António Óscar de Fragoso Carmona ; (; 1869-yil 24-noyabr – 1951-yil 18-aprel) – portugal armiyasi ofitseri va siyosatchisi. 1926-yildan 1928-yilgacha Portugaliya bosh vaziri va 1926-yildan to vafotiga qadar (1951) Portugaliyaning 11-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, 1923-yil oxiri, 1926-yillar oraligʻida urush vaziri, 1926-yildan tashqi ishlar vaziri sifatida ish yuritgan.
Siyosiy kelib chiqishi Carmona respublikachi va mason boʻlgan. Shu bikan birga 1910-yil 5-oktyabrda Portugaliya Birinchi Respublikasining eʼlon qilinishining tarafdorlaridan ham boʻlgan. Biroq, u hech qachon demokratik boshqaruv shakliga xayrixoh boʻlmaganligi sababli keyinchalik Antonio Ferroga bergan intervyusida tan olganidek, birinchi marta 1933-yilgi konstitutsiyaviy referendumda ovoz bergan. 1923-yil Birinchi Respublika davrida Antonio Ginestal Machado qoʻlida qisqa muddat urush vaziri boʻlib ishlagan. Mashhur marshal Gomes da Costadan farqli oʻlaroq, Carmona Birinchi jahon urushida unchalik faoliyat koʻrsatmagan.
Prezidentlik faoliyati Carmona 1926-yil 28-mayda boʻlgan Birinchi Respublika davlat toʻntarishida juda faol ishtirok etgan. Kengashning birinchi prezidenti, komendant Jose Mendes Cabeçadas, iyun oyida soʻnggi respublika prezidenti Bernardino Machado tomonidan qoʻllab-quvvatlangan demokratik xayrixoh Manuel de Oliveira Gomes da Costa oʻrnini egallagan. 3-iyundan 6-iyulgacha tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan, Carmona harbiy rejimning eng konservativ va avtoritar qanoti rahbari boʻlgan, anchagina oʻzini tuta biladigan Gomes da Costaga javobgarlikni yuklagan. 9-iyulda u general João José Sinel de Cordes bilan birgalikda toʻntarishga rahbarlik qilgan, oʻzini prezident deb e'lon qilgan va darhol diktatorlik vakolatlarini oʻz zimmasiga olgan. U 1928-yilda yagona nomzod sifatida rasman prezidentlikka saylangan.
1928-yilda Carmona Antonio de Oliveira Salazarni moliya vaziri etib tayinlangan. Salazarning xarizmasi va fazilatlaridan hayratda qolgan Carmona 1932-yilda uni Bosh vazir lavozimiga tayinlagan va hukumat nazoratini asosan unga topshirgan.
1933-yilda yangi konstitutsiya rasmiy ravishda Estado Novoni oʻrnatgan. Qogʻozdagi yangi hujjat Carmonaning 1928-yildan beri amalga oshirgan diktatorlik vakolatlarini kodlashtirgan. Biroq amalda kunlik boshqaruv ishlarining katta qismini Salazarga topshirgan. Barcha amaliy maqsadlar uchun Carmonaning endi shunchaki nomigina boshqaruvchi boʻlib qolgan. Salazar esa haqiqiy kuchga ega boʻlgan. Qogʻozda prezidentning Salazarni ishdan boʻshatish vakolati uning kuchini tekshirishning yagona usuli hisoblangan. Biroq, Carmona Salazarni boʻsh qoʻygan. 1935—1942-yillarda muxolifatsiz yana yetti yillik muddatga saylangan. 1935-yilda u oʻzining masonlik oʻtmishi tufayli Portugaliyada masonlikni taqiqlovchi qonunga oʻzining roziligisiz imzo chekkan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin demokratik muxolifatga saylovlarda qatnashishga ruxsat berilgan boʻlsa-da, Carmona ularga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlmagan. Muxolifat saylovni tashkil qilishga koʻproq vaqt berish uchun uni kechiktirishni talab qilganida Carmona ularni rad etgan.
Biroq, Carmona 1947-yilda Salazarni hokimiyatdan agʻdarish uchun general José Marques Godinho boshchiligidagi muvaffaqiyatsiz harbiy qoʻzgʻolonni Respublika Prezidenti sifatida qolishi sharti bilan qoʻllab-quvvatlagani haqida mish-mishlar keng tarqalgan. Bu mish-mishlarga barham berish uchun Carmona nihoyat marshal unvonini qabul qilgan.
1949-yilda 79 yoshli Carmona yana, toʻrtinchi marotaba prezident boʻlishga harakat qilgan. Birinchi marta u general José Norton de Matosga raqib boʻlgan. Biroq, tez orada Salazar Matosga davlat yuritishga imkon bermasligi maʼlum boʻlgan. Taʼqiblar shu qadar kuchayganki, Matos 12-fevral kuni poygadan chiqib ketgan va joyini Carmonaga yana bir muddatga topshirgan.
Carmona ikki yildan soʻng, 1951-yilda, 24 yillik respublika prezidenti sifatida vafot etgan. U Lissabondagi Milliy Panteondagi Santa Engrasiya cherkoviga dafn etilgan.
Shaxsiy hayoti U Mariya Ines Côrte-Real de Melo Fragoso va Felgueiras shahridan boʻlgan Portugaliya dengiz floti ofitseri, Braziliyada joylashgan, Portugaliya harbiy attashesining Braziliyadagi qism xizmatchisi Alvaro Rosario Teixeira Carmona oilasida dunyoga kelgan. 1914-yil yanvar oyida Carmona Germano da Silva va rafiqasi Engrácia de Jesusning qizi Maria do Carmo Ferreira da Silva (Chaves, 1878-yil 28 sentyabr – 1956-yil 13-mart) bilan turmush qurgan. Bu nikoh bilan u uch farzandini qonuniylashtirgan.
U Lissabonning sobiq meri Carmona Rodrigesning (2004-2007) amakisi boʻlgan. Shuningdek, Braziliya prezidenti Augusto Tasso Fragosoning amakivachchasi ham boʻlganAugusto Tasso Fragoso.
1967—1968-yillarda uning shaxsiy kutubxonasi Avstraliya Milliy kutubxonasi tomonidan sotib olinganCarmona Collection National Library of Australia.
Mukofotlari
80x80px Aviz ordeni qoʻmondoni, Portugaliya (1919-yil 15-fevral) 80x80px Avliyo Jeyms Qilich ordeni qoʻmondoni, Portugaliya (1919-yil 28-fevral) 80x80px Masih ordeni qoʻmondoni, Portugaliya (1919-yil 28-iyun) 80x80px Aviz ordeni katta xochi, Portugaliya (1925-yil 5-oktyabr) 80x80px Portugaliya faxriy ordenlarining buyuk ustasi, Portugaliya (1926-yil 29-noyabr) 80x80px Avliyolar Moris va Lazar ordenining Buyuk xochi, Italiya (1930-yil 25-aprel) 80x80px Boʻyinturuq va oʻqlar imperatorlik ordenining katta yoqasi, Ispaniya (1939)
Nashrlar Carmona 1913-yilda Otliqlar maktabi uchun qoidalar kitobini yozgan.
Merosi Angolaning Uíge shahri uning sharafiga Carmona deb atalgan, a film of Carmona, Portuguese Angola (before 1975). Shahar 1975-yilda Portugaliyaning xorijdagi Angola viloyati mustaqil boʻlgunga qadar shunday nomlangan. Carmona 1972-yilgi Angola eskudo banknotasida ham tasvirlanganAngola – Banco de Angola 24.11.1972 „Marechal Carmona“ Issue Bank Note Museum.
Manbalar
Havolalar
Newspaper clippings about Óscar Carmona in the 20th Century Press Archives of the ZBW
António Óscar Fragoso Carmonaning ajdodlari
Turkum:Portugaliya prezidentlari Turkum:1951-yilda vafot etganlar Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:Portugaliya Bosh vazirlari Turkum:Portugaliya Turkum:Lissabonda tugʻilganlar Turkum:Siyosiy harakatlar