thumb|275x275px| Belarusiyaning Grodno shahridagi Batori qal’asi.
Eski Grodno qalʼasi () – Belorussiyaning Grodno shahridagi Grodno Eski qalʼasi va Batori qalʼasi nomi bilan tanilgan qadimiy qasr. XXI asrda Kievlik Yaroslav mudriyning kenja oʻgʻlidan boʻlgan hukmdorlar sulolasining qarorgohi sifatida qurilgan.
Tarixi
Qurilishi Birinchi yogʻoch qalʼa XI asrda Neman va Gorodnichanka daryolarining qoʻshilish joyida qurilgan.
Qalʼaning XIII asrda qalʼada muhofaza uchun Kamyanyets minorasi qurilgan. Buyuk Vitovt qalʼani toshdan tikladi va 1391—1398-yillarda beshta gʻishtli gotika minoralarini qoʻshib, uni asosiy qarorgohlaridan biriga aylantirdi. Kasimir IV Jagiellon ham Litvaning rasmiy poytaxtidan koʻra Grodnoni afzal koʻrgan. Aynan oʻsha yerda unga Polsha toji taklif qilingan va u 1492-yilda vafot etgan.
Qalʼaning keyingi egasi Grodnoni Sharqiy Yevropadagi ulkan imperiyaning poytaxti sifatida koʻrgan Stefan Batoriy edi. U Shimoliy Italiya Uygʻonish davriga xos qalʼani oʻz qarorgohi bilan almashtirish uchun Parmalik Skotoni jalb qildi. Batoriy 1586-yilda Grodnoda vafot etdi. 1655-yilda rus-polsha urushi paytida qalʼa ruslar tomonidan vayron qilingan.
Qayta qurish Qalʼa 1673—1678-yillarda qirollik qarorgohini taʼmirlash uchun yetarli mablagʻ toʻplagan Kshishtof Zigmunt Pak tomonidan qayta tiklandi. Qayta tiklangan qalʼa Polsha qiroli Mixal Korybut Wiśniowiecki tomonidan Polsha-Litva Hamdoʻstligining har uchinchi Seymi uchun joy sifatida tanlangan. Qasr Buyuk Shimoliy urush paytida katta zarar koʻrdi, qirollik sudni Yangi Grodno qalʼasiga koʻchirishga majbur boʻldi.
Polsha boʻlingandan soʻng, qalʼa rus armiyasiga berildi va kazarmaga aylantirildi. Polsha hukumati elchilar palatasi va Seym zalini tikladi.
Yaqin tarix Hozirgi vaqtda qalʼa 200 000 dan ortiq eksponatlarni oʻz ichiga olgan tarixiy va arxeologik muzeyga aylantirilgan.
Eng oxirgi rekonstruksiya ishlari 2017-yilda boshlangan. Eski Grodno qalʼasini qayta tiklash vaqtida tarixiy qiyofasini yoʻqotganligi sababli tanqid qilindi. Masalan, markaziy darvozalar yonida zamonaviy elementlar qoʻshildi. Taʼmirladh vaqtida XVI asrda qurilgan ayrim devorlar buzib tashlangan.
Manbalar
Turkum:Belarusdagi qalʼalar Turkum:Qalʼalar