Kanal D, “Demiroʻren Holding”ning Turkiyada efirga uzatiladigan milliy telekanallaridan biridir. Butun Turkiyada efirga uzatuvchi milliy kanal, umuman olganda, serial va filmlari bilan ajralib turadi. 2005-yilda Turkiyada eng koʻp tomosha qilingan kanal unvoniga erishdi.

Tarixi upright=1|left|thumb|Kanal D Markaziy Binosi, Demiroʻren Media Markazi, Bagʻjilar, Istanbul (2021-yil, aprel) Ayhan Shahenk va Aydin Dogʻan tomonidan Shishli, Mejidiyekoʻydagi eski binosida birgalikda asos solingan. 1993-yil 20-sentyabrda sinov efirini va 1993-yil 19-dekabrda doimiy efirini boshlaydi. 1994 yilda kanal logotipi hozirgi shakliga oʻzgartirildi. 1997-yil 12-iyunda internet tarmogʻida telekoʻrsatuvlar efirini uzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsata boshladi. 2004-yilda oʻz binosini Yuz yildagi Bagʻjilarga koʻchirdi va raqamli eshittirish bilan bir qatorda analog eshittirishni ham taqdim qila boshladi. Boshqa barcha Yevropa davlatlariga turk tilida efirga uzatiladigan, markazi Germaniyada joylashgan Euro D kanalning xorijdagi boʻlimi hisoblanadi. 2005-yilda Kanal D Pana Film bilan shartnoma tuzib, Show TV'da namoyish etilgan “Qashqirlar Makoni” serialining oxirgi mavsumi boʻlgan 4-mavsumini efirga uzatgan va 2005-yil 29-dekabrda efirga uzatilgan final qismi boʻlgan 97-qismida “Qashqirlar Makoni” seriali 23,60 ball reytingi bilan oʻzining eng yuqori natijasiga erishdi. Kanal D shuningdek, Turkiyada yuqori aniqlikdagi (HD) translyatsiya qiluvchi birinchi milliy telekanal boʻlgan Kanal D HD'ni ham ishga tushirgan. Kanal D'da efirga uzatilayotgan koʻplab dasturlarni ushbu kanalda yuqori aniqlikda tomosha qilish mumkin. Kanal D Asosiy Yangiliklar dasturiga dushanbadan jumagacha Deniz Bayramoʻgʻli boshlovchilik qiladi. Emre Tilev Sport Yangiliklari'da boshlovchilik qiladi. “Sehrli Onam”, “Yaproq Toʻkilishi”, “Xonimlar va janoblar”, “Fatmagulning Aybi Ne?”, “Shimol Janub”, “Intiqom”, “Eyvoh Qizim Katta Bo‘ldi”, “Terak Yellari”, “Ilon Hikoyasi”, “Aşk-i Memnu”, “Xonimlar Fermasi”, “Ruhsar”, “Ming Bir Kecha”, “Shunday Bir Oʻtar Zamon”, “Poyraz Karayel”, “Akasya Bekati” va “Orqa Koʻchalar” kabi seriallar Kanal D'ning eng koʻp tomosha qilingan seriallari qatoriga kirdi.

Kanal o‘z logotipini 2011-yil 21-aprelda uch o‘lchamli qildi va logotipning o‘rtasida joylashgan doira aylanuvchi sharga aylandi. 2013-yilning may oyidan beri Kanal D seriallari veb-saytida ko‘zi ojizlar uchun audio bilan izohlanadigan va eshitish qobiliyati zaiflar uchun imo-ishora tili bilan tushuntirilgan holatga keltirildi. Shuningdek, sayt taglavhalarni ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Kanal D 2013-yil 1-iyuldan boshlab 16:9 (keng ekran) da efirga uzata boshladi. 2018-yil 21-martdan boshlab u Demiroʻren Holding'ga sotilgan. 2018-yil 3-sentabrda logotipini yana oʻzgartirdi.

Kanal D HD Kanal D 2006-yil 1-oktabrda DHDTV nomi ostida yuqori aniqlikdagi efirini boshladi. Bu Turkiyaning birinchi milliy yuqori aniqlikdagi telekanali boʻldi. Efirini qisqa muddatga to‘xtatgandan so‘ng, 2008-yil 1-sentabrdan boshlab Kanal D HD nomi bilan D-Smart platformasida qayta efirga chiqa boshladi.

Kanal D HD 2014-yil 18-sentabrgacha 22-kanalda faqat D-Smart'da efirga uzatildi. Biroq, 2014-yil 18-sentabr kuni D-Smart'da o‘z efirini davom ettirgan xolda, Digiturk'dagi 324-kanalga, Filbox'dagi 21-kanalga va Turksat 4A'dagi 12245 H 27500 5/6 chastotasiga shifrlanmagan va bepul tarzda qoʻshiladi. Biroq, 2014-yil 1-oktabrda Turksat 4A sun’iy yo‘ldoshida shifrlanmagan va bepul translyatsiyasini va Filbox'dagi efirini tugatdi. Kanal D HD'ni faqat D-Smart'dagi 22-kanalda va Digiturk'dagi 324-kanalda tomosha qilish mumkin edi. 2015-yil 6-noyabrda Turksat 4A'ga shifrlanmagan va yana bepul xolda qoʻshildi. Kanal D HD hozirda D-Smart'da 22-kanalda, Digiturk'da 24-kanalda, TeleDunya'da 25-kanalda, Türksat TKGS'da 3-kanalda, Türksat 4A 12245 H 27500 5/6 chastotasida, Turkcell TV+'da 22-kanalda va tivibu'da 23-kanalda efirga uzatilmoqda.

Kanal D 2015-yil 28-sentabrda HD logotipini olib tashladi.

HD efirga uzatiladigan dasturlar

Haftalik seriallar Tez kunda: Alboraning Ayoz Qishi Tez kunda: Rasta 2024-: Onam Anqara (Tez kunda) 2024-: Goʻzal Ishqlar Diyori (Ilk qism - Dushanba, 20:00) 2024-: Tosh Qaychi Qogʻoz (Yangi mavsum - Chorshanba, 20:00) 2024-: Marvarid Donalari (Mavsumiy tanaffus) 2006-: Orqa Koʻchalar (Juma, 20:00) 2024-: Yolgʻon (Shanba, 20:00)

Har kunlik serial 2024-: Ayozning oxiri - Quyosh (Dushanbadan jumagacha, 16:00) 2024-: Bizni Birlashtirgan Hayot (Dushanbadan jumagacha, 11:45)

Film 1993-: Kanal D Film Davrasi

Hujjatli Film 1993-: Kanal D Hujjatli Film Davrasi

Shou-biznes Magazin D Cumartesi (Shanba, 09:45) Magazin D Pazar (Yakshanba, 09:45) Set Ekstra (Yakshanba, 09:30) Magazin D Yaz (Mavsumiy tanaffus)

Bellashuv 2018-: Kelinim Oshxonada (Asli Hunel) (Dushanbadan jumagacha, 13:00) 2024-: Password (Enis Arikan) ve (Shebnem Bozoklu) (Seshanba, 20:00) 2024-: Turnike (Mehmet Ali Erbil) (Star TV'dan kelgan.) (Chorshanba, 20:00)

Musiqa Musiqa Orasi (Yakshanba)

Hayotiy-Aktual Evrim Akin bilan Uy Sayohati (Evrim Akin) (Yakshanba, 12:45) Gapirgan Sayin Oʻzlem Yildiz va Dr. Biran Ekiji (Shanba va yakshanba, 08:30) Ebru Ener bilan Yangidek (Ebru Ener) (Vaqtinchalik toʻxtatildi.)

Ovqat 2018-: Arda'ning Oshxonasi (Arda Turkmen) (Shanba, 13:00) 2018-: Arda bilan Yelkama-yelka (Arda Turkmen) (Yakshanba, 13:45)

Yangiliklar 2019-: Nimalar Boʻlyapti Hayotda (Hakan Ural va Ferda Yildirim) (Dushanbadan jumagacha, 09:00) 2020-: Deniz Bayramoʻgʻli bilan Kanal D Asosiy Xabarlar (Dushanbadan jumagacha, 19:00) 2018-: Merve Dinchkol bilan Kanal D Xabar Hafta Oxiri (Shanba va yakshanba, 19:00) 2022-: Fulya Oʻzturk bilan Kanal D Kun Oʻrtasi (Mavsumiy tanaffus)

Euro D

Euro D, Yevropadagi turklarga efirni koʻrsatish uchun tashkil etilgan telekanal. Ilgari Kanal D Fun nomi bilan mashhur boʻlgan kanal 2005 yil 7 martda oʻz nomini Euro D'ga oʻzgartirdi. Asosan Kanal D seriallari, kino va dasturlari efirga uzatiladi.

2013-yil 1-iyulda 16:9 keng ekran formatiga o‘tdi. 2024-yil 8-yanvardan boshlab Euro D 12034 V 27500 5/6 chastotasida HD efirini boshladi va xuddi shu chastotada SD efirini tugatildi.

Kanal D Ruminiya Kanal D Ruminiya, Ruminiyada efirga uzatish uchun Dogʻan Efir Holding tomonidan 2007-yil 15-fevralda tashkil qilingan telekanal.

Dogʻan Efir Holdingning 75 foiz va Shveytsariya Ringier guruhining 25 foiz hamkorligi bilan tashkil etilgan kanal, Kanal D'da efirga uzatiladigan seriallarni namoyish etadi. Turk seriallari rumin tiliga tarjima qilinadi va efirga uzatiladi. Shuningdek Kanal D Ruminiya, Ruminiya I ligasi oʻyinlarini translyatsiya qilish huquqiga ega boʻlgan kanaldir.

Kanal D Demiroʻren Holdingga sotilgan boʻlsa-da, Kanal D Ruminiya Dogʻan Holding qoʻlida qoldi.

Manbalar

Tashqi havolalar

YouTube'da

Turkum:Turkiya telekanallari