“Lola” — avstraliyalik rep ijrochisi Iggy Azalea tomonidan ijro etilgan qo‘shiq bo‘lib, u 2019-yilda chiqarilgan Wicked Lips nomli beshinchi mini-albomining (EP) yetakchi singli hisoblanadi. Qo‘shiq britaniyalik xonanda Alice Chater bilan hamkorlikda yozilgan bo‘lib, u ijrochining 2020-yilda chiqqan Aries nomli mini-albomiga ham kiritilgan.
Qo‘shiq Iggy Azaleaga tegishli bo‘lgan Bad Dreams Records leybli hamda Empire Distribution kompaniyasi tomonidan 2019-yil 8-noyabrda ommaga taqdim etilgan. Asarda “Mambo Italiano” qo‘shig‘idan namuna (sample) ishlatilgan..
Manbalar
Turkum:2019-yil qoʻshiqlari