film va seriallarda rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti Mei Ting 2001-yildan 2007-yilgacha rejissyor Yan Po bilan turmush qurgan.

2012-yilda esa u kinomatograf Zeng Jianga turmushga chiqdi va hozirda ularning ikki nafar farzandi bor.

Filmografiyasi Yil Film (inglizcha nomi) Film (xitoycha nomi) Rol Manba 1997-yil A Time to Remember 红色恋人 Qiu Qiu 1999-yil Dragon Boat Regatta 赛龙夺锦 Zhen Zhen 2002-yil Dazzling 花眼 Xin Moli 2006-yil Aspirin 阿司匹林Wen Jing 2008-yil Desires of the Heart 桃花运 Zhang Ying 2009-yil Judge 透析 2011-yil 1911 辛亥革命Chen Yiying 2012-yil Bunshinsaba 笔仙Xiao Ai 2013-yil Unbeatable 激战Wang Mingjun 2014-yil Blind Massage 推拿Du Hong 2015-yil Crazy New Year’s Eve 一路惊喜Zhang Weiwei2017-yilThe House That Never Dies II京城81号IINiu Menghe/He Fei2019-yilThe Big Shot 大人物 2019-yilDesire Game 欲念游戏 2021-yilMoses on the Plains

Manbalar