Bahodir Qiyomovich Ilyasov (1961-yil 14-avgust, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – temir yoʻlchi, „Mehnat shuhrati ordeni“, „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi.
Hayoti va mehnat faoliyati
1961-yil 14-avgustda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Irgʻovul qishlogʻi (hozir Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) da tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini 1978—1985-yillarda Shahrisabz tumanidagi shirkat xoʻjaliklarining birida mexanizator sifatida boshlangan. Keyinchalik yaʼni 1985-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatining 214-mashinalashgan temir yoʻl stansiyasida yoʻlchi sifatida ish boshlaydi. Bir qator temir yoʻl sohasidagi qurilish loyihalarida xususan Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon qurilishida ishtirok etgan.
2001-yilda „Mehnat shuhrati ordeni“, 2006-yili esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.
Oilasi Oilali. Turmush oʻrtogʻi – Oydin Joʻrayeva. Toʻrt nafar farzandi bor. Oʻgʻli – Ismatulla Ilyasov otasi faoliyat yuritgan Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatining 214-mashinalashgan temir yoʻl stansiyasida ishlaydi. Mukofotlari 1. 2001-yil – „Mehnat shuhrati ordeni“,
2. 2006-yil – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqimizning bebaho madaniy-maʼnaviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni. Yana qarang Oʻzbekiston Qahramonlarining roʻyxati Adabiyotlar
Manbalar