Vidit Santoj Gujrathi (1994-yil 24-oktabr) — hindistonlik shaxmatchi, grossmeyster. Faoliyati Vidit Gujrathi Nasik shahrida Santosh va Nikita Gujratilar oilasida tugʻilgan. Bolaligidan shaxmat bilan shugʻullanib kelgan.
Gujrati 2008-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan 45-chi Hindiston shaxmat chempionatida 13 balldan 7 ball toʻplagan holda shaxmat olamida katta hurmatga sazovor boʻladi. 2008-yilda Vidit 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqadi va bu ishni amalga oshirgan birinchi hindistonlik boʻlib tarixga kiradi. Gujrathi mumkin boʻlgan 11 balldan 9 ball toʻpladi va xalqaro master unvoni uchun oxirgi standartni bajargan holda bu unvonga ega chiqdi. 2011-yilda Chennayda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Vidit 11 ochkodan 8 ochko toʻpladi va shu tariqa oʻzining birinchi grossmeyster normasiga erishadi. 2011-yilgi Nagpur International Open musobaqasida u 11 ochkodan 8 ochko toʻplaydi va gʻolib Ziaur Rahmandan bir ochko ortda qoladi. Ushbu turnirda Vidit ikkinchi grossmeyster normasini bajarishga muvaffaq boʻladi. Vidit oʻzining soʻnggi grossmeyster standartiga 2012-yilda Rose Valley Kolkata Open shaxmat turnirining sakkizinchi bosqichida erishadi va u yerda uchinchi oʻrinni egallaydi. 2013-yilda Vidit Turkiyada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻsmirlar toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi. Vidit FIDE 2020-Onlayn Shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan tarixiy Hindiston jamoasining sardori edi. Gujrathi juda ham koʻp intervyularda jamoaning musobaqa davomidagi ichki holati va jamoa ruhi haqida toʻxtalib oʻtgan. Vidit shuningdek, 2021-yil 1-avgust holatiga koʻra 200 000 dan ortiq obunachiga ega YouTube kanaliga ega.
2023-yilning dekabr oyida Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib chiqdi.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Hindiston shaxmatchilari