Oʻtkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) — Dawson kasalligi deb ham ataladigan bu kasallik qizamiq virusi bilan kasallanish natijasida kelib chiqadigan progressiv miya yallig'lanishining noyob shakli hisoblanadi. Kasallik koʻproq bolalar, oʻsmirlar va yoshlarga kuzatiladi. Taxminlarga koʻra, qizamiq bilan kasallangan har 10 000 kishidan 2 nafarida oxir-oqibat SSPE kuzatilish ehtimoli yuqori. Biroq, 2016-yilgi tadqiqotga koʻra, 15 oygacha boʻlgan emlanmagan chaqaloqlarda bu koʻrsatkich nisbatan yuqori yaʼni 609 ta chaqaloqdan tasida SSSPE kuzatilgan. Bugungi kunga qadar SSPEning hech qanday davosi mavjud emas va bu holat kasallik deyarli har doim oʻlimga bilan yakunlanadi. SSPEni qizamiq virusi sabab boʻlishi mumkin boʻlgan oʻtkir tarqalgan ensefalomiyelit bilan adashtirmaslik kerak, sababi ensefalomiyelitning davomiyligi boshqacha. SSPE vujudga kelishiga vaksina shtammlari emas, balki yovvoyi turdagi virus sababchi boʻladi.

Simptomlari SSPEning paydo boʻlish ehtimoli qizamiq infeksiyasi tarixi bilan boshlanishi mumkin, keyin oʻrtacha 7 yil davom etadigan asimptomatik davr boshlanadi, lekin bu davr 1 oydan 27 yilgacha davom etishi mumkin. Asimptomatik davrdan soʻng, xulq-atvorning oʻzgarishi, intellektual muammolar, miyoklonik buzilishlar, koʻrlik, ataksiya va oxir-oqibat oʻlim bilan yakunlanadigan progressiv nevrologik buzilish sodir boʻladi.

Rivojlanish bosqichlari Kasallik simptomlari quyidagi 4 ta bosqichda kuzatiladi:: 1-bosqich: shaxsiyat oʻzgarishi, kayfiyat oʻzgarishi yoki tushkunlik boʻlishi mumkin. Isitma, bosh og'rig'i va xotira yoʻqolishi ham boʻlishi mumkin. Ushbu bosqich 6 oygacha davom etishi mumkin. 2-bosqich: Bu bosqichda titrash, mushaklarning spazmlari, tutqanoqlar, koʻrishning yoʻqolishi va demensiya kuzatiishi mumkin. 3-bosqich: Doimiy harakatlarda buzilishlar kuzatiladi. Ushbu bosqichda asoratlar koʻrlik yoki oʻlimga olib kelishi mumkin. 4-bosqich: falajdan oldingi yoki doimiy vegetativ holatga progressiv ongni yoʻqotish oxirgi bosqichda sodir boʻladi, bu davrda nafas olish, yurak urishi va qon bosimilarida oʻzgarishlar kuzatiladi. O'lim odatda isitma, yurak yetishmovchiligi yoki miyaning avtonom nerv tizimini nazorat qila olmasligi natijasida yuzaga keladi.

Patogenezi Koʻp miqdordagi nukleokapsidlar neyronlar va glial hujayralarda ishlab chiqariladi. Bu hujayralarda immunitet reaksiyasini qoʻzgatuvchi virus genlari aktiv faoliyati susayadi. Natijada, M oqsili kabi elementlar ishlab chiqarilmaydi va virus immunitet reaktsiyasini qoʻzgʻatmasdan doimiy ravishda inson tanasida yashash imkoniyatiga ega boʻladi. Oxir-oqibat infektsiya SSPEga olib keladi.

Diagnoz Merck qoʻllanmasiga koʻra:

SSPE demensiya va nerv-mushak tizimida tutqanoq kuzatilish xususiyati bilan kasallangan kichik yoshli bemorlarda uchrashi gumon qilinadi. EEG, KT yoki MRT, CSF tekshiruvi va qizamiqning serologik tekshiruvi oʻtkaziladi. EEG tekshiruvi davomida sinxron ravishda yuzaga keladigan yuqori kuchlanishli difazik toʻlqinlar bilan davriy komplekslarni koʻrsatadi. KT yoki MRT kortikal atrofiya yoki oq moddaning shikastlanishi odatda normal bosimni, hujayralar miqdorini va umumiy protein miqdorini koʻrsatishi mumkin. Ammo CSFda ​​globulin deyarli har doim yuqori boʻladi. Qon zardobi va globulin kasallik rivojlanishi bilan mavjud Virusga qarshi IgG koʻpayishiga olib keladi, agar test natijalari aniq boʻlmasa, miya biopsiyasi kerak boʻlishi mumkin.

Davolash Kasallikning hech qanday davosi yoʻq. Agar tashxis 1-bosqichda qoʻyilgan boʻlsa, kasallikni ogʻiz orqali izoprinozin va intraventrikulyar interferon alfa bilan davolash mumkin, ammo bu dorilarga javob rekasiyasi bemorlarda turlicha va shu kunga qadar yagona qabul qilingan davolash usuli hisoblanadi Gascon G, Yamanis S, Crowell J, et al. Combined oralisoprinosine-intraventricular alpha-interferon therapy for subacute sclerosing panencephalitis. Brain Dev. 1993; 15:346-55.

. 2-bosqich boshlanganidan keyin kasallik har doim oʻlim bilan yakunlanadi. Prognoz Kasallikning klassik koʻrinishida oʻlim 1-3 yil ichida sodir boʻladi, ammo bu holat kasallikning kechishiga qarab tezroq yoki sekinroq rivojlanishi ham mumkin. Kasallikning oʻtkir fulminant SSPE holatlarida ahvoning tezroq yomonlashuvi, tashxisdan keyin 3 oy ichida oʻlimga kuzatilgan holatlar mavjud.

Epidemiologiyasi SSPE kamdan-kam uchraydigan kasallik, ammo Osiyo va Yaqin Sharqda nisbatan yuqori kasallanish hali ham mavjud. Xususan 2024-yilda Oʻzbekistonda SSPE bilan kasallangnalar soni 100 nafarga yaqinlashgan va bir nechta oʻlim kuzatilgan. Qizamiqga qarshi vaksina joriy etilganidan beri kasallanish dunyo boʻyicha sezilarli darajada kamaygan. Manbalar