Miran Maričić (1997-yil, 17-iyun; Bjelovar, Xorvatiya) — xorvatiyalik sportchi. U sportning oʻq otish turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. Jahon chempionatining bronza medali sohibi. Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni va Yevropa chempionati sovrindori.
Tarjimai holi Miran Maričić 1997-yil 17-iyunda Xorvatiyaning Bjelovar shahrida tugʻilgan. Varaždindagi Zagreb universiteti (FOI)ning axborot texnologiyalari yoʻnalishida tahsil olmoqda.
Faoliyati Miran shaxsiy murabbiyi Damir Bošnjak boshchiligida „SD Bjelovar 1874“ oʻq otish klubi sharafini himoya qiladi. Miran Maričić 2017-yilda Suhlda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioniga aylangan. 2018-yilning 31-avgustidan 15-sentyabriga qadar Changvon shahrida oʻtkazilgan oʻq otish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi 2018-yilgi jahon chempionatida Maričić 10 metr masofada pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Maričić 2021-yilda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 10 metrga pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha musobaqaning saralash bosqichidan oʻta olmagan. Xuddi shu musobaqaning 50 metrda oʻtkazilgan saralash bahslarida uchinchi oʻrinni egallagan. Final bosqichida esa oltinchi oʻrinni egallagan.
Miran 2017-yilda koʻrsatgan ajoyib natijalari va sportni rivojlantirish qoʻshgan hissasi uchun sportchilarga beriladigan Dražen Petrović mukofotiga loyiq deb topilgan. 2017, 2018 va 2019-yillarda Bjelovar shahrining eng yaxshi sportchisi deb topilgan.
2024-yilning mart oyida oʻtkazilgan Xorvatiya kubogida Miran Maričić kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1- oʻrinni „Dalmacijacement“ oʻq otish sharafini himoya qilgan sportchi Josip Sikavica va 3-oʻrinni „Končar-Zagreb 1786“ klubi nomidan ishtirok etgan sportchi Borna Petanjek egallagan. Jamoaviy bahslarda esa Miran Maričić jamoadoshlari Matej Čavlović va Tin Đuranec bilan birgalikda 3-oʻrinni egallagan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Xorvatiya sportchilari Turkum:Xorvatiyada tugʻilganlar Turkum:Bjelovarda tugʻilganlar