BYD Shark — Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlmish BYD kompnaiyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi ramali pikap. Avtomobil ilk bor 2024-yil Meksikada taqdim etilgan.

Tarixi

Ushbu model BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilk ramali pikap hisoblanadi. Avtomobil nomi akula degan ma'noni bildiradi.

Texnik koʻrsatkichlar

Pikap BYD DMO (Dual Mode Off-Road) super gibrid yoʻltanlamas platformasida qurilgan hamda bu kabi modellar ichida eng katta kuzov oʻlchamga ega. Uning uzunligi 5457 mm, kengligi 1971 mm va balandligi 1925 mm ga teng. Gʻildiraklar bazasi 3260 mmni tashkil qiladi Qiyoslash uchun, model Chevrolet Kolorado va Ford Rangerdan biroz uzunroq qilib ishlangan. Pikap mustaqil old va orqa podveskalarga ega.

Quvvati

thumb|270px|

Avtomobil 1,5 litrli ichki yonuv dvigateliga asoslangan gibrid tizimga ega. BYD Shark oldida 231 ot kuchi va 170 nm hamda orqada 204 ot kuchi va 340 nmlik ikkita elektr motorda harakatlanadi. Pikap dvigatel qurilmasining maksimal quvvati 435 ot kuchiga teng. Avtomobil Blade seriyali litiy-temir-fosfat batareyasi bilan jihozlangan va uning sigʻimi 29,6 kVt*soatni tashkil qiladi. Gibrid 0 dan 100 km/soatgacha tezlikka 5,7 soniyada chiqa oladi. Avtomobil faqat elektr energiyasining oʻzida 100 km masofani bosib oʻtishi mumkin va 20 daqiqada 30% dan 80% gacha quvvat olishi mumkin. Pikap toʻliq quvvat bilan NEDS tizimi boʻyicha 840 km masofa bosib oʻtadi. Gibrid 100 km masofaga 7,5 litr yoqilgʻi sarflaydi

Pikapning yukxona boʻlinmasining hajmi 1450 l, yuk koʻtarish quvvati 835 kgga teng. Avtomobil 2500 kg gacha boʻlgan treylerni tortib yurish imkoniga ega. Shuningdek eshikni qulflashdan tortib iqlim nazoratigacha boʻlgan barcha qulayliklar masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi mobil ilovaga ham ega.

Eksteryer

Avtomobil dizayni Ford uslubida ishlab chiqilgan. Katta qilib ishlangan radiator panjarasida yirik shaklda „BYD“ yozuvli brend nomi mavjud. Mashina faralari LED hoshiyali chiroqlar bilan aylantirib ishlangan. Katta bamper F-150 Raptorning ekstremal versiyasiga oʻxshab ishlangan. Pikapning, orqa fara chiroqlari bort boʻylab oʻzaro bogʻlanib ketgan.

Interyer

thumb|270px|Avtomobilning ichki qismi

Pikapning salonida uchta displey mavjud boʻlib, bular: 10,25 dyuymli asboblar paneli, 12,8 dyuymli multimediya va old oynada prayeksion ekrandan iborat. Avtomobilda Android Auto, Apple CarPlay va ovozni aniqlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlash tizimlari mavjud. Shuningdek raqamli kalit texnologiyasi va 50 Vt lik simsiz smartfon zaryadlovchi tizim ham mavjud. Uskunada 12 dyuymli bosh ekran va avtomobil yon atrofini koʻrish imkonini beruvchi panoramali koʻrish tizimi mavjud.

Narxi

Avtomobilning boshlangʻich narxi 53 000 $ ni tashkil qiladi.

Yana qarang

Ford F-150 Silverado Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Shanxay Avtomobillar muzeyi Xitoy avtomobil sanoati

Manbalar

Turkum:Xitoy avtomobillari