right|thumb| Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi (Niderlandiya) Xalqaro sudlar davlatlar oʻrtasidagi shartnomalar yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi va ular maxsus tribunallar hamda doimiy institutlarni oʻz ichiga oladi. Biroq xalqaro sudlar milliy hokimiyat organlari oʻrtada keladigan yuzaga keladigan nizolarni va sudlarni istisno qiladi. Chunki xalqaro sudlarda ish koʻrib chiqilishi uchun ikki taraf ham xalqaro huquqning subyekti boʻlishi lozim.

Taʼrifi Xalqaro sud – bir tomon davlat yoki xalqaro tashkilot (yoki uning organi) boʻlishi mumkin boʻlgan ishlarni koʻrib chiqadigan va mustaqil sudyalardan tashkil topgan xalqaro tashkilot yoki xalqaro tashkilot organi hisoblanadi. Xalqaro sud (masalan, Xalqaro jinoyat sudi) alohida tuzilishi ham biror xalqaro tashkilotning oʻz sudiga ega boʻlishi mumkin (masalan: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro adolat sudi). Ushbu sudlar Xalqaro huquq asosida majburiy yoki tavsiyaviy harakterga ega boʻlgan qarorlar chiqarish majburiyatini oladi.

Tarixi Xalqaro sudlarning dastlabki misollariga Ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan Nyurnberg va Tokio tribunallari kiradi. Ayni paytda Gollandiyaning Gaaga shahrida bir nechta shunday xalqaro sudlardan Xalqaro Sud (ICJ) va Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) joylashgan. Boshqa xalqaro sudlar turli joylarda mavjud boʻlib, ularning yurisdiksiyasi odatda maʼlum bir mamlakat, xalqaro yoki mintaqaviy hukumatlararo, shuningdek, millatlararo tashkilotlarda amal qilshi mumkin. Ruandadagi genotsid sud ishi Ruanda boʻyicha Xalqaro Jinoyat Tribunalida koʻrib chiqilishi tarixiy misol boʻla oladi.

Genotsid va fuqarolar urushi davrida qilingan jinoyatlarni koʻrib chiqish maqsadida xalqaro tribunallar tashkil etiladi. Bundan tashqari sodir boʻlayotgan xalqaro vaziyatlarga qarab xalqaro va ichki holatlarni birlashtirgan maxsus sudlar hamda tribunallar tashkil etilgan. Bunday „gibrid tribunallar“ga misol sifatida Syerra-Leoneda tashkil etilgan maxsus sud, Livan uchun maxsus tribunal, Sharqiy Timordagi Dili tuman sudining maxsus hay’atlari va Kambodja sudlaridagi Favqulodda palatalarni keltirish mumkin.

Imtiyozlar va immunitetlar right|thumb| Ayblanuvchilar Nyurnbergdagi Xalqaro harbiy tribunalning mahkamasida (GermaniyaXalqaro sudlarning sudyalari va yuqori lavozimli xodimlariga, agar ularning boshqaruv organlari ruxsat bergan boʻlsa, diplomatik immunitetga ega boʻlishi mumkin. 1946-yil 13-fevralda qabul qilingan rezolyutsiyaga koʻra, BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro Sud oʻz vazifalarini bajarish va oʻz maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan imtiyozlar, immunitetlar va yengilliklardan foydalanishini taʼminlash maqsad qilingan. Xalqaro sud oʻz joyida va boshqa turli xil hududlarda Xalqaro Sud oʻzining birinchi majlisida ushbu masalani koʻrib chiqishni hamda Bosh kotibni oʻz tavsiyalari haqida xabardor qilishni taklif qildi. Shunga koʻra Sud 1946-yil 3-apreldan 6-maygacha Gaagada boʻlib oʻtgan birinchi sessiyasida muammoni turli jihatlarida koʻrib chiqdi. Shundan soʻng oʻz xulosalarini Bosh Assambleyaga yubordi. Bosh Assambleya oʻzining birinchi majlisining ikkinchi qismida Sudning tavsiyalarini va oltinchi qoʻmita hisobotini koʻrib chiqdi.

Manbalar

Havolalar

Www.aict-ctia.org manzilida Afrikaga yoʻnaltirilgan ikkinchi veb-saytni yuritadigan Xalqaro sudlar va tribunallar boʻyicha loyiha . Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qonun ustuvorligi: Tribunallar va boshqa mexanizmlar xalqaro sudlar va qonun ustuvorligi oʻrtasidagi munosabatlar haqida. Turkum:Xalqaro huquq Turkum:Sud Turkum:Qonun Turkum:Huquq Turkum:Huquqiy hujjatlar Turkum:Xalqaro tashkilotlar