Ilmira Rahimjanova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Aktrisaga 1997-2000-yillarda suratga olingan Sharof Boshbekovning „Charxpalak“ teleserialidagi „Loʻli Maryam“ obrazi katta shuhrat olib kelgan.
Ilmira Rahimjonova Toshkent shahridagi Madaniyat texnikumini tamomlagan. 1990-1994-yillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi „Gulyor“ folklor etnografik xalq ansamblida baletmeyster boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida tahsil olgan.
1994-2005-yillarda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining xor artisti boʻlib ishlagan.
2005-2016-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor yordamchisi boʻlib ish boshlaydi. Rejissor va senarist Sobir Nazarmuhammedov shogird boʻlib, rejissorning yordamchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu paytda Rustam Sa’diyevning „Muhabbat sinovlari“ (birinchi va ikkinchi qismlari), „Nahotki sen“ filmlarida, Bahrom Yoqubovning „Sarvinoz“, „Fotima va Zuhra“ badiiy filmlarida rejissor yordamchi sifatida ijod qiladi. Muzrob Boymurodovning „Qonli olishuv“ (2003), Umid Hamdaomovning „Shunqorlar“, Farhod Xudoyberganovning „Barakasini bersin“ badiiy filmlarida ishlaydi.
Ilmira Rahimjonova 2002-yil „Yoshlar“ telekanalidagi „Askar maktublari“ koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ish boshlagan.
2016-2017-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida aktrisa sifatida faoliyat koʻrsatadi.
2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respiblikasi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazi qoshidagi „Turon“ davlat harbiy teatri akrisasi. Aktrisa Husniya rolini ijro etgan „Faridaning ikki ming qoʻshigʻi“ filmi 94-Academy Awards, Oscar taqdimotida Oʻzbekiston nomidan „Eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyasida qatnashgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi +FilmlardaYilSarlavhaRolIzoh2000ChayongulGuliDrama2003Muhabbat sinovlariBank xodimasiMelodrama2004DevonaPochtachiDrama2005Fotima va ZuxraDetektiv2007ZabarjadZabarjadDrama2007Soʻginch sohiliMaryamDrama2008Iblis devoriOfatDrama2008OydinovZeboDrama2010FarishtaDilhushDrama2010Narigi sohildagi bolalikDrama2010"Ona" qisqa metrajli filmMushtarakDrama2020Faridaning ikki ming qoʻshigʻiHusniyaDrama +SeriallardaYilSarlavhaRolIzoh1997-2000CharxpalakLoʻli Maryam2019Ojiza2019Malak2020Muhabbat liboslari2020Chegaradagi qishloq +TeatrlardaYilSarlavhaRol2006ToʻmarisToʻmaris2006Chiston2018Sarvqomat dilbarim2019Oʻlan 2024Omon boʻlsang unutma2024Qizil olma2025OtaShafiqa Veliyeva2025Oyanda-da go'zaldirOna2025Taq-taq-taq, eshigingni och, qizaloq!2025Chag'alay
Manbalar