Isroil-Kolumbiya munosabatlari – 1950-yillarning oʻrtalarida Kolumbiya va Isroil oʻrtasida ikki tomonlama rasman oʻrnatilgan munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi 1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 181-rezolyutsiyasida Britaniya mustamlakasi boʻlgan Falastini yahudiy va arab davlatiga boʻlish tavsiya etilgan. Davlatlar orasida Kolumbiya ovoz berishda betaraf qolgan.

1950-yillarning oʻrtalarida Isroil va Kolumbiya davlatlari rasmiy ravishda diplomatik aloqalar oʻrnatdi va tegishli ravishda Bogota va Tel-Avivda elchixonalarini ochishgan. 1988-yilda Isroil va Kolumbiya oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilangan. Isroil va Kolumbiya oʻrtasida erkin savdo qilish shartnomasi 2013-yil 10-iyunda imzolangan. Biroq, u hali Kolumbiya tomonidan ratifikatsiya qilinmagan va kuchga kirmagan. Shartnoma ikki davlat oʻrtasida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari export qilish tariflarini pasaytirgan. Shuningdek, shartnoma Isroil kompaniyalari va jismoniy shaxslari uchun Kolumbiyaga sarmoya kiritishni osonlashtirgan. Isroilning Kolumbiyaga eksporti 2012-yilda qariyb 143 million dollarni tashkil etgan (asosan aloqa uskunalari, stanoklar, elektr va mexanik qurilmalar va kimyo mahsulotlaridan iborat). Manbalar

Turkum:Isroilning ikki tomonlama aloqalari Turkum:2024