Jordan Ashley Femi Ibe (/ˈaɪb/ deb ham ataladi. 1995-yil 8-dekabrda tugʻilgan) Angliya Milliy ligasidagi Ebbsfleet United klubida toʻp surgan angliyalik professional qanot futbolchi boʻlgan. Ibe 15 yoshda Futbol ligasidagi Wycombe Wanderers yoshlar koʻrik tanlovidan oʻtganidan soʻng, Ibe 2012-yilda Liverpul futbol klubiga kelib qoʻshilgan. U 2013-yil shuningdek, 2014-yillarda Chempionatdagi Birmingham Sitida, 2014 va 2015-yillarda esa Derby County klublarida ijara asosida toʻp surgan. 2016-yilda Ibe Premer-ligadagi AFC Bournemouthda oʻsha paytdagi klub rekordi boʻlgan 15 million funt evaziga shartnoma tuzgan va 2020-yilda klubni tark etgan. U 2020 – 2021-yilgi mavsumlarni Derby County klubida oʻtkazgan, lekin kam oʻyin oʻtkaqzgani sababli, 2022-yil yanvar oyida Adanaspor klubida toʻp sura boshlagan. 2023-yil oktyabr oyida, yaʼni oradan bir yil oʻtgach, Ibe Milliy ligadagi klub Ebbsfleet United safiga qoʻshildi. 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Angliya yoshlari bilan Jahon Chempionatda ishtirok etgan. 2011-yil 20-dekabr kuni Premier liga klubi Liverpul 16 yoshli Ibe bilan shartnoma imzoladi. Ibe birinchi marta klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp sura boshladi. Ibe 2013-yil 16-mart kuni toʻliq oʻyin amaliyot vadasi bilan Sautempton klubiga chaqirilgan, ammo yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan. Ikki oydan soʻng Ibe Premier Leaguedgi soʻnggi oʻyinida oʻz debyutini qildi. Shunda Ibe Queens Park Rangers ga qarshi oʻyinda Filipp Koutinhoga oʻyinning yagona golini urish uchun vaziyat yaratib berdi. U 63-daqiqada jamoadoshi Fabio Borini bilan almashtirildi. left|thumb|Ibe 2013-yilda 2013-14 yilgi mavsum uchun, Ibe Jonjo Shelvey tomonidan boʻshatilgan 33 raqamida harakat qildi. Ibe mavsumning birinchi turini 27 avgust kuni oʻynagan boʻlib, Notts County klubini 4-2 bilan magʻlub qilgan. 2014-yil 8-fevral kuni Ibe Premier Leaguedagi ikkinchi oʻyinini oʻynagan. U 76 daqiqa maydonda harakat qilib, uning jamoasi Arsenal klubi ustidan 5-1 gʻalaba qozongan. 2014-yilning 21-fevralida Ibe Chempionship klub Birmingham Sitiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. Ibe 11 ta oʻyinda maydonga tushib, „Millwalll“ stadionida 3:2 hisobidagi gʻalabada 20 yard (18 m) masofadan birinchi golni urgan va mavsumning soʻnggi kunida Pol Kaddisning golida ishtirok etgan, shu sababli uning jamoasi 2:2 hisobidagi durrangga erishdi. 2012-yil 24-oktabrda Ibe 18 yoshdan kichik yoshdagilar milliy jamoasida debyut oʻyinini oʻttkazdi. Italiyaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ibe 69 daqiqa oʻynadi. 2013-yil 5-sentabr kuni Ibe Estoniyaga qarshi 6-1 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda Angliyalik 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasidaga eng yaxshi futbolchi deb topildi. Ibening jamoasi 2014-yilgi Yevropa Chempionatida Montenegro 19 yoshlilariga qarshi 6-0 gʻalaba qozonib, Ibe uchta gol urib hat-trickka erishdi. 2014-15 mavsumida Ibe birinchi marta 20 yoshdan kichikroq boʻlgan Angliya jamoasiga oʻynagan va Ruminiya qarshi 6-0 gʻalaba qozongan oʻyinda 90 daqiqa maydonda toʻp surgan.
2015-yil avgust oyida Ibe birinchi marta 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoaga chaqirildi. Liverpulning sobiq murabbiyi Brendan Rodgers Ibeni „aqlli futbol uslubiga ega boʻlgan yorqin futbolchi“ deb taʼriflagan. Ibe qanotda, himoyada yoki hujumda oʻynaydigan futbolchi sifatida maydonda toʻp sura olgan. Derby Countyda ijarada oʻynab yurgan davrlarda, Ibeni boshqargan Steve McClaren „oʻzini top qanot futbolchi sifatida tutadigan yorqin futbolchi“ ekanligini tan olgan. Ibe maydonda hayratomus ishlarga qodir ekanligi shu bilan birga, oʻzining aqlbovar qilmas driblinglari bilan ajralib turgan. 2019-yil dekabr oyida Ibe Bromley kafexonasidan Bentley Bentayga mashinasi bilan joʻnab ketgandan keyin, bir insonni urib yuborishiga sal qolganlikda shuningdek, mashinani ehtiyotsizlik bilan haydashda ayblangan. 2021-yil yanvar oyida Ibe depressiyadan aziyat chekayotganini va oʻzini „qorongʻu joyda“ his qilayotganlini ommaga eʼlon qilgan.
Manbalar
Havolalar
Profile Liverpool F.C. saytida
Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Wycombe Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Birmingham City F.C. futbolchilari Turkum:Derby County F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Adanaspor futbolchilari Turkum:Ebbsfleet United F.C. futbolchilari Turkum:Hayes & Yeading United F.C. futbolchilari Turkum:Hungerford Town F.C. futbolchilari Turkum:TFF Birinchi Liga futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar