Up All Night – ingliz-irland guruhi One Directionning debyut albomi boʻlib, 2011-yil noyabr oyida Irlandiya va Buyuk Britaniyada Syco Records bilan hamkorlikda chiqarilgan va boshqa mamlakatlarda 2012-yil davomida namoyish etilgan. 2010-yilning dekabr oyida Britaniya shousi „The X factor“ning yettinchi mavsumida uchinchi oʻrinni olgandan toʻrt oy oʻtib One Direction Shvetsiya, Buyuk Britaniya va AQShda turli prodyuserlar bilan hamkorlikda albomni yozishni boshlashgan.

Albom musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy tarzda kutib olindi. Albom UK Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi va 2011-yilning eng tez sotilgan debyut albomi deb topildi. Up All Night 176,000 nusxada sotilgan holda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Billboard 200 chartni ham birinchi oʻrinda boshladi. Up All Night guruhning birinchi albomi boʻlishiga qaramasdan jahon miqyosida koʻplab muvaffaqiyatlarga erishdi, jumladan oʻn olti mamlakatning chartlarida yetakchilik qildi. International Fedration of the Phonographic Industry (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, Up All Night 2012-yilning uchinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻlib, butun dunyo boʻylab 4,5 million nusxada sotilgan.

One Directionning 2012-yildagi ikki albomi AQShda yilning eng yaxshi sotuvlarga ega boʻlgan besh albomi orasiga kiritldi; Up All Night uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa va ikkinchi studiya albomi Take Me Home beshinchi oʻrinni egallaydi. Albom chiqarilganidan soʻng koʻplab televizion shoular va mukofotlarda shuhrat qozona boshlaydi, bular orasida hattoki 2012-yilgi MTV Video Music Awards ham bor.

Yaratilish tarixi 2010 yilda „The X Factor“dagi muvaffaqiyatidan keyin Simon Cowell taklifi bilan One Direction Syco Music bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzolaydi. Ular 2011-yil yanvarda debyut albomini yozishni marokash-shvet prodyuseri RedOne bilan birgalikda Los-Anjelesda boshlaydi. 2011-yil fevral oyida One Direction „The X Factor“ning boshqa toʻqqiz nafar ishtirokchi X Factor Live Tourida ishtirok etishi lozim edi. Biroq tur bekor qilingandan keyin guruh albom yozishni davom ettiradi. Albom yozish ishlari Shvetsiya, AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida boʻlib oʻtadi va guruh bu yerlarda prodyuserlar Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac, RedOne, Toby Gad va Rami Yacoub bilan hamkorlik qiladi. Albumda shuningdek Ed Sheeran, Kelly Clarkson va Tom Fletcher tomonidan yozilgan qoʻshiqlar mavjud. right|thumb|270x270px|One Direction Sidney shahrida Up All Night turi davomida

Turlari One Directionning birinchi tur konserti „Up All Night Tour“ haqida rasman 2011-yilning 27-sentyabr kuni eʼlon qilindi. Tur 2011-yil 18-dekabrda Angliyaning Watford shahrida boshlandi va 2012-yilning 26-yanvarida Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida yakunlandi. Ushbu tur juda katta shov-shuvlarga sabab boʻldi va baʼzi chiptalar hattoki 10 soniyada sotib boʻlindi. 2012-yil fevral oyida One Direction Australiyada boʻladigan tur sanalarini eʼlon qildi va shu qatorda boriladigan shaharlarning roʻyxati ham maʼlum qiladi. Tur davomida ular Sidney, Brisbane, Melburn, Auckland va Wellington shaharlariga tashrif buyuradi. 2012-yil 21-mart kuni One Direction turning Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkaziladigan turining rasmiy maʼlumotlarini eʼlon qiladi. Tur 24-may kuni boshlanadi va 26ta konsertni oʻz ichiga oladi.

Singllar left|thumb|215x215px|One Direction Up All Night Tour davomida „One Thing“ qoʻshigʻini ijro etmoqda Up All Night oʻz ichiga toʻrtta singlni oladi. Dastlabki singl „What Makes You Beautiful“ 2011-yil sentyabr oyida chiqarilgan va darhol UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egallagan. Sony Music maʼlumotlariga koʻra u dastlabki haftaning oʻzida 153,965 nusxada sotilgan. Singl shuningdek Irlandiya va Shotlandiya singllar chartida birinchi, Avstraliya va Yangi Zelandiya singllar charti, Flamish Ultratop 50, Canadian Hot 100, Japan Hot 100 va Qoʻshma Shtatlardagi Billboard Hot 100da oʻntalikdan joy egalladi. AQShda singl 1998-yildan beri britaniyalik gruhlar qoʻshiqlari orasida Billboard Hot 100 chartini eng yuqori koʻrsatkich bilan boshlagan guruhga aylandi. Yaʼni ushbu chartda toʻrtinchi natijani qayd etdi. 2012-yilda AQShda ushbu qoʻshiq 3,881 ming nusxa sotilgan va bu bilan yigitlardan iborat guruhlar orasidagi tarixdagi eng yaxshi natija qayd etgan guruhga aylangan. Dunyo boʻylab 5 milliondan ortiq nusxada sotilgani bilan eng yaxshi koʻrsatkichga ega singllar qatorida hisoblanadi. 2012-yilda eng yaxshi britan singli deb topilgan holda qoʻshiq BRIT Awards mukofotini qoʻlga kiritgan.

„Gotta Be You“ 2011-yil noyabr oyida Irlandiya va Buyuk Britaniyada albomning ikkinchi singli sifatida chiqarildi. Ushbu singl Irlandiya va Buyuk Britaniya singllar chart uchinchi oʻrinni egalladi. „One Thing“ 6-yanvar 2012-yilda Yevropa mamlakatlarida ikkinchi va Buyuk Britaniyada esa 13-fevralda uchinchi singl sifatida chiqarildi. Singl Irlandiya va Buyuk Britaniyada chartlarida mos ravishda oltinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni zabt etdi. „One Thing“ 2012-yil avgust oyidagi maʼlumotga koʻra One Directionning Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan ikkinchi albomi boʻldi va jami 154,000 nusxada sotildi. Ushbu qoʻshiq 21-sentyabrda Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan platina sertifikatini olgan. „More than This“ esa 2012-yil may oyida Sony Music Australia bilan hamkorlikda toʻrtinchi singl sifatida chiqariladi.

Treklist

Manbalar

Havolalar

Upp All Night Metakritikda Turkum:One Direction albomlari Turkum:2011-yil albomlari