Al-Mataaiya, shuningdek al-Mutaʼiya yoki Mataeiye () deb ham talaffuz qilinadi, janubiy Suriyadagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasiga qarashli boʻlib, Daraadan shimoli-sharqda va Busrodan gʻarbda joylashgan. Yaqin atrofdagi joylar sharqda Nasib, shimoli-gʻarbda at-Taybe, shimolda al-Jiza, shimoli-sharqda Gʻasm, sharqda Busro va janubi-gʻarbda Iordaniyaning Sama as-Sirxon qishlogʻi kabilar. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Al-Mataaiya aholisi 2,744 kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. .
Tarixi Al-Mataaiya 19-asrda Usmoniylar hukmronligi davrida xirba (xarob qishloq) boʻlgan. Biroq, oʻsha asrning ikkinchi yarmida al-Mataaiyani ham oʻz ichiga olgan Havron mintaqasida gʻalla yetishtirish va xavfsizlik qayta tiklangan. 1892-yilda mahalliy tadbirkor shayx Xuntush oʻsha paytda tashlandiq boʻlgan qishloqni 1000 turk oltin lirasiga sotib olgan. Keyin u dehqonlarni al-Mataiyaga koʻchirib, qurgʻoqchil qishloq ichida yomgʻir suvini yigʻish uchun sardobalar qurgan. 1895 yilda 150 ga yaqin aholi yashagan qishloqqa Shayx Xuntush yana dehqonlar olib kelishga qaror qilgan. 1905-yilda aholi soni 200 kishiga yetgan. 1890-yillarda baʼzi odamlar al-Mataiyadan 7 kilometr janubi-gʻarbda joylashgan Sama qishlogʻini ham tiklagan .
Manbalar
Turkum:Usmoniylar Suriyasida 1892-yilda tashkil etilganlar Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari Turkum:Suriya aholi punktlari Turkum:Daraa muhofazasi aholi punktlari