Ivet Goranova (, 2000-yil 6-martda tugʻilgan) – bolgariyalik karatechi. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida, Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati Ayollar oʻrtasida kumite boʻyicha 55 kg vazn toifasida 2018-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida va 2019-yilda Ispaniyaning Gvadalaxara shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medallaridan birini, oʻsha yili Goranova Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kirigan. Finalda ukrainalik Anjelika Terliuga ustidan gʻalaba qozongan.
Goranova Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Olimpiya saralash turnirida Bolgariya nomidan qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan. 2021-yil noyabr oyida Goranova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan.
2022-yilda AQShning Birmingem shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ishtirok etgan. 2023-yilda Polshada boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Finalda ukrainalik Anjelika Terliugaga imkoniyatni boy bergan. Bir necha oy oʻtgach, Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 2023 yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan. thumb|250x250px
Yutuqlari Yil Musobaqa Oʻtkazilgan joy Daraja Tadbir 2018 Jahon chempionatlari Madrid, Ispaniya 3 Kumite 55kg 2019 Yevropa chempionati Gvadalaxara, Ispaniya 3 Kumite 55kg Yevropa oʻyinlari Minsk, Belarus 1 Kumite 55kg 2021 Yozgi Olimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 1 Kumite 55kg Jahon chempionatlari Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 3 Kumite 55kg 2022 Yevropa chempionati Gaziantep, Turkiya 2 Kumite 55kg 2023 Yevropa oʻyinlari Krakov va Malopolska, Polsha 2 Kumite 55kg Jahon chempionatlari Budapesht, Vengriya 2 Kumite 55kg
Mukofotlari
Bolgariyada yilning eng yaxshi sportchisi (2021)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar