Ivan Šapina (1999-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik taekvondochi . Erkaklar oʻrtasidagi 87 kilogromm vazn toifasida ikki karra jahon chempionati sovrindori. Taekvondo boʻyicha ikki karra Yevropa chempioni.

Faoliyati 2019-yilda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida Šapina oʻrta vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining 87 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan.

Šapina 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Erkaklar oʻrtasidagi +80 kilogramm vazn toifasidagi musobaqada ishtirok etgan. Ikkinchi davrada xitoylik taekvondochi Sun Hongyiga magʻlub boʻlgan va olimpiadani tark etgan.

Jazoirning Oran shahrida oʻtkazilgan 2022-yilda boʻlib oʻtgan Oʻrta Yer dengizi oʻyinlarida taekvondoning 80+ kilogramm vazn toifasida musobaqada ishtirok etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan.

2023-yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatining oʻrta vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2023-yilning oktyabr oyida Xitoyning Tayyuan shahrida boʻlib oʻtgan Grand-pri turnirida 87 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Birinchi davrada eronlik Emami Mohammadi, ikkinchi davrada xitoylik Mingxuan Meng va uchinchi davrada Livanlik Rahyni magʻlub etgan. Yarim finalda Nikita Rafalovich bilan bahs olib borgan va raundlar boʻyicha 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

2024-yilning may oyida Ivan Šapina Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida qatnashgan. Mazkur musobaqada amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Ammo chempionlikni himoya qila olmagan. Dastlabki davradayoq norvegiyalik sportchiga magʻlub boʻlib, musobaqani tark etgan.

Manbalar

Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi tekvondochilari Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar