Edith „Ditha“ Moser (; 1883-yil 12-aprel, Vena – 1969-yil 3-noyabr, Mödling, Quyi Avstriya) – avstriyalik grafik rassom, Vena Setsession badiiy guruhi aʼzosi.
Biografiyasi Moser 1902—1905-yillarda Vena amaliy sanʼat universitetida taklif etilgan talaba sifatida oʻqigan. Universitetda Moser Josef Hoffmann qoʻl ostida meʼmorlik, Carl Otto Czeschka qoʻl ostida chizmachilik va Rudolf von Larisch qoʻl ostida xattotlik va geraldika boʻyicha tahsil oladi.
Moser boy sanoatchi, homiy Carl Ferdinand Mauthner von Markhof va uning ikkinchi xotini Edith Sunstenai von Schützenthal oilasida tugʻilgan, oilada undan tashqari yana 4 nafar qiz tugʻilgan. Mauthner von Markhof oilasi kelib chiqishiga koʻra, Bogemiyadan boʻlishgan va Moserning bobosi Adolf Ignatz yil davomida pivo ishlab chiqarish imkonini beruvchi pivo sovutgichini ixtiro qiladi. Moserning otasi va bobosi Chexiya hamda Venada xayriya jamgʻarmasi va tashkilotlariga asos solgan, ularni qoʻllab-quvvatlashgan, Venadagi kasalxonaga homiylik qilishgan va 1859-yil, 1864-yil, 1866-yilda oʻz fabrikalarida harbiy kasalxonalarni joylashtirishgan. 1872-yilda oilaga zodagonlik mansabi berilgan. Carl Ferdinand bolalar kasalxonasi, cherkov va yuqumli kasalliklar shifoxonasining binosi qurilishiga homiylik qilgan.
Onasi Edith Sunstenai von Schützenthal Krakovda ofitser oilasida tugʻilgan. Onasi qizlarning oliy va oʻrta taʼlimda oʻqishning faol tarafdori boʻlgan, xotin-qizlar uchun taʼlim beradigan yirik maktab birlashmalarining boshqaruv kengashida ishlagan, shuningdek, nemis tilida soʻzlashadigan hududdagi qizlar uchun birinchi liberal sanʼat gimnaziyasini tashkil etgan Ayollar taʼlimini kengaytirish jamiyatining prezidenti boʻlgan.
Oilasi 1903-yilda Koloman Moser bilan tanishib qoladi. 1905-yil 1-iyulda ular turmush qurishadi. Ularning ikki nafar oʻgʻli Karl (1906-—1976) va Dietrich (1909—1925) boʻlgan. 1918-yilda Koloman saraton kasalligidan vafot etadi.
1919-yilda Moser homiladorligi tufayli turmush chiqishga majbur boʻladi. Uning ikkinchi eri qahvaxona egasi Adolf Hauska (1881—1929) boʻlgan. Bu nikohdan uch farzand Edith (1919—1920), Theodor (1920—1921) va Adolf (1922—1945) tugʻilgan.
Vafoti Moser 1969-yilda Mödlingda vafot etdi va Koloman Moser qabri yoniga dafn qilingan. Ularning qabri yonidan oʻgʻillari Dietrich va Karl ham dafn etilgan.
Ijodi Moser taqvimlar va oʻyin qartalari dizayniga ixtisoslashgan grafik rassom sifatida tanilgan. Eri, oʻqituvchilari va Gustav Klimt kabi boshqa taniqli rassomlar bilan birgalikda Moser Vena Setsession aʼzosi boʻlgan. Eri Koloman Moser Gustav Klimt va boshqa rassomlar bilan birga 1905-yilda guruhni tark etganida, Moser eriga yangi guruh „Vena ustaxonalari“ ()ni tashkil qilishda yordam beradi.
1906-yilda Moser grafik dizaynning yetuk namunasi hisoblangan Tarot qartalarini chiqarishi bilan shuhrat qozonadi. 1908—1913-yillarda doʻstlari uchun yangi yil sovgʻasi sifatida Bibliya va mifologik mavzularga oid rasmlar aks etgan kichik nashrlarda chop etilgan taqvimlarni ishlab chiqaradi.
Moser grafik dizayner sifatida tan olingan boʻlsa-da, uning ishlari cheklangan miqdorda nashr etilgan va faqat bir nechta nusxalari saqlanib qolgan. Birinchi jahon urushidan keyin Moser ijodiy faoliyatini butunlay toʻxtatdi. Manbalar
Turkum:1969-yilda vafot etganlar Turkum:3-noyabrda vafot etganlar Turkum:Venada tugʻilganlar Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar