Major League Soccer (MLS) – AQSh futbol Federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladigan professional futbol ligasi, bu AQSh futbolining eng yuqori divizioni hisoblanadi. 2023-yilgi mavsumdan boshlab ligada jami 29 jamoa – 26 ta AQSh va 3 ta Kanada klublari ishtirok etmoqda. MLSning bosh qarorgohi Manhattan shahrida joylashgan.

MLSning 1968-yildan 1984-yilgacha mavjud boʻlgan North American Soccer Leaguening(NASL) davomi hisoblanadi. MLS 1993-yilda AQSh 1994 yilgi FIFA Jahon chempionatida mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritganidan soʻng ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bir qismi sifatida tashkil etilgan.

Liganing dastlabki mavsumi 1996-yilda oʻn jamoa bilan oʻtkazilgan. MLS oʻzining dastlabki bir necha mavsumida koʻplab moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi, hattoki millionlab dollor mablagʻ yoʻqotildi. Shundan soʻng koʻplab jahon standartidagi stafionlarning qurulishi, ligaga Devid Beckham kabi yulduzli futbolchilarning jalb etilishi Desiginated Player Rule qoidasining joriy qilinishi koʻplab homiylarni jalb qildi va nufuzli televizion kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi.

2022-yilda muhlislarning bir oʻyinga oʻrtacha tashrifi boʻyicha MLS 21,000dan ziyod natijani qayd etdi va bu bilan AQSh va Kanada professional sport ligalari orasida toʻrtinchi deb topildi. Bu koʻrsatkich borasida National Football League (NFL), Major League Basketball (MBL) va Canadian Football League (CFL) MLSdan oldingi oʻrinlarni egallashdi. MLS 2018-yilda muxlislar tashrifi boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni zabt etdi.

MLSdagi muntazam mavsum fevral oxiri yoki mart oyining boshlarida boshlanadi va oktyabrning oʻrtalariga qadar davom etadi, har bir jamoa 34tadan oʻyin oʻtkazishadi; eng yaxshi koʻrsatkichga ega jamoa Supporters' Shield kubogi bilan taqdirlanadi. Muntazam mavsum yakunlangach oʻn sakkiz jamoa oktyabr va noyabr oylarida MLS Cup Playoffsda bahslashishadi, yakunda gʻolib jamoa MLS Cupni qoʻlga kiritadi.

LA Galaxy MLS Cupning besh karra sohibi boʻlib bu borada yetakchilik qilmoqda. Supporters' Shields gʻoliblig borasida ular D. C. United bilan teng koʻrsatkichga ega, yaʼni har birida toʻrttadan. Amaldagi chempion esa Columbus Crew klubi boʻlib oʻtgan mavsum finalida ular Los Angeles FCni 2-1 hisobida magʻlub etishgan.

Jamoalar Major League Soccerda 29 ta jamoa Sharqiy va Gʻarbiy konferensiyalarga boʻlingan holda bahslashishadi. MLS 2005-yildan buyon muntazam ravishda kengayib bormoqda, turnirga soʻnggi boʻlib 2023-yilgi mavsumda Sent-Louis city SC qoʻshildi. San Diego FC esa ligaga 2025-yilda qoʻshilishi rejalashtirilgan.

MLSda mahalliy ligalar orasida eng uzoq masofa bosib oʻtadigan jamoalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarga ham ega. Vacouver Whitecaps FC va Inter Miami Inter Miami CF jamolari uy maydonlari orasidagi masofa 2,801 mil (4.508 km). 2018-yilgi muntazam mavsumdavomida eng qisqa masofani bosib oʻtgan jamoa Toronto FC boʻlib, uning bosob oʻtgan yoʻli 25,891 mil (41,668 km) ga teng boʻlgan, eng uzoq masofani esa Vancouver bosib oʻtgan, yaʼni 51,178 mil (82,363 km). +MLS jamoalari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotKonferensiyaTumanJoylash joyiStadionSigʻimiQoʻshilgan yiliSharqiyAtlanta United FCAtlanta, GerorgiaMercedes-Benz stadioni45,0022017Charlotte FCCharlotte, Shimoliy KarolinaBank of America Stadium38,0002022Chicago Fire FCChikago, IllinoysSoldier Field24,9951998FC CincinnatiCincinnati, OgayoTQL Stadium26,0002019Columbus CrewColumbus, OgayoLower.com Field20,3711996D. C. UnitedVashington, D. C.Audi Field20,0001996Inter Miami CFFort Lauderdale, FloridaChase Stadium21,5502020CF MontréalMonreal, KvebekSaputo Stadium19,6192012Nashville SCNashville, TennesseeGeodis Park30,0002020New England RevolutionFoxborough, MassachusetsGillette Stadium20,0001996New York city FCNyu-York shahri, Nyu-Yorkyankee Stadium30,32122015New York Red BullsHarrison, Nyu-JerseyRed Bull Arena25,0001996Orlando City SCOrlando, FloridaInter&Co Stadium25,5002015Philadelphia UnionChester, PensylvaniaSubaru Park18,5002010Toronto FCToronto, OntariyoBMO Field28,3512007GʻarbiyAustin FCOstin, TexasQ2 Stadium20,7382021Colorado RapidsCommerce City, ColoradoDick’s Sporting Goods Park18,0611996FC DallasFrisco, TexasToyota Stadium19,0961996Houston Dynamo FCHyuston, TexasShell Energy Stadium22,0392006Sporting Kansas CityKansas city, KansasChildrenʼs Mercy Park18,4671996LA GalaxyKarson, KaliforniyaDignity Health Sport Park27,0001996Los Angeles FCLos-Anjeles, KaliforniyaBMO Stadium22,0002018Minnesota United FCSaint Poul, MinnesotaAllianz Field19,4002017Portland TimbersPortland, OregonProvidence Park25,2182011Real Salt LakeSandy, UtahAmerica First Field20,2132005San Jose EarthquakesSan Jose, CaliforniaPayPal Park18,0001996Seattle Sounders FCSeattle, VashingtonLumen Field37,7222009Sent-Luis city SCSaint Louis, MissouriCityPark22,4232023Vancouver WhitecapsVancouver, Britaniya KolumbiyasiBC Place22,1202011

Tarixi Major League Soccer – bu AQSh va Kanadada tashkil etilgan erkaklar uchun eng yirik professional futbol ligasi. MLS 1968-yildan 1984-yilgacha mavjud boʻlgan North American Soccer League (NASL)ning davomi. AQShda NASL tashkil etilgunga qadar FIFA tomonidan qoʻllangan sanksiyalar sabab AQShda rasmiy yuqori divizion yoʻq edi. Ushbu liga 70-yillarning oʻrtalariga qadar koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi, keyinchalik New York Cosmos klubi Pelé va Franz Beckenbauer kabi superyulduzlarni ligaga jalb qila boshladi. Ularning ortidan Johan Cruyff, Gerd Müller, Eusébio, Bobby Moore va George Best kabi boshqa taniqli yulduzlar ham MLS klublari bilan shartnoma imzolay boshladi. Buning ortidan muhlislar tashrifi sezilarli darajada oshib, hattoki baʼzi oʻyinlarga 70,000 dan oshiq muxlislar ham tashrif buyuradi. Biroq 80-yillarning boshidagi iqtisodiy inqiroz futbolga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi va natijada 1984-yilgi mavsum NASL nolidagi oxirgi turnir boʻldi.

Chempionlar 2023-yilgi mavsumda jami 32 ta turli klublar ligada ishtirok etmoqda, ularning 15 tasi kamida bir MLS Cupni, 16 tasi kamida bir marotaba Supporters' Shieldni qoʻlga kiritgan. Faqatgina sakkiz mavsumda ikkala kubokni ham bir xil jamoa qoʻlga kiritgan. +MLS Cup Supporters' ShieldJamoaMLS CupGʻolib boʻlgan yillarSupporters' ShieldsGʻolib boʻlgan yillarJami kuboklarJami ishtirok etgan mavsumlariLA Galaxy52002, 2005, 2011, 2012, 201441998, 2002, 2010, 2011928D. C. United41996, 1997, 1999, 200441997, 1999, 2006, 2007828Columbus Crew32008, 2020, 202332004, 2008, 2009628San Jose Earthquakes22001, 200322005, 2012426Sporting Kansas City22000, 201312000328Seattle Sounders FC22016, 201912014315Houston Dynamo FC22006, 20070 -218Los Angeles FC1202222019, 202236Chicago Fire FC1199812003226Toronto FC1201712017217Real Salt Lake120090 -119Colorado Rapids120100 -128Portland Timbers120150 -113Atlanta United FC120180 -17Nyu York City FC120210 -19New York Red Bulls0 -32013, 2015, 2018328Tampa Bay Mutiny0 -1199616Miami Fusion0 -1200114FC Dallas0 -12016128Philadelphia Union0 -12020114New England Revolution0 -12021128FC Cincinnati0 -1202315

Transferlar thumb|Devid Beckham 2007-yil LA Galaxy safida 2016-yilda MLS oʻyinchilarining oʻrtacha ish haqi 373,094 dollarni tashkil qilgan, bu Angliya ikkinchi divizioni EFL Chempionship (2015-yilda 420,000 dollar), Eredivisie (445 000 dollar) yoki Meksikaning yuqori divizioni Liga MX (418 000 dollar)dagi oʻrtachalik ish haqilardan ham kamroq edi. Ligadagi eng kam maosh oladigan futbolchilarning maoshi 2017-yilda 65,000 dollargacha oshirilgan.

MLSdagi futbolchilarning ish haqi 1996-yilda kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra cheklangan. Bundan maqsad jamoa aʼzolarining maoshlariga sarflanadigan ortiqcha harajatlarni oldini olish boʻlgan. Ushbu cheklovlar 2017-yilda bir jamoa uchun 3,845 million dolllar qilib belgilangan. Har bir jamoa oʻzning asosiy jamoasi roʻyxatiga 30 nafargacha oʻyinchini kiritishiga ruxsat etiladi.

MLSda ikkita transfer oynasi mavjud. Birinchisi asosiy transfer oynasi boʻlib fevral oyining oʻrtalaridan may oʻrtalariga qadar uch oy davom etadi, ikkinchisi esa iyul oyining boshidan avgustning boshlarigacha bir oy davom etadi. MLS klubi biror futbolchisini chet el klubiga sotganida, klub va liga tushgan pulni futbolchining darajasiga qarab boʻlishib oladi, klub tushumning 33% dan 75% gachasini oʻzida saqlab qolishi mumkin. 2015-yildagi maʼlumotlarga MLS oʻyinchilarining 49% foizi AQSh va Kanadan tashqarida tugʻilgan va 58 mamlakatdan futbolchilar toʻp surmoqda.

Stadionlar right|thumb|Columbus Crew jamoasining asosiy stadioni Historic Crew Stadium 1999-yilgi mavsumdan buyon 12ta stadion qaytadan rekonstruksiya qilingan va alohida futbol oʻyini uchun moslangan. Bundan maqsad koʻproq futbol muxlislarini jalb qilish va ularga qulayliklar yaratish ediThe New York Times, „M. L. S. Continues to Bolster Growing Brand With New Stadium in Houston“ , May 12, 2012..

Bu ishni birinchi boʻlib Columbus Crew jamoasi egasi Lamar Hunt 1999-yilda Columbus Crew Stadiumni rekonstruksiya qilish orqali futbolga ixtisoslashtirilgan stadionlar qurishni boshlab berdi.

Manbalar

Turkum:Major League Soccer