Banu Saʼlabaga birinchi bosqin Muhammad ibn MaslamaNote: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here boshchiligida hijriy 6-yilning 4-oyida (milodiy 627-yil avgust) boʻlib oʻtgan.

Tavsifi Islom paygʻambari Muhammad Madinadan yetti chaqirim uzoqlikdagi yam-yashil yaylovli Hayfa yaqiniga oʻtlash uchun katta tuyalar suruvini joʻnatadi. Doimiy qurgʻoqchilik tufayli Gʻatafon qabilasining bir qismi boʻlgan Banu Saʼlaba podadan bir qancha qoʻylarni oʻgʻirlash harakatiga tushadi.

Qabila vakillarining harakatlaridan shubhaga tushgan Muhammad oʻzining ishonchli vakili Muhammad ibn Maslamani 10 kishilik boʻlinmaga bosh qilib Banu Saʼlaba qabilasiga qarshi yuboradi.

Pistirma Banu Saʼlaba qabilasi yaqinlashib kelayotgan hujumdan allaqachon xabar topgan edi. Shuning uchun ular musulmon askarlarining yoʻlini poylab turgan boʻlishadi. Musulmonlar tunda uxlash uchun tayyorgarlik koʻrayotgan bir vaqtda Banu Saʼlaba 100 kishi bilan ularga pistirma qoʻyadi. Qisqa qarshilikdan soʻng Muhammad ibn Maslamaning barcha odamlari oʻldiriladi. Uning oʻzi esa dushman hujumidan zoʻrgʻa qochishga muvaffaq boʻladi, yoʻlda uni bir musulmon koʻrib qoladi va Madinaga qaytishiga yordam beradi. Musulmonlarning Banu Saʼlaba qabilasiga birinchi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

Yana qarang

Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:627