Microsoft Outlook – Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy maʼlumotlarni boshqarish dasturi boʻlib, Microsoft 365 dasturiy taʼminot toʻplamining bir qismi. Asosan bizneslar uchun elektron pochta mijozi sifatida mashhur boʻlsa-da, Outlook taqvim boshqaruvi, vazifalar boshqaruvi, kontaktlar boshqaruvi, eslatmalar yozish, jurnal yuritish, veb-sahifalarni koʻrish va RSS yangiliklarini yigʻish funksiyalarni ham oʻz ichiga oladi.
Jismoniy shaxslar Outlookni alohida dastur sifatida ishlatishi mumkin, tashkilotlar esa uni bir nechta foydalanuvchiga moʻljallangan dastur sifatida (Microsoft Exchange Server yoki SharePoint orqali) pochta qutilari, taqvimlar, papkalar, maʼlumotlarni yigʻish (masalan, SharePoint roʻyxatlari) va uchrashuvlarni rejalashtirish ilovalari kabi umumiy funksiyalar uchun joriy qilishi mumkin.
Manbalar
Havolalar
Outlook Developer Center
Turkum:Microsoft Office Turkum:Android uchun dasturiy taʼminot Turkum:IOS dasturlar