Rebecca Andrea Thompson (1960-yil 6-yanvarda tugʻilgan)„Andrea Thompson Biography (1959-)“. Film Reference. Retrieved May 19, 2013. — amerikalik aktrisa, Falcon Crest, Babylon 5, JAG, 24 va NYPD Blue teleseriallaridagi rollari bilan ommaga mashhur boʻlgan.
Hayotining boshlangʻich davri Andrea Thompson 1960-yil 6-yanvarda Ohio shtati Dayton shahrida tavallud topgan. Olti yoshida uning oilasi Avstraliyaga koʻchib oʻtgan. 16 yoshida oʻrta maktabni tamomladi va uzoq sayohatdan soʻng Nyu-York shahriga koʻchib borgan. Andrea Uta Hagen qoʻl ostida Strasberg studiyasida va Herbert Berghof studiyasida aktyorlik mahoratlarini oʻrgangan.
Karyerasi
Aktyorlik karyerasi Thompson oʻz karerasini ovoz beruvchi sifatida boshlagan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Uning kinodagi birinchi muhim roli 1987-yilda Wall-street filmida boʻlgan. 1989-yilda u Falcon Crest shousining soʻnggi mavsumida makkor Genele Ericson rolini ijro etgan va Quantum Leap seriyasining 3-fasli, 2-qismida fotojurnalist Maggie Dawson rolini oʻynagan. 1991-yilda Delirious komediya filmida hamshira Helen Caldwell rolida namoyon boʻlgan. 1993-yilda esa Babylon 5 ilmiy-fantastik teleserialida telepat Talia Winters rolini ijro etgan. Thompson seriyalning ikkinchi mavsumining oʻrtalarida tark etgan.
Thompson JAG midseason koʻrsatuvida aktyorlar tarkibiga qoʻmondon Alison Krennick sifatida, Harmon Rabbning dengiz kuchlari bosh advokatining yordamchisi va nazoratchisi sifatida qoʻshilgan„Moving From Fantasy To Facts“, CBS News, May 17, 2000.
Jurnalistika karyerasi Thompson 1999-yilda jurnalistika karyerasiga tayyorgarlik koʻrishni, Stanford Universitetining Yangiliklar xizmati direktori oʻrinbosari va CBS News faxriy jurnalisti Jack Hubbard bilan bir yil ishlagan holda boshlaganGliatto, Tom (March 19, 2001) „Copping a New Beat“. People, Vol. 55 No. 11Hanania, Joseph (May 21, 2000). „A Sultry New Reporter For the Nightly News“. The New York Times. Shu vaqt ichida u KGO-TVning badiiy muxbiri Wayne Freedman bilan yozma seminarda ham qatnashganLafayette, Jon (June 2000). „Blues“ to news with mixed reviews, Electronic Media, 19 (26):3. U Nyu-Meksikoning Albukerke shahridagi CBS filialida yiliga 26 000 dollar evaziga muxbir sifatida faoliyatini boshlagan„The Biz: Court TV tries to spice up Saturday“. Advertising Age, August 2002.
Thompson 2001-yil iyun oyida CNN Headline News telekanaliga kechki boshlovchi sifatida qoʻshilganFurman, Matt (April 24, 2001). „Reporter, Former NYPD Blue Star Andrea Thompson Joins CNN Headline News“. Time Warner. Uning muxbir sifatida ekrandagi birinchi soʻzlari „Salom, men Andrea Thompsonman va agar siz gʻorda yashamagan boʻlsangiz, buni allaqachon bilasiz“ Brook, Tom (August 10, 2001). „CNN sets sights on young“. BBC„CNN Goes Ahead With Thompson Hire“. The Industry Standard.. Uning ishga olinishi jurnalistika doiralarida bahs-munozaralarga sabab boʻlgan, chunki Thompson atigi bir yillik jurnalistika tajribasiga ega edi. Thompsonning 1980-yillardagi filmlaridan olingan yalangʻoch suratlari va videokliplari ham Internetda tarqala boshlagan va bu CNN uchun biroz noqulaylik tugʻdirgan„The New CNN: All the Nudes Fit for Air“. Fox News, May 3, 2001. 2003-yil yanvar oyi eshittirish vaqtida CNNni tark etgani haqida bayonot bergan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar