Penelopa Mitchell (1991-yil 24-iyulda tavallud topgan) – avstraliyalik aktrisa. Ilk bor Amerika Qoʻshma Shtatining Hemlock Grove qoʻrqinchli teleserialidagi Letha Godfrey va The Vampire Diaries filmidagi Liv Parker rollari orqali ommaga tanilgan.
Hayoti Aktrisa Viktoriya shtatining Melburn shahrida, fransuz oilasida tavallud topgan. Uning onasi rassom, otasi esa avstraliyalik tadbirkor boʻlgan. Mitchell bolaligining koʻp qismini Avstraliyada ikki akasi bilan oʻtkazgan. U 4 yoshidan boshlab 16 yoshigacha raqsning balet turi bilan shugʻullangan.
Mitchell bitiruv yilining eng yaxshi 1 foiz talabalari qatorida xalqaro bakalavr diplomi bilan oʻqishni tamomlagan. Yurist boʻlish niyatida Melburn universitetida tahsil olgan. Mitchell aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun Los-Anjelesga koʻchib oʻtishdan oldin Sanʼat, Media aloqasi boʻyicha bakalavr darajasini oʻqib, tamomlagan.
Penelope taniqli qishloq xoʻjaligi va siyosiy faollari Lester Mitchell, MBE va Heather Mitchell, OBElarning nabirasi boʻlgan. Heather Mitchell Milliy fermerlar federatsiyasining birinchi ayol prezidenti hisoblangan. U Viktoriya shtatining sobiq bosh vaziri Joan Kirner bilan birga Landcare Australia kompaniyasining hamkori sifatida ish faoliyatini olib borgan.
Shuningdek, taniqli aktrisa Radha Mitchellning amakivachchasi ham boʻlgan"Penelope Mitchell: 'Hemlock Groveʼ Exclusive Interview!", Just Jared, 27 March 2013..
Faoliyati Penelope Hemlock Groveda oʻz rolini ijro etishdan bir necha yil avvalroq oʻzining aktyorlik faoliyatini boshlagan, shu jumladan Toon Time, Avstraliya bolalar shousi, ABC (Avstraliya) koʻrsatuvi Next Stop Hollywood, Holliwoodga koʻchib kelgan oltita avstraliyalik aktyor (jumladan, Penelopa) ortidan shoularda ilk bor namoyon boʻla boshlagan.
Qoʻshma Shtatlarda Mitchell oʻzining The Vampire Diaries va Hemlok Grove teleserialidagi rollari bilan mashhur boʻlgan. Shuningdek, Hellboy va Fermuar nomli filmlarda ham rol ijro etganShe also appeared in the UPtv movie „The Time Capsule.“. Penelope yaqinda Star Trek: Picard teleserialida Renée Picard sifatida ekranlarda namoyon boʻlgan.
Filmografiyasi +Filmdagi rollariYiliSarlavhasiRollariIzohlar2011The Fat Lady SwingsSherryQisqa hajmli filmNightshift of the VampireSofiaQisqa hajmli filmThe Grace of OthersGraceQisqa hajmli filmMeth to MadnessZoeQisqa hajmli film2012The WishfulLula Doe / Princess LulaQisqa hajmli film6 PlotsJules FreemanSix GravesGreen EyedSarahQisqa hajmli film2013The Joe ManifestoSue2014The Fear of DarknessSkye Williams2015ZipperLaci/JenniferThe Curse of Downers GroveTracyThe Waiting GameEricaQisqa hajmli filmCurveElla Rutledge2017Gnaw (Apartment 212)Jennifer2018The Midwifeʼs DeceptionJinaBetween WorldsBilli2018Look AwayLily2019HellboyGaneida the Witch2020BecomingLisa Corrigan2022The HyperionsVista MandulbaumR. I. P. D. 2: Rise of the DamnedJeanne2023MuzzleMia2024StingHeatherWhat You Wish ForAliceOh, CanadaSloan/Amy +Televizion rollari Yili Sarlavhasi Rollari Izohlar 2009-yil Rush Sarah 1-qism 2011-yil Offspring Chrissy Epizod: „Cheating on Your Test“ 2013-yil Hemlock Grove Letha Godfrey Asosiy tarkib (1-fasl) 2014-15 The Vampire Diaries Olivia „Liv“ Parker Takroriy rol (5-6-fasl) 2018 The Time Capsule Lauren Televizion film 2022 Star Trek: Picard Renée Picard Takroriy rol (2-fasl) +Musiqaviy video rollari Yili Sarlavhasi Rassom Izohlar 2015-yil Lonely Town Brandon Flowers
Manbalar
Havolalar
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar