Marisa Mell (haqiqiy ismi Marlies Theres Moitzi) (24-fevral 1939-yil, Grats — 16-may 1992-yil, Vena) — avstriyalik aktrisa. Femme fatale rollarini oʻygan. thumb|305x305px| Raffaella Carrà va Marisa Mell (1972)

Biografiyasi Marisa Mell Gratsda tugʻilib oʻsgan, bu yerda aktyorlik maktabida tahsil olgan. Keyin Marisa Venadagi Maks-Reynxardt seminariyasida tahsil oladi. Uni tugashidan oldin oʻziga Marisa Mell ismini oladi, sababi bu ismning eshitilishini yanada yoqimli va esda qolarli deb hisoblagan.

Shu bilan birga, shveytsariyalik Henri Tucciga turmushga chiqadi. Toʻrt yildan keyin ular ajralishadi.

1963-yilda Ken Russellning „French Dressing“ filmida bosh rolni oʻynashi unga mashhurlik keltiradi.

Oʻsha yili avtohalokatda Marisa yuzini shikastlaydi. Shundan soʻng ikki yil davomida bir nechta plastik operatsiyalarni oʻtkazishga majbur boʻlgan.

1968-yilda David Merrick va Vincente Minnelli tomonidan suratga olinga „Mata Hari“ nomli Gollivud myuziklida bosh rolni oʻynaydi . Biroq, film dastlabki premyerada muvaffaqiyatsiz deb topilib, katta ekranlarga chiqarilmaydi.

Shundan keyin Mell Rimga boradi va bu yerda Marcello Mastroianni va Antonio Sabato ishtirokidagi filmlarda kichik rollarni oʻynaydi. 1971-yilda Marisa Edgar Wallacening „Das Rätsel des silbernen Halbmonds“ romanlari asosida suratga olingan soʻnggi filmida rol oʻynaydi va bu film kam muvaffaqiyatga erishadi.

Marisaning yagona roli „femme fatale“ boʻlganligi sababli yoshi oshgani sari kamroq rollarga taklif qilina boshlangan. Moliyaviy ahvoli yomonlashshi sababli Venaga qaytishga majbur boʻladi, 1992-yilda 53 yoshida qiziloʻngach saratonidan vafot etadi.

Marisaning ishtirokidagi filmlar sovet va rus kinoprokatida chiqarilmagan. Filmografiyasi Venusberg (1963), French Dressing (1964), Masquerade (1965), Casanova 70 (1965), Secret Agent Super Dragon (1966), Anyone Can Play (1968), Marta (1971), Ben and Charlie (1972), Seven Blood-Stained Orchids (1972), Gang War in Milan (1973), Mahongy (1975), Casanova & Co. (1977), Mad Dog Killer (1977). Xotira 2000-yilda Venaning Liesing tumanidagi Marisa-Mell-Gasse koʻchasi uning nomi bilan atalgan. Manbalar

Adabiyotlar Erika Pluhar, Marisa: Rückblenden auf eine Freundschaft, Edel Elements, 1996, ISBN 978-3-95530-206-1. André Schneider, Die Feuerblume: Über Marisa Mell und ihre Filme, Berlino, Books on Demand, 2013, ISBN 978-3-7322-5325-8. Marisa Mell: Coverlove. Autobiographie. Graz/ Wien 1990 ISBN 3-900526-40-0 Kay Weniger: Das große Personenlexikon des Films. Die Schauspieler, Regisseure, Kameraleute, Produzenten, Komponisten, Drehbuchautoren, Filmarchitekten, Ausstatter, Kostümbildner, Cutter, Tontechniker, Maskenbildner und Special Effects Designer des 20. Jahrhunderts. Band 5: L — N. Rudolf Lettinger — Lloyd Nolan. Schwarzkopf & Schwarzkopf, Berlin 2001, ISBN 3-89602-340-3, S. 382 ff. Marisa Mell, storia e curiosità sull’attrice dalla vita turbolenta https://ricerca.repubblica.it/repubblica/archivio/repubblica/1992/05/17/morta-marisa-mell.html

Turkum:Venada vafot etganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:16-mayda vafot etganlar Turkum:1939-yilda tugʻilganlar Turkum:24-fevralda tugʻilganlar