Střelice — Chexiyaning Janubiy Moraviya viloyati Brno-Country tumanida joylashgan munitsipalitet.
Etimologiyasi Qishloq nomi střelec (otishma), střílet (otish) soʻzlaridan olingan. Qadimgi afsonalargaga qaraganda, qishloq dastlab o'lka kamonchilarining qarorgohi bo'lgan.
Joylashuvi Střelice — Brno tumanidan 8 kilometr (5 mil) janubi-g'arbda. Bu yerda Bobrava tog'lari ham joylashgan. Eng yuqori nuqtasi dengiz sathidan — baland. Bu shaharcha tumanning janubiy chegarasi bo'ylab oqib o'tgan Bobrava daryosining chap qirg'og'ida joylashgan.
Tarixi Střelice shahri nomi 1375-yilga tegishli manbalarda uchraydi, bu vaqtga kelib Moraviya viloyatining Jon Xenri Královo pole shahrida Kartuzi monastri tashkil etilgan va u Střelice kabi bir nechta qishloqlarga sovg'a qilingan.
Demografiyasi 2021-yil holatiga ko'ra aholisi 3 046 nafarni tashkil etadi.
Transporti Střeliceda — Brno-Třebíč temir yo'l stansiyasi joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari thumb|Muqaddas uchlik cherkovi Střelice shahrining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri — Muqaddas Uchlik cherkovi. U barrokko uslubida qurilgan, va o'rta asrdagi ko'rinishini saqlab qolgan. Uning hozirgi ko'rinishi 1932-yilgi qayta tiklanish natijasidir.
Chegaradosh hududlar Střelice bilan chegaradosh hududlar::
Assago, Italiya Nozay, Fransiya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Chexiya Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Chex Respublikasidagi qishloqlar Turkum:Chexiya respublikasi aholi punktlari