Gavana sindromi — ilk marotaba 2016-yil noyabr oyida AQSh va Kanadaning Gavanadagi (Kuba) elchixonalari xodimlari va ularning oila aʼzolari orasida kuzatilgan, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi va eshitish muammolarini oʻz ichiga olgan va kelgusi yillarda turli xil davlatlardagi yuzlab Amerika diplomatlari, harbiylari va maxsus xizmat xodimlarida kuzatilgan nevrologik simptomlar toʻplami. AQSh hukumati maʼlum muddat ushbu sindrom sababi sifatida oʻz diplomatlariga nisbatan mikrotoʻlqinli qurollardan foydalanilganligini keltirgan. AQSh hukumatining va OAVlarning bir qismi ushbu hujum manbai sifatida Rossiya maxsus xizmatlarini keltirishadi. 2022-yil yanvar oyida Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) koʻp sonli shikoyatlardan keyin sindromning kelib chiqishi tabiiy sabablarga ega va boshqa davlatlarning dushmanligi bilan bogʻliq emas degan fikrga kelgan. Oʻrganilgan holatlarning 24 tasidagina boshqarma hodimlari shikoyat sabablarini aniqlay olishmagan. Manbalar

Bibliografiya

Havolalar

„Gavana sindromi“ ga yechim. GRU qanday qilib amerikalik diplomatlarni maxfiy qurollar bilan mayib qiladi // The Insider, 2024-yil 1-aprel.

turkum:Sindromlar