Dominic Nathaniel Calvert-Lewin (16-mart 1997 – yilda tugʻilgan) – Angliyalik professional futbolchi, u Angliya Premyer-ligasi ishtirokchisi Leeds United jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Calvert-Lewin oʻz faoliyatini mahalliy jamoa Sheffield United boshlagan va 2014-yilning dekabr oyida Conference North jamoasi Stalybridge Celtic bilan katta debutini qildi. U 2015-16-yilgi mavsumning birinchi yarmini ikkinchi ligadagi Northampton Town F. C. jamoasida ijara asosida oʻynab oʻtkazdi va 2016-yil avgust oyida u 1,5 million funt evaziga Everton jamoasiga qoʻshildi. U Everton uchun 200 dan ortiq oʻyinoʻtkazdi va 50 dan ortiq gol urishga muvaffaq boʻldi.

Calvert-Lewin 2017 FIFA U-20 Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi bilan kubokni boshi uzra baland koʻtardi, final oʻyinida gʻalaba golini esa Calvert-Lewin urdi. U 2020-yil oktyabr oyida Angliya milliy jamoasida debyut qildi va keyinchalik Wembley Stadionida Uelsga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urdi.

Klubdagi faoliyati

Sheffield United Calvert-Lewin 2005-yil 28-aprel kuni Sheffield United klubining Sheffield United Yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. Sheffield United yoshlar jamoasida oʻzini koʻrsata olgandan soʻng u jamoa bilan 16 yoshida shartnoma imzoladi . Bu vaqtda u xujumkor yarimximoyachi sifatida toʻp surgan.

Calvert-Lewin oʻzining birinchi klubida zahira oʻrindigʻida oʻtirgan, 2014- yil 4-yanvar kuni FA Kubokining uchinchi raundida Aston Villa ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozondi . Bundan keyin u League Football Education tomonidan „The 11“ bilan mukofotlanadi.

2014-yil 24-dekabr kuni Calvert-Lewin Conference North jamoasi Stalybridge Celtic tomonidan ijaraga olindi , u yerda u markaziy xujumchi sifatida oʻynashni boshladi Magowan, Alistair (7 October 2020). . Ikki kundan soʻng u Hyde United ustidan 4-2 hisobida gʻalaba qozonib, debyut oʻyinidayoq raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi va 1-yanvar kuni javob ushrashuvida ham jamoa 7-1 hisobida gʻalaba qildi hamda bu oʻyinda ham u gol urishga erishdi. 2015-yil fevral oyining boshida Calvert-Lewin oʻz klubida besh marta gol urganidan soʻng, oʻz klubiga qaytdi .

2015-yil aprel oyida u Sheffield United bilan 2018-yil yozigacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi . Calvert-Lewin oʻzining profissional futboldagi debyutini 25-aprel kuni Liga 1 da oʻtkazdi va ushbu Leyton Orient bilan oʻtgan mehmondagi uchrashuvda 1-1 hisobidahi durang natija qayd etilad, Calvert-Lewin ushbu oʻyinda 66-daqiqada zahiradan maydonga tushadi„Dominic reaches new career milestone“. . 2014-15-yilgi mavsumining oxirida u ikki marta maydonga tushurildi. 2015-16- yilgi mavsumidan oldin klubning mavsumdan oldingi turida Calvert-Lewin 9-iyul kuni Ilkeston bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida gol uradi va oʻyin 1:0 hisobida yakunlanadi .

2015-yil 7-avgust kuni Calvert-Lewin Ikkinchi liga jamoasi hisoblangan Northampton Townga ijara asosida oʻtdi va u yerda hangar oyigacha faoliyatini olib bordi . Uning jamoadagi debyut oʻyini4 kundan keyin boʻlib oʻtdi, yani Blackpool jamoasiga qarshi 3-0 hisobidagi gʻalabada u ham gol kiritdi. Klubdagi ijara muddatini uzaytirishga rozi boʻlishiga qaramay, bu amalga oshmadi. U jamoani tark etayotgan payt klub bilan jami 26 ta oʻyin oʻynagan va barcha musobaqalarda sakkiz marta gol urgan .

Northampton Townda ijara muddati 2016-yil yanvar oyida tugashi bilan, Calvert-Lewin Sheffield Unitedda asosiy tarkibga qoʻshildi va 13-fevral kuni Doncaster Rovers ustidan 1-0 gʻalabasi bilan birinchi marta oʻyin oʻtkazdi.

Manbalar

Havolalar

Dominik Kalvert-Lewin Leeds United F.C. saytida Dominik Kalvert-Lewin Angliya futbol assotsiatsiyasi saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:Stalybridge Celtic F.C. futbolchilari Turkum:Northampton Town F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Milliy Futbol Ligasi (Angliya) futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari