Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi (), 1707-yilgacha Angliya Ost-Indiya kompaniyasi — 1600-yil 31-dekabrda Elizabeth I farmoniga koʻra asos solingan va Hindiston bilan savdo qilish borasida keng imkoniyatlarga ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyati. Ost-Indiya kompaniyasi yordami bilan Britaniyaning Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari kolonizatsiyasi amalga oshirilgan.
Qirolicha farmoni bilan Ost-Indiya kompaniyasi Hindiston bilan savdoda monopoliyaga aylanib olgan. Dastavval kompaniya 125 ta aksioner va 72 000 funt sterling kapitalga ega edi. Kompaniya aksionerlar oldida javobgar boʻlgan gubernator va direktorlar kengashidan iborat boʻlgan. Keyinchalik kompaniya boshqaruv va harbiy funksiyalarga ham egalik huquqini qoʻlga kiritgan. 1858-yilda esa ushbu huquqlaridan mahrum boʻlgan. Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasidan soʻng Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham birjaga oʻz aksiyalarini joylashtirgan.
Kompaniya Hindiston tashqarisida ham oʻz manfaatlarini koʻzlagan. Asosiy maqsadi Britaniya orollariga eltuvchi xavfsiz dengiz yoʻllarini yaratish boʻlgan. Keyinchalik kompaniya Yevropa va Osiyodan qaytayotgan kemalar uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Muqaddas Yelena orolini qoʻlga kiritgan. Aynan Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi harbiylari Avliyo Yelena oroliga surgun qilingan Napaleonni qoʻriqlashgan.
Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londondagi Ost-Indiya uyida joylashgan. Hozirda bu yerda Lloyd’s of London sugʻurda firmasi faoliyat yuritadi.
Hindistondagi operatsiyalari Kompaniya 1600-yil 31-dekabrda „Ost-Indiya hududlarida savdo bilan shugʻullanuvchi London savdogarlar kompaniyasi“ () nomi bilan tashkil etilgan. 1601–1610-yillar davomida kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyoga 3 marotaba savdo ekspeditsiyalari uyushtirgan. Ularning birinchisiga oʻz missiyasini yaxshi bajarganligi uchun ritsarlik unvonini olgan James Lancaster boshchiliik qilgan. Kompaniyaning Hindistondagi faoliyati 1612-yilda imperator Jahongirshoh kompaniyaga Surat shahrida faktoriya yaratishlariga ruxsat berishi bilan boshlangan. Dastavval kompaniya har xil nomlardan foydalangan: „Hurmatli Ost-Indiya kompaniyasi“ (), „Ost-Indiya kompaniyasi“ (East India Company, EIC), „Bahadur kompaniyasi“.
Kompaniyaning asosiy raqobatchilari ushbu hududlarga qolgan yevropaliklarga nisbatan deyarli yuz yil oldin kelgan portugallar, eng asosiy raqib esa Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi (Verenigde Oostindische Compagnie, VOC) edi. Gollandlar birinchi navbatda ziravorlar savdosiga qiziqqan va monopoliya hisobiga baland narxlarni ushlab turishga harakat qilishgan. VOCning kapitali Britaniya kompaniyasi kapitalidan 10 barobar koʻp edi. XVII asr oʻrtalariga kelib portugallarni ushbu hududlardan siqib chiqargan gollandlar dengiz savdosida yaqqol hukmronlik qilishni boshlagan. Mustaqil britan savdogarlari ushbu kompaniya bilan raqobat qila olmas edi, bundan tashqari gollandlar raqiblari faktoriyalarini kuch ishlatish yoʻli bilan yoʻq qilishar edi. Hindiston bilan savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilganda Boburiylar imperiyasi mansabdorlari savdogarlarning farqiga bormas edi. Misol tariqasida, 1633-yilda ingliz qaroqchilari suratdagi kemani talon-taroj qilganlarida, mahalliy mansabdorlar oʻgʻirlikka umuman aloqasi boʻlmagan kompaniyadan kompensatsiya toʻlovlarini talab qilgan. Bunday sharoitlarda mustaqil savdogarlar qonundan tashqari deb eʼlon qilingan.
1647-yilga kelib kompaniya Hindistonda 23 ta faktoriyaga ega edi. Hindiston matolari (paxta va ipakdan tayyorlangan) Yevropada oʻta talabgir hisoblangan. Shuningdek choy, gʻalla, boʻyoqlar, paxta, keyinchalik bengal opiumi olib ketilar edi.
Xitoydagi operatsiyalari 1711-yilda kompaniya Xitoyning Guanjou shahrida choy sotib olish maqsadida savdo shirkatiga asos solgan. Dastlab choy kumushga sotib olingan. Keyinchalik kompaniyaga tegishli Hindiston plantatsiyalarida yetishtirilgan opiumga ayirboshlangan.
Xitoy hukumatining 1799-yilgi opium olib kirishga qarshi qaroriga qaramay kompaniya yiliga 900 tonna miqdordagi opiumni kontrabanda yoʻli bilan olib kiravergan. Xitoy bilan savdo faqatgina Hindiston bilan savdo miqdoriga nisbatan kamroq edi.
1839-yilda Xitoy gubernatori tomonidan kontrabanda opiumning yoʻq qilinishi Afyun urushlari (1839–1842) boshlanishiga sabab boʻlgan.
Saudiya yarimorolidagi operatsiyalari XVIII asr oxiridan boshlab kompaniya Ummon davlatiga qiziqa boshlagan. 1798-yilda sulton Said huzuriga fors Mahdi Alixan yuborilgan va fransuzlarga qarshi ittifoq tuzishgan. Amalda bu Ummonni protektoratga aylantirilganini anglatar edi. Ushbu kelishuvga muvofiq sulton oʻz davlati hududiga fransuz kemalarini kirishini taqiqlashi, davlat hududiga fransuz va gollandlarni umuman qoʻymaslik, Fransiya va Gollandiya Ummon hududida oʻz savdo hududlarini yaratishiga yoʻl qoʻymasligi, Fransiya bilan kurashda Angliyaga yordam berish shartlarini olgan. Lekin oʻsha davrda sulton oʻz davlati hududida faktoriya qurishga ruxsat bermagan. 1800-yilda kelishuv toʻldirilgan va Angliya Ummon davlatida oʻz rezidentiga ega bo'lgan.
Adabiyotlar
Ensiklopedicheskiy slovar / F. A. Brokgauz, I. A. Yefron
K. A. Fursov. Derjava-kupes: Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy Kompanii s angliyskim gosudarstvom i indiyskimi patrimoniyami. — : Tovarishestvo nauchnix izdaniy KMK, 2006. K. A. Fursov. Ost-Indskaya Kompaniya: Istoriya velikogo oligarxa // Novoe vremya. — , 2001. — № 2—3. — 40—43-b. K. A. Fursov. Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy kompanii s Mogolskim sultanatom: problema periodizatsii // Vestnik Moskovskogo Universiteta. Seriya 13: Vostokovedenie. — 2004. — № 2. — 3—25-b. Y. G. Yefimov. Konsepsiya „subimperializma“ angliyskoy Ost-Indskoy kompanii P. Dj. Marshalla // X regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 2005-yil 8—11-noyabr: Tezisi dokladov. — Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2006. — 180—181-b. Y. G. Yefimov. Angliyskaya Ost-Indskaya kompaniya vo vtoroy polovine XVIII veka: Vopros o natsionalnoy identichnosti (k postanovke problemi) // XI regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 2006-yil 8—10-noyabr. Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki: Tezisi dokladov / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2007. — 124—126-b.
Manbalar
Havolalar
Ost-Indiya kompaniyasining muhrlari va nishonlari Ost-Indiya kompaniyasining kemalari Ost-Indiya kompaniyasi — Yevropaga korporativ yo‘nalish on BBC Radio 4’s Ost-Indiya kompaniyasi: Dastlabki korporativ bosqinchilar The Guardian, 04.03.2015