Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992–yil 28–fevraldagi „Respublikada yangi taʼlim oʻrinlarini tashkillashtirish haqida“ gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kollegiyasining 1992-yil 26-apreldagi № 4/5 qaroriga asoslanib, Qoraqalpoq davlat universiteti qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti fakulteti bazasida, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkillashtirildi. Koordinatalari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti – Quyi Amudaryo mintaqasidagi qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy taʻlim muassasasi.
Tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim oʻrinlarini sistemasini etishtirish haqida“ gi 1995-yili 3-iyundagi 211-sonli qaror 1-punktining Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti boʻlib qayta tashkillantirilib, 1995–2003–yillari shu universitetning agrar fakulteti hisobida, kadrlarga boʻlgan talabi, moddiy-texnikaviy tamonlama yaxshilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „2003-2004 – oʻquv yillari Oʻzbekiston Respublikasining Oliy oʻquv oʻrinlariga qabul haqida“ gi 2003-yil 14-iyun 269-sonli qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti bazasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali boʻlib, qaytatdan faoliyat boshlangan birdan-bir taʼlim oʻrni, yillar davomida moddiy tamonlama boyittirildi, ilmiy kadrlar tayyorlanib professor-oʻqituvchilar bilan toʻliqtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.2004-yil 415-sonli „Respublika qishloq va suv xoʻjaligi uchun oliy mamanli kadrlar sistemasini etishtirish haqida“gi qaroriga muvofiq, filialning yangi strukturasi tasdiqlanib, songi yillarda paydo boʻlgan talablarni hisobga olgan holda yangilanishlar yuz berayotgan rivojlanish tarixiga ega.
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi „Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi 275-sonli qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etilgan (Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-iyundagi 269-son qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti negizida tashkil etilgan).
1992-1995-yillarda institut (filial) qoʻshni Turkmaniston va Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi uchun 100 lab oliy maʻlumotli mutaxassislarni tayyorladi.
Institut (filial) bitiruvchilari orasida ishlab chiqarish sohasida, xususan qishloq xoʻjaligi va hukumat tuzilmalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman hokimlari, qishloq va suv xoʻjaliklari vaziri va vazir oʻrinbosari, chorva, paxta, sholi, gʻalla mahsulotlarini qayta ishlash majmualarini boshqargan 50 dan ortiq fidoyilar hosildorlikni oshirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish va dehqonchilikning rentabelligini oshirishda katta yutuqlarga erishgan.
Institut (filial)ning bir qator bitiruvchilari respublika vazirlik va idoralari hamda davlat tuzilmalarida yuqori lavozimlarida faoliyat yuritmoqda: S. Xojametov – Amudaryo tumani hokimi; D.Kaypov – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi oʻrinbosari; A. Kuziev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari; Institut (filial) bitiruvchilaridan S. Seytnazarov Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.
Institut (filial) faoliyati S.Shamshetov, U.Ismailov, U.Aytjanov, O.Auezov, E.Toreniyazov kabi olimlar nomlari bilan bog‘liq.
Institut (filial) tashkil topganidan beri qishloq xoʻjaligi fani va ishlab chiqarishning turli tarmoqdari uchun 15 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institut xorij mamlakatlarining 28 ta Oliy taʼlim muassasasi va 3 ta ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiladi.
Institutda (2024): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; kasbiy taʼlim; sirtqi taʻlim; magistratura mutaxassisliklari, 16 kafedra, 4 ta fakultet va kutubxona faoliyat koʻrsatadi. Nukus tumanida 30 ga haydaladigan yer maydoni boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi, yogʻli ekinlar ilmiy markazi faoliyat koʻrsatadi.
2023/2024 oʻquv yilida 3544 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 2489, sirtqi boʻlimda 2456 bakalavr, 33 magistr talabalar oʻqidi, 243 professor-oʻqituvchi, shu jumladan, 9 fan doktori va 104 fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.
Oʻquv faoliyati Institut tuzilmasida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.
Rahbariyat Institut rektori: Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Ibragimova Raʼno Isakovna Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Absattarov Nietbay Allambergenovich Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Alimov Atabek Kerimbergenovich
Fakultetlar: Agrobiologiya va oʻsimliklarni himoya qilish Meva-sabzavotchiliq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fakulteti Qishloq xoʻjaligini mexanizaciyalashtirish va suv xoʻjaligi fakulteti Zooinjeneriya fakulteti Sirtqi boʻlim Magistratura boʻlim
Oʻqish muddati:
Bakalavriatura: Kunduzgi – 4 yil, Sirtqi – 5 yil,
Magistratura – 2 yil;
Kafedralar Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi Oʻsimliklar himoyasi va karantini kafedrasi Dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi ekinlari selektsiyasi va urugʻchiligi kafedrasi Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo kafedrasi Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi Yer kadastri va yerdan foydalanish kafedrasi Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi Tillar kafedrasi Baliqchilik kafedrasi Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi Agrobiznes va buxgalteriya hisobi kafedrasi Ipakchilik kafedrasi Oʻsimlikshunoslik, oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi Meva-sabzavotchilik va polizchilik kafedrasi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor oʻsimliklar etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi Gumanitar fanlar kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari Kundizgi №ShifriTaʼlim yoʻnalishi160310100Iqtisodiyot (tarmoklar va sohalar boʻyicha)260411300Biznesni boshqarish (qishloq xoʻjaligida)360411700Logistika (agrologistika)460412500Marketing (qishloq xoʻjaligida)560420100Yurisprudensiya (qishloq xoʻjaligi huquqi)660610200Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar)760710400Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)860711400Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xoʻjaligida)960810100Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish1060810600Er kadastri va erdan foydalanish1160810700Agrokimyo va agrotuproqshunoslik1260810900Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)1360811000Oʻsimliklar karantini va himoyasi1460811200Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha)1560811300Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)1660811700Ipakchilik va tutchilik1760811800Meva-sabzavotchilik va uzumchilik1860812000Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish1960812100Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi2060812300Suv xoʻjaligi va meliorasiya2160812500Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish2260820100Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish shu jumladan, oʻrmonchilar farzandlari uchun2360840100Veterinariya medisinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari) Sirtqi №ShifriTaʼlim yoʻnalishi160810900Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari boʻyicha)260820100Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish360812100Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi460810100Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish560812300Suv xoʻjaligi va meliorasiya
Magistratura yoʻnalishlari №ShifriTaʼlim yoʻnalishi170411201Menejment (klasterlarni boshqarish)270411302Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)370710402Ekologiya (qishloq xoʻjaligida)470810101Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha)570810601Er resurslaridan foydalanish va boshqarish670810702Agrokimyo770810901Agronomiya870810902Oʻsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʻyicha)970810903Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi1070811001Oʻsimliklar karantini va himoyasi (usullari boʻyicha)1170811201Seleksiya va urugʻchilik (ekinlar guruhlari boʻyicha)1270811301Qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi1370811501Parrandachilik1470811505Naslchilik1570811701Ipakchilik va tutchilik1670811805Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik1770812306Suvtejamkor sugʻorish texnologiyalari1870820101Oʻrmonchilik1970820102Manzarali bogʻdorchilik va landshaft2070830101Baliqchilik Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qaraqalpaqstan awıl xojalıǵı hám agrotnologiyalar institutında da Nawrız bayram ilajı bolıp ótti Bayram ilajın Qaraqalpaqstan awıl xojalıǵı hám agrotexnologiyalar institutı rektorı B.Jollibekov ashıp berdi. Onnan soń Qaraqalpaqstan Respublikası Awıl xojalıǵı ministriniń birinshi orınbasarı Koziyev Akbar Saparbayevich tárepinen bayram qutlıqlawı oqıp esittirildi. Nawrız - bul jańalanıw hám jasarıw máwsimi, musılman xalıqlarınıń jańa jıl bayramı. Bul bayramda hámme milliyligimizge ayrıqsha itibar berip, olardı sáwlelendiredi. Bayram ilaji júdá qızıqlı hám kewilli ótpekte. Bayram seyilleri sheńberinde kafedralar tárepinen tayarlanǵan milliy taǵamlar, milliy kiyimler, qol óneri úlgileri, kórgizbeleri, túrli millet wákilleriniń úrp-ádetleri, milliy oyınlar, sport jarısları bayram qatnasıwshılarınıń názerine usınıladı.
Institutimizda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi thumb thumb 4-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2025-2026-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sektor boshlig‘i G.Xalmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisodiyot va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari I.Qurbonov, nuroniy ustozlar, institut jamoasi, bu yilgi yangi o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etdi. Bayram tadbirini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori M.Dauletmuratov ochib berdi va Institutimiz rektori Jollıbekovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng ishtirokchilarni mustaqilligimizning 34 yillik bayrami, shuningdek, yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi. Shu bilan bir qatorda nuroniy ustozlar so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga o‘zlari bosib o‘tgan ilm yo‘lidagi mashaqqatlar hamda bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va imtiyozlardan oqilona foydalanib yuqori natijalarga erishishlariga tilak bildirdi. Shundan so‘ng yangi o‘quv yilida yuqori natijalar bilan talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarimizga ilm sandig‘ining kaliti va talabalik guvohnomalari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlandi thumb thumb 30-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Hayotga yo‘l berganingiz uchun rahmat sizga, aziz ustoz!” shiori ostida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.