„NIght changes“ britan-irland guruhi One Direction tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq mualliflari Jamie Scott, Julian Bunetta va John Ryanhttps://www.songfacts.com/facts/one-direction/night-changes. U One Directionning „Four“ (17-noyabr) albomidan joy olgan va albomning 2-singl sifatida 2014-yilning 14-noyabrida ommaga taqdim etilganhttps://www.mtv.com/news/x93xvl/one-direction-songwriter-jamie-scott-night-changes. Zayn Malik One Direction guruhining aʼzosi sifatida chiqarilgan soʻnggi trek. 2023-yilning aprelida Spotify platformasi orqali eshitishlar soni 1 milliardga yetgan va bu natijaga erishgan guruhning ilk musiqasiga aylangan.
Musiqiy video 2014-yilning 21-noyabrida taqdim etilgan video Ben Winston tomonidan ishlangan. Unda guruhning barcha aʼzolari Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va Niall Horanlar ishtirok etganhttps://onedirection.fandom.com/wiki/Night_Changes. Undan tashqari klipda Liam Paynening oʻsha vaqtdagi sevgilisi Sophia Smith ham ishtirok etgan ammo ekranda yuzini kadrlarda namoyish etilmagan. YouTube platformasiga musiqiy video 2014-yilning 21-noyabr sanasida joylangan boʻlib, 2024-yil oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra jami hisobda 851 million koʻrishlar soniga ega.
Video davomiyligida One Directionning barcha 5 aʼzosining uchrashuvdagi holatlari namoyish etilgan. Unga koʻra Zayn restoranda, Liam bogʻda, Louis oʻz avtomobilida, Niall oʻz uyida kamin yonida, Harry esa muz ustida tasvirlangan. Videoning oxirida uchrashuvlarning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
Dastlab Zayn bilan uchrashuvdagi qizning boshqa sevgilisi kelib uning ustiga spagetti va suvni toʻkib yuboradi hamda qizni olib ketadi. Liam bogʻda attraksionda uchayotgan vaqtida koʻngil aynishi oqibatidagi voqealar bilan uchrashuv yakunlanadi. Harry muz ustida sevgilisi bilan aylanma harakat amalga oshirmoqchi boʻladi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Keyingi epizodda qoʻli singan Harry sevgilisiga qoʻl siltagan holatda paydo boʻlganini ko'rish mumkin. Louis oʻzining avtomobilida koʻl boʻyida sevgilisi bilan sayohat qilayotganida politsiya xodimi tomonidan to'xtatiladi. U politsiya xodimini mazah qiladi. Yakunda esa uning politsiya mashinasida olib ketilyotganining sahnasi namoyish etiladi. Niall esa sevgilisi bilan uyida Jenga va Monopoliya oʻynaydi. Keyinchalik kamin yonida oʻtirganida uning kiyimiga olov tegadi va yona boshlaydi. U olovni oʻchirish vaqtida sevgilisining kiyimiga suv toʻkib yuboradi. Yakuniy sahnada sevgilisidan uzr soʻrayotgan Niallni koʻrish mumkin.
Chartlar
Haftalik chartlar + 2014–2015 yilgi haftalik chartlardagi natijalar Chart (2014–2015) Eng yaxshinatijaMexico Ingles Airplay (Billboard) 13
Yillik chartlar + Yillik chartlardagi natijalar Chart (2015) Natija AQSH (US Billboard Hot 100) 98 AQSH(US Mainstream Top 40 (Billboard)) 50
Manbalar
Turkum:One Direction qoʼshiqlari Turkum:2014-yil qoʻshiqlari