Muhammad ibn Said ibn Xalfan al-Mamariy – Ummon Sultonligi Vaqflar va diniy ishlar vaziri. 2022-yil 16-iyunda vazir etib tayinlangan.
Taʼlimi Al-Mamariy Buyuk Britaniya va Germaniya universitetlarida taʼlim olgan boʻlib, islomshunoslik boʻyicha doktorlik darajasini olgan.
Karyerasi Al-Mamariy Vaqflar va diniy ishlar vaziri idorasining maslahatchisi va Ummon bagʻrikenglik loyihasi direktori boʻlgan.
2020-yil 12-avgust kuni Vaqflar va diniy ishlar vazirligining maslahatchisi etib tayinlangan.
2022-yil 16-iyundan bugungi kunga qadar Vaqflar va diniy ishlar vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ummonlik shaxslarga oid chala maqolalar