Ivan Minatti (1924-yil 22-mart — 2012-yil 9-iyun) — sloveniyalik shoir, tarjimon va muharrir. Sheʼr yozishni Ikkinchi jahon urushidan oldin boshlagan.

Hayoti Ivan Minatti 1924-yilda Sloveniya shimoli-sharqidagi Slovenske Konjice shahrida tugʻilgan. Uning oilasi bolaligida avval Slovenj Gradecga, keyin esa Lyublyanaga koʻchib oʻtgan. U Lyublyanadagi gimnaziyani 1943-yilda tugatgan va keyin tibbiyot fanlari boʻyicha oʻqishga kirgan, lekin 1944-yilda partizanlar safiga qoʻshilgani sababli oʻqishni keyinga surgan. Urushdan keyin u Gimnaziyaning sanʼat fakultetida slavyanshunoslikni oʻrgangan. Ivan Minatti Lyublyana universitetini 1952-yilda tugatgan. U 1947-yildan 1984-yilga qadar Mladinska Knjiga nashriyotida muharrir boʻlib ishlagan. 1991-yilda Sloveniya fanlar va sanʼat akademiyasining doimiy aʼzosiga aylangan. U 88 yoshida vafot etgan va Lyublyanadagi Jaleda qabristoniga dafn etilgan.

Ijodi Minattining urush dahshatlari taʼsirida yozilgan sheʼrlari lirik boʻlib, zamonaviy davrdagi gʻamginlik bilan bogʻliq. Shoir Boris A.Novakning soʻzlariga koʻra, uning ijodi urushdan keyingi odatiy sheʼriyatdan tubdan farq qilib, oʻziga xoslikni anglatardi. Ivan Minatti XX asrning eng mashhur sloven shoirlaridan biri boʻlgan. Shoir va tarjimon Veno Taufer uni toshbagʻir va ayni paytda koʻngli boʻsh shoir sifatida tavsifladi va uning muvaffaqiyatini urushdan keyingi kommunistik Sloveniyadagi insoniy va ijtimoiy qaygʻularni ifodalash bilan bogʻlagan. Minatti sheʼrlari tabiatga ishoralari bilan mashhur. Shoir Siril Zlobekning soʻzlariga koʻra, u tabiatdan inson va uning hayoti uchun chuqur ramz va metafora manbai sifatida foydalangan.

Mukofotlari Minatti 1964-yilda „You Have to Love Somebody“ () sheʼriy toʻplami uchun Preseren jamgʻarmasi mukofotiga sazovor boʻlgan.

Toʻplamlari Off-Trail (, 1947) And the Spring Will Come (, 1955) You Have to Love Somebody (, 1963) The Wind Sings (, 1963) The Pain of the Unexperienced (, 1964) Poems (, 1971) The Face (, 1972) When I Am Silent and Good (, 1973) The Poems (, 1977) I Eavesdrop on the Silence Within Me (, 1984) Behind the Closed Eyelids: Chosen Poems (, 1999) Minatti — Chosen Lyrical Poetry (, 2004)

Manbalar

Turkum:Shoiralar