2011-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari () — 2011-yil 30-yanvar kuni boshlanib, 6-fevral kuni yakunlangan. Qozogʻistonning Astana va Olmaota shaharlari musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qozogʻiston Sovet ittifoqi tarkibidan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqqanidan keyingi ilk yirik musobaqa. Musobaqalarga Qozogʻiston davlati mezbonlik qilishini tasdiqlovchi hujjatlar 2006-yilning 4-mart kuni Kuvaytda imzolangan.

Tayyorgarlik

Xarajatlar Qozogʻiston sport vaziri Temirkhan Dosmukhambetov 2008-yilgi davlat byudjetidan qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 726 million AQSh dollari ajratilganini aytib oʻtgan. Olimpiya shaharchasining qolgan xarajatlari investorlar tomonidan moliyalashtirilgan. Umuman olganda, Qozogʻiston oʻyinlarni oʻtkazishga tayyor boʻlish uchun 1,4 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflagan.

Joylar thumb|Shimbuloq togʻ-changʻi kurortida changʻi sporti boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan right|thumb|Medeu sport majmuasi. Astana meri Imangali Tasmagambetov 15 ming tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan keng imkoniyatli Sport saroyi, biatlon stadioni va sportchilar shaharchasi qurilishini eʼlon qilgan. Markaziy Stadion, B.Sholak Sport saroyi, Medeo sport majmasi va Shimbulak kurorti rekonstruksiya qilingan. 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurortiga gondolali lift qurilishi rejalashtirilgan edi. Lekin qurilish ishlari 2010-yilning yoziga kelibgina boshlanganligi va vaqt kamligi sababli bu reja amalga oshmay qolgan. Medeu sport majmuasiTyan-Shan togʻlarida joylashgan. Shahar markazidan mashina orqali borilsa taxminan 30 daqiqalik yoʻl. 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurorti oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun rekonstruksiya qilingan. Qozogʻiston togʻ changʻisi federatsiyasi raisi oʻrinbosari Vladimir Smirnov Shimbuloq tez orada dunyodagi eng yirik kurortlardan biriga aylanib, Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish imkoniyatiga ham ega boʻlishini taʼkidlab oʻtgan.

Manbalar

Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:2011-yil sportda Turkum:Qishki sport musobaqalari Turkum:Qozogʻiston mezbonlik qilgan xalqaro sport musobaqalari