Bahodir Xoliqov (1972-yil 26-yanvar, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, davlat arbobi, 2023-yildan buyon Rishton tumani hokimi, Rishton tuman Kengashi deputati.
Hayoti Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov 1972-yil 26-yanvarda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 1994-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiy kibernetika yoʻnalishini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Ish faoliyati Bahodir Xoliqov soliq tizimidagi oʻz faoliyatini 1994-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan. Koʻp yillar mobaynida soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan, jumladan, Margʻilon, Quvasoy va Fargʻona shaharlarida Davlat soliq inspeksiyalari boshligʻi boʻlgan. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻlimiga rahbarlik qilgan.
2019–2020-yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi sifatida, 2020–2021-yillarda Fargʻona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil 24-may kuni Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga oʻtgan.
2023-yil 11-avgust oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumaniga hokim etib tayinlangan. 2023-yil 15-dekabrdan Rishton tuman Kengashi deputati deb topilgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston tumanlari hokimlari Turkum:Rishton tumani hokimlari Turkum:Rishtonda tugʻilganlar Turkum:Rishton tumanida tugʻilganlar Turkum:Rishton tumani kishilari