Muhterem Nur (Aysel Muhterem Kısa; 1932-yil 31-dekabr – 2020-yil 20-mart) – turk kino aktrisasi va pop musiqa xonandasi.

Hayoti U Aysel Kısa ismi bilan 1932-yil 31-dekabrda , Yugoslaviya Qirolligi Vardar Banovina shahri Bitola () shaharchasida tugʻilgan. Aysel tugʻilganda 16 yoshli onasidan ayrilgan va otasi haqida hech narsa bilmagan. U „ona“ deb atagan xolasi tomonidan tarbiyalangan. Yugoslaviya rejimining assimilyatsiya guruhi qoidalari sabab, uning ismi „Olga“ deb oʻzgartirilgan. Yugoslaviyadagi barcha etnik turklar va boshqa musulmonlar nasroniy ismlarini qabul qilishga va barcha musulmon urf-odatlaridan voz kechishga majbur boʻlishgan.

U goʻdakligida oila aʼzolari bilan Turkiyaga koʻchib keladi va Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Tekirdağga joylashadi. Keyinchalik, moliyaviy muammolar tufayli oila 1942-yilda Eyüp tumanidagi kichik bir uyda yashash uchun Istanbulga koʻchib oʻtadi.

Turkiya hukumati tomonidan chiqarilgan yangi shaxsiy guvohnomada uning ismi Aysel Muhterem Kısa boʻlib qayd etiladi. U bolaligini Eyüp shahrida oʻtkazgan, u yerda boshlangʻich maktabda oʻqigan. Maktabni tugatgach, u fabrikada ishlay boshlaydi. Keyin u tasodifan taniqli ayol xonanda va oʻsha davrning eng yirik kino ishlab chiqaruvchi kompaniya – Halk Filmning hamkori Suzan Yakar Rutkay bilan tanishib qoladi. U Muhterem Nurning kinoga qadam qoʻyishiga yordam beradi.

1961-yilda Muhterem Nur jurnalist va aktyor Ishin Kaanga (1937–1992) turmushga chiqdi. Biroq ular 1963-yilda ajrashdi. U kino rejissyorlari Memduh Un va Umit Utku, aktyorlar Yilmaz Duru, aktyorlar Cihat Aşkin va Efkan Efekan kabi mashhurlar bilan uchrashgan.

Kısa 1982-yilda oʻsha davrdagi isteʼdodli xalq qoʻshiqchisi Muslum Gurses (1953–2013) bilan Malatyadagi gastrol safari chogʻida tanishib qoladi va u bilan birga sahnaga chiqadi. Birinchi kechada ular janjallashib qolishadi. Bu ikkalasi oʻrtasidagi abadiy chuqur sevgining boshlanishiga sabab boʻldi. Er-xotin 1986-yil 5-mayda toʻrt yil birga yashaganidan soʻng, yakka tartibda turmush qurishdi. Uning turmush oʻrtogʻi 2012-yil noyabr oyida yurak koronar arteriyani aylanib oʻtish jarrohligidan soʻng, 2013-yil 3-martda vafot etdi.

Muhterem Nur 2020-yil 20-mart kuni İstinye davlat kasalxonasida vafot etdi.

Faoliyati Muhterem Nur birinchi marta 1951-yilda suratga olingan Yulduzlar revüsü filmida fon aktrisasi sifatida debyut qilgan. U fabrikada olganidan besh baravar koʻp pul ishlab, qoʻshimcha sifatida filmlarga suratga tushishni davom ettirdi. U 1958-yilda koʻzi ojiz qizni tasvirlagan Uch Arkadaş filmida bosh rolni oʻynagunga qadar yigirmadan ortiq filmlarda ikkinchi darajali aktrisa sifatida rol ijro etgan. Rejissyor Memduh Ün tomonidan suratga olingan va muvaffaqiyatli boʻlgan filmda u Fikret Hakan (1934-yilda tugʻilgan) bilan bosh rolni ijro etdi. Goʻdak kabi chehrasi va sodda aktyorlik mahorati tufayli, u tezda kino muxlislari qalbidan joy oldi va zinapoyalardan juda tez koʻtarildi.

Muhterem Nur qisqa vaqt ichida bosh roldagi aktrisa darajasiga koʻtarilib, koʻplab filmlarda rol oʻynagan boʻlsa-da, 1965-1967-yillar oraligʻida kino davrning oʻzgarishi sababli, kinoda davom etishda qiyinchiliklarga duch keldi. 1965-yilda u raqsga tushishni boshladi va 1967-yildan boshlab, past baholi musiqa zallarida xonanda sifatida sahnaga chiqdi. U 1967-yilda toʻlanmagan toʻlovlar uchun oʻn kunga qamaldi. Aktrisa bir marta, 1972-yilda shu qadar kambagʻal boʻlganini, hatto simit ham sotib ololmaganini tan oldi.

Muhterem Nur kinoga qaytadi va 2002-yilgacha filmlarda kam rol ijro etadi. Aktrisa turk kinosining birinchi haqiqiy yulduzi sanaladi. U burjuaziya ayoli rolidan chetga chiqib, eʼtibordan chetda qolgan va kamsitilgan ayolni tasvirlagan. U har bir roli bilan tomoshabinlarni yigʻlata oladigan darajada kuchli aktyorlik mahoratiga ega boʻlgan. Garchi, hujjatlarda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, aktrisa 1950 va 1960-yillarda suratga olingan filmlarining yuqori darajada kassabopligi tufayli, turk kinosining eng muhim ayol obrazlaridan biriga aylandi.

Ijodiyoti

Televizion seriallar Yuva (1990) Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (1985) Denizin Kanı (1978)

Televizion filmlar Bir Akıllı Bir Deli (2002) Kuşlu Çorap (1988)

Kinofilmlar

Source:

Manbalar

Havolalar